Maqom so’zi sotsiologiyaga lotinchadan kirib kelgan bo’lib, u qadimgi Rimda u jismoniy shaxsning moddiy axvoli va huquqiy holatini ifodalar edi. Biroq, XIXasrning oxiridan boshlab olimlar unga yangicha ma`no bera boshlashdi. Unga muvofiq maqom bu – kishining jamiyatdagi ijtimoiy holatidir. Demak, ijtimoiy holat deganda umumlashtirilgan hodisani tushunish mumkin bo’ladi, ya`ni insonning iqtisodiy ahvoli, siyosiy imkoniyatlari va demografik xususiyatlari kabilar shunga taalluqlidir.
Masalan, shoferlik – kasbiy, unga mehnati uchun to’lanayotgan ish haqi – iqtisodiy, siyosiy partiyaga a`zoligi – siyosiy, 40 yosh atrofida erkak jinsiga mansubligi esa demografik holatini bildiradi. YUqoridagilarni barchasi aynan bir kishining ijtimoiy holatini tasvirlaydi, lekin har tomondan qaraganda albatta.
SHaxsning ijtimoiy munosabatlar sub`ekti sifatida mavjud bo’lishi uning shu munosabatlardagi sub`ekt sifatidagi maqomini belgilaydi. SHaxs ma`lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi hamdir. Jamiyatning tarixiy shakllangan turining iqtisodiy, siyosiy, ideologik va sotsial sifatlari o’zgaradi va turlicha namoyon bo’ladi. Har bir shaxsning sotsial sifatlari, uning amaliy faoliyatining mazmun va xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial hususiyatlar shaxsning ichki holati ta`sirida uning faoliyatida o’rab turgan voqealikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma`lum sotsial muhit sharoitlarida individlar orasidagi o’zaro ta`sirlar jarayonida yuzaga kelgan aloqalar sistemasidir. Goffman (1956) demeanor atamasiga ta`rif berar ekan u bir insonning ikkinchi bir inson munosabatini ifodalaydigan xulq-atvorning o’ziga xos uslubisotsial kuchga asoslanadi dominant pozitsiyadagi odam o’zining sub ordinatsiyasidaga odamga nisbatan kengroq xarakat qilishi va uning uslubi boshqalardan farq qilishi keltirib o’tilgan. Ular xatti-harakatidagi xulq-atvorlar o’rtasidagi farqlar simvolik harakterga ega. Bu farqlarga yana ular o’rtasidagi mavjud tengsizlik ham ta`sir ko’rsatadi.32 SHaxsning sotsial xususiyati kishining faoliyati va hatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida namoyon bo’ladi. SHaxsning sotsial sifati o’zida ma`lum tarzda o’zaro bog’liq va shaxsning boshqa odamlar bilan konkret tarixiy sharoitlarda ma`lum tarzda shartlangan elementlari majmuasini namoyon qiladi. SHaxsning sotsial sifatlarini tashkil qiluvchi elementlarga, shaxs faoliyatining sotsial belgilangan maqsadi: o’z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar; foydalanadigan belgilar sistemasi; o’z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilishi uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi.
33 Sotsiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.Mintonlar tomonidan asos solingan shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya G.Merton va T.Parsons, g’arbiy Olmoniya sotsiologi G.Darendorflar tomonidan yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy mavqei va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko’ra, har bir inson muayyan ijtimoiy tizimida bir necha o’rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o’rin ijtimoiy mavqe deb ataladi. SHaxs o’z xayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega ega bo’lishi mumkin. Binobarin, bu o’rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy mavqeini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan, direktor, rais, professor, kabi) bilan belgilanadi.