Birlamchi va ikkilamchi guruhlarning qiyosiy tahlili
Birlamchi guruh
|
Ikkilamchi guruh
|
Odatda kichik bo’ladi
|
Odatda katta bo’ladi
|
Uzoq muddatli munosabat
|
Qisqa muddatli munosabat, ko’pincha vaqtinchalik
|
Sotsial yaqinlik, yuzma-yuz aloqalarning shakllanganligi
|
Nisbatan ancha kam sotsial yaqinlik yoki o’zoro bir-birini tushunish
|
Emotsional chuqur munosabatlar
|
Munosabatlar asosan yuzaki
|
Kooperativ, do’stona
|
Anchagina formal va impersonal35
|
O’qituvchidan o’quvchilar aniq hulq-atvorni: bilimlarni berilishi, intizomni nazorat qilishni, bilimlarni baholash va hakazolarni kutishadi.
Tasavvur qilaylik, sinfga o’zini o’qituvchi deb tanishtirgan kishi kirib, o’zini g’ayri-tabiiy tutdi: sumkasidan turistlar palatasini olib sinfga o’rnatdi, kitoblar turgan shkafni ag’darib, o’quvchi qizlarning sochidan torta boshladi.
Albatta, biz bu erda hulq-atvor bilan duch kelib turibmiz, lekin rolli hulq-atvor bilan emas. CHunki, bu kishi o’zini o’quvchilar kutganidek o’qituvchi tarzda tutmadi. Ammo, umrida o’qituvchini ko’rmagan va unga xos sifatlarni umuman bilmaydigan kishi uchun bunday hulq-atvor kutilmagan bo’lmaydi va u o’qituvchi o’zini shunday tutishi lozim va uning rolliy shunday ekan degan fikrga kelishi mumkin. O’quvchilar esa buning aksi, ular o’qituvchi maqomiga qanday maqom mos kelishini yaxshi bilishadi.
Nafaqat atrofdagilar, balki rolni ijro etayotgan kishi ham o’z hulq-atvorini ma`qullanishi yoki qoralanishini kutadi. Masalan, hodim agarda boshlig’i uni ma`qullab tursa yanada unumli mehnat qiladi. Ma`qullash – bu rolni to’g’ri ijro etilayotganini e`tirof etishdir. Sportchilar ham ulardan yuksak natijalarni kutishayotganini xis qilsalar, o’shanda yangi rekordlarni o’rnatishga intiladilar.
Rolli kutish o’zida ikki elementni mujassamlashtiradi: masalan o’qituvchidan nafaqat mashg’ulotni olb borish, uy vazifalarini tekshirish va imtixonlarni olish, balki xolislik, kompetentlik, halollik va ma`sulyatlilik talab qilinadi.
Rol kishiga konktret vaziyatda faoliyat ko’rsatish namunasini topshiradi. Teatrda bo’lgani kabi jamiyatda ham rollar xilma hildir. Kasbiy rollar o’zining murakkabligi darajasi bilan bir-biridan keskin faoq qiladi. Masalan, farrosh rolini xirurg roli bilan, qorovul rolini esa yadroviy fizika mutaxassisi bilan solishtirib bo’lmaydi.
Rolning mazmunini tashkil etuvchi me`yor va kutish o’zaro bog’liqdir. Me`yor bu – namuna, yoki jamoviy kutilayotgan hulq-atvordir. Me`yor bu – komanda beriladigan punkt. Undan turib rol bajarayotgan millionlab ijrochilarga farmoyishlar beriladi. Ijtimoiy-madaniy me`yorlarsiz biror bir rol haqida gapirishning o’zi mushkul. Me`yorlarga rioya qilish jamiyat tomonidan keskin va qati`iy tarzda amalga oshiriladi. Ijtimoiy me`yorlar jamiyatda o’ta muhim vazifalarni bajaradi:
1. Ijtimoiylashuvning umumiy yo’nalishini muvofiqlashtiradi.
2. Individlarni guruhlarga, guruhlarni esa jamiyatga intgratsiyalashtiradi.
3. Deviant hulq-atvorni nazorat qiladi.
4. Hulq-atvor uchun namuna va etalon bo’lib xizmat qiladi.
XIX asrning ZO yillarida sotsiologiyada ilmiy yo’nalish strukturaviy yo’nalish (yoki oddiy aytganda funktsionalizm) paydo bo’ldi. Bu yo’nalishning asoschilari bo’lib, e.Dyurkgeym, A.R.Redkliff-Braun (1881-1995) va boshqa tadqiqotchilar bo’lishgan. Bu ilmiy maktab turli holatlarda kishi o’zini qanday tutishi to’g’risidagi normalarni tadqiq qilishni boshladi. Funktsionalizm rol deb ataladigan institutsional normalar muammosiga asosiy e`tiborni qaratdi. Funktsionalistlar fikricha, sotsiologiyada sotsial taxlilning birligi harakat qilayotgan individ emas, balki roldir. Turli guruhlardagi har bir kishi qandaydir ma`lum maqomga ega bo’ladi. Bu maqomlarda xatti-harakat namunalari ko’rsatilgan bo’ladi.Bunda individ a`zo bo’lgan guruh individdan ushbu namunalarga mos keladigan hatti-harakatni kutadi. SHu asosda biz otaning, onaning, do’stning roli to’g’risida gapirishimiz mumkin.
36
SHunday qilib, sotsial rolni guruh o’z a`zolaridan kutayotgan qat`iy ko’rsatilgan namunalarga muvofiq chiqadigan, hatti-harakatlarning nisbatan doimiy va ichki aloqali tizimi sifatida ta`riflash mumkin.
Agar biz mazkur tushunishdan kelib chiqadigan bo’lsak, individning hatti-harakat rolini insonning turli sotsial birliklarda bajarayotgan funktsiyasidan kelib chiqib tahlil qilish mumkin. SHuning uchun amerikalik olimlar Don Moreno (1892-1974) va Robert Merton (1910t) shaxsni individ jamiyatda bajaradigan sotsial rollar majmuining funktsiyasi sifatida ta`rifladilar.
Rollarni amalga oshirish jarayoni ko’pgina omillarga bog’liq.
-insonning biopsixologik imkoniyatlari. Ular u yoki bu sotsial rollarni bajarishga imkon berishi yoki imkon bermasligi mumkin.
-ideal xususiyatlar kompleksini belgilaydigan shaxs o’rnaklari. Individ bu o’rnaklarni rollarni bajarish chog’ida, hamda individdan guruh kutayotgan hatti-harakatning ideal usullarni namoyon etishi kerak.
-guruh tomonidan qabul qilingan rollar va sotsial nazorat xarakteri.
-guruh strukturasi, uning mustahkamligi va individning o’sha guruh bilan mos kelish darajasi.
Garchi sotsial rol sotsiologik tahlilning yagona birligi deb hisoblanmasada, (chunki u individdarning o’zaro harakatidan kelib chiqadi) lekin rol jamiyatdagi institutsional munosabatlarni o’rganishda juda foydali hisoblanadi.
«Sotsial guruh» tushunchasi sotsiologiya fanining asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Bizni o’rab turgan jamiyat ko’plab sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Inson butun umri davomida bir necha sotsial guruhlar a`zosi sifatida yashab o’tadi: oila, maktab, mahalla, qarindosh-urug’, do’stlar davrasi va h.k. Hech qanday guruhga a`zo bo’lmay turib yashash, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishni tasavvur etish mumkin emas. Sotsial guruh jamiyat va inson o’rtasida bog’lovchi ko’prik sifatida xizmat qiladi. Demak, «shaxs-guruh-jamiyat» tamoyili asosida inson ma`lum bir guruh a`zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a`zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a`zoligi uning jamiyatdagi maqomini belgilaydi.
Sotsial guruh jamiyatning poydevori hisoblanadi. Inson sotsial guruhning muhimligini o’zi ko’nikkan birlikni, masalan, o’z oilasini tark etganda, o’quv yurtini tamomlaganda anglaydi, shu guruhni, u bilan uzilgan aloqalarni qo’msay boshlaydi. Sotsial guruhlar insonlar o’zaro ta`sirlashuvi asosida birlashadigan ijtimoiy yacheykalar asosida tashkil topadi: oila, komanda, millat, irq, klub, korporatsiya va h.
Ilk marotaba «sotsial guruh» termini shaxs (individ) va jamiyat tushunchalari kabi mustaqil tushuncha sifatida Arastu tomonidan ishlatilgan. T.Gobbs birinchilardan bo’lib guruhni «umumiy manfaat yoki umumiy ish bilan birlashgan insonlarning ma`lum miqdori» deb ta`riflaydi. U guruhlarni tartibli va tartibsiz turlarga ajratadi. Tartibli guruhlarni, o’z navbatida, absolyut, mustaqil (faqatgina davlat), qaram (tobe) guruhlarga ajratadi. Qaram guruhlarni siyosiy va xususiy, xususiylarini esa qonuniy va noqonuniy turlarga ajratadi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida e.Dyurkgeym, G.Tard, G.Zimmel, L.Gumplovich, CH.Kuli, F.Tyonnis kabilar guruh sotsiologik nazariyasini yaratishga urindilar. XIX asrning oxirgi 30 yilligida sotsial jamoa va guruhlarni o’rganish bo’yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lsada, XX asrga kelib ular muntazam olib boriladigan bo’ldi va fundamental ahamiyat kasb etib bordi. Sotsial guruhlarni o’rganishda e.Dyurkgeymning hissasi katta.
SHuni ham alohida ta`kidlab o’tish lozimki, sotsial guruh tushunchasiga ijtimoiy fanlarda turlicha ta`rif beriladi. Xususan, sotsial psixologiya va sotsiologiya fanlari ham sotsial guruhga turlicha yondoshadi. Sotsiologiya fani doirasida ham hozirgi davrgacha sotsial guruhga berilgan ta`riflar, ularga xos xususiyatlar borasida xilma-xil qarashlar mavjud. SHunday bo’lsada, ko’pchilik sotsiologlar nisbatan turg’un sotsial o’zaro munosabat modellarida bir-biriga bog’langan va umumiy qarashga ega ikki yoki undan ortiq individlar yig’indisini guruh deb yuritadilar.Rollar insonlarni sotsial munosabatlar doirasida birlashtiradi. Bu munosabatlar uzoq muddat davom etsa, ularga guruh xususiyati beriladi. Bu jarayon natijasida quyidagilarni kuzatishimiz mumkin bo’ladi: birinchidan, biz munosabatlarga ma`lum bir chegara doirasida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar sifatida qaray boshlaymiz, shunday qilib, insonlar guruhning yoki «ichida», yoki «tashqarisida» bo’lib qoladilar; ikkinchidan, biz ularni voqelik sifatida qabul qilamiz; uchinchidan, guruh biz uchun o’ziga xos submadaniyat yoki kontrmadaniyat tashuvchisi, ya`ni o’ziga xos me`yor va qadriyatlar yig’indisi hisoblanadi; to’rtinchidan, bizda guruhga nisbatan sodiqlik tuyg’usi paydo bo’ladiki, biz o’zimizni boshqalardan farq qiluvchi yaxlit birlik sifatida tasavvur qilamiz.
Sotsial guruh – ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy xususiyatga ega insonlar yig’indisidir. Buni umumiymaqsadlar, umumiy manfaatlar, umumiy faoliyat bilan birlashuv sifatida tushunish lozim.
Sotsial birliklarning asosiy shakli sotsial guruhlar hisoblanadi. Jamiyat hayotiy voqelikda ko’plpb sotsial guruhlarning majmuasi sifatida namoyon bo’ladi. Inson hayoti tug’ilganidan to o’limiga qadar sotsial guruh a`zosi sifatida o’tadi:oila,maktab,ishlab chiqarish,sport komandasi,do’stlar davrvsi va h.k. Sotsial guruh jamiyat va inson o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. Ushbu muhitda sotsial jarayonlar paydo bo’ladi va rivojlanadi.Inson ma`lum bir guruh a`zosi sifatida jamiyat hayotida ishtirok etadi va shu jamiyat a`zosi ekanligini anglaydi. Insonning turli guruhlarga a`zoligi uning jamiyatdagi maqomi va avtoritetini belgilab beradi.
Sotsial guruh masalasi nafaqat sotsial psixologiyaning, balki sotsiologiyaning ham muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Inson goh tabiiy, goh ixtiyoriy ravishda, goh majburiylikdan, goh o’zi hoxlamagan holda muayyan bir guruhning a`zosi bo’lib hisoblanadi. Kundalik hayotda insonlarning har qanday to’plamni sotsial guruh deb hisoblashadi.
Sotsial guruh-umumiy sotsial xususiyatga ega va ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida zarur bo’lgan ijtimoiy funktsiyalarni bajaradigan insonlar majmuasidir. Sotsial guruh-bu ma`lum kishilardan tashkil topgan shu guruh a`zolari o’rtasida o’zaro aloqa, xarakat yoki ta`sir bo’ladigan a`zolar hatti-xarakati muayyan institut tomonidan tartibga solinadigan kishilar to’plamidir.
2. Sotsial guruh bo’lishi uchun guruhda quyidagi belgilar bo’lishi lozim:
1.A`zolar soni.
2.A`zolar o’rtasida o’zaro aloqa, harakat yoki ta`sirning mavjud bo’lishi.
3.A`zolar hatti-harakatini ma`lum sotsial institut toionidan boshqarilishi yoki tartibga solinishi.
4.Guruh o’zining ayrim belgi va ramzlariga ega bo’lishi kerak. Aynan shu ramz va belgilar ularni boshqa guruhlardan ajratadi.
Sotsial guruhlar miqdor jihatdan 2 turga bo’linadi:katta va kichik sotsial guruhlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |