Samarqand davlat universiteti tasdiqlayman


Referent va a`zoli guruhlar



Download 3,22 Mb.
bet61/197
Sana27.05.2023
Hajmi3,22 Mb.
#944902
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197
Referent va a`zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o’rganishning jihatlaridan biri bo’lib, «referent guruh» atamasi amerikalik sotsial psixolog Mustafo SHerif tomonidan kiritilgan. «Referent guruh» atamasi (inglizcha so’z, «mansub bo’lish» degan ma`noni anglatadi) individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi.
SHaxsning «guruh normalariga» munosabati belgilariga muvofiq guruhlar referent guruhlar yoki «etalonli» (o’lchovli) guruhlarga bo’linadi. Referent guruhlar kichik guruhlar hamda katta guruhlar - sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo’lishi mumkin.
«Referent guruh» atamasi to’rt xil ma`noda qo’llaniladi:

  1. Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo’lib xizmat qiladigan guruh.

  2. Individ o’z harakatlarini shu guruhga yo’naltiradigan guruh.

  3. Idivid a`zo bo’lishiga intilayotgan guruh.

  4. A`zolarining qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a`zosi bo’lmagan kishi uchun o’ziga xos taqqoslash o’lchovi, sotsial «o’lchov doirasi» sifatida xizmat qiladigan guruh.

Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga moslashuv jarayonida, sotsial harakatlarni o’rganishda qo’llaniladi.
Referent guruhlar real va ideal guruhlarga bo’linadi. Real referent guruhning shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo’lib xizmat qiladigan alohida kishilar yoki kishilar birligidir.
Ideal referent guruh – bu, ma`lum bir guruh qadriyatli va normativ yo’l-yo’riqlarining inson ongida aks etishidir. SHaxs bu guruhga o’z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi.
Masalan, muhandis o’zini real hayotda muhandislar guruhiga mansub deyish bilan birga o’zini guruh sifatida mavjud bo’lmagan «ma`naviy elita» ga ham mansub deb hisoblaydi.
4. Sotsiologiya fanida sotsial birliklarning «kvaziguruh» termini bilan ifodalanadigan bir ko’rinishi borki, ayrim sotsiologlar ularni guruhlarning yana bir turi sifatida ifodalaydi. Bunday guruhlarga xos xususiyatlar quyidagilar:

  1. Kutilmaganda, stixiyali tarzda shakllanadi;

  2. O’zaro aloqalar beqaror bo’ladi;

  3. O’zaro munosabatlarda xilma-xillikning yo’qligi (ma`lumotni olish yoki uzatish, qarshi chiqish yoki qo’llab-quvvatlash);

  4. Umumiy harakatlarning qisqa muddat davom etishi.

Kvaziguruhlar qisqa muddat mavjud bo’ladi, keyin yoki tarqalib ketadi, yoki turg’un (barqaror) sotsial guruhga aylanadi.
Kvaziguruhlarning bir necha ko’rinishlari bor: auditoriya, olomon, sotsial doiralar.
Auditoriya – kommunikator, ya`ni axborotni etkazib beruvchi individ yoki guruh bilan o’zaro bog’langan kishilar yig’indisi. Auditoriya kommunikator bilan bevosita va bilvosita o’zaro aloqaga kirishishi mumkin. Auditoriyaning o’ziga xosligi shundaki, o’zaro ta`sir aksariyat hollarda bir tomonlama amalga oshiriladi, shuningdek, berilayotgan axborotni individlar o’z shaxsiy xususiyatlari, madaniy me`yor va qadriyatlaridan kelib chiqib turlicha qabul qiladilar. Auditoriyaning bir qismi axborotni o’z madaniy stereotiplariga mos kelmasligiga ko’ra qabul qilmasa, boshqa bir qismi bemalol qabul qiladi. SHunga ko’ra, har qanday auditoriya alohida birliklarga ajralib ketishi ehtimoli bor. Kundalik hayotda turli xildagi auditoriyalar bilan to’qnashamiz. Masalan, ma`ruza tinglashda, gazeta o’qiganda, radio tinglaganda u yoki bu auditoriya a`zosiga aylanamiz.
Olomon – umumiy manfaatlar yuzasidan cheklangan muhitda vaqtinchalik to’plangan kishilar birligi. Xususiyatlari: ta`sirchanlik, anonimlik, kutilmaganda o’z-o’zidan paydo bo’lish, mustahkamlik. Turlari: tasodifiy olomon (avariya yoki taniqli shaxs atrofida odamlarning to’planishi); shartli olomon (teatr, stadion kabilarda oldindan rejalashtirilgan tomoshani ko’rishga yig’ilganlar); ekspressiv olomon (diskotekada raqs tushayotganlar va h.k.); harakatdagi olomon (ekstremal xulq-atvor egalarining bir joyda to’planishi).
Sotsial doiralar kvaziguruhlarning birmuncha barqaror turi hisoblanadi. YA.SHepanskiyning fikriga ko’ra, sotsial doiralar deganda, a`zolari unchalik kuchli bo’lmagan, aloqalar orqali beqaror munosabatlarga kirishadigan mustaqil ittifoqlarni tushunishimiz lozim. Boshqa bir sotsiologlarning fikriga ko’ra, sotsial doiralar – a`zolari o’rtasida axborot almashinuviga asoslanib tarkib topgan birlikdir.
Turlari: kontakt doiralari (transport, navbat, sport musobaqalarida muntazam ko’rishib turadigan kishilar), kasbiy doiralar (ishchilar, olimlar, san`atkorlar), o’rtoqlar doirasi (vaqti-vaqti bilan muammolarni muhokama qilish uchun yig’ilib turadiganlar, keyinchalik do’stlar guruhiga aylanib ketishi ehtimoli mavjud bo’ladi), statusli sotsial doiralar (aristokratlar, pensionerlar, ayollar, erkaklar).
Xulosa o’rnida shuni ta`kidlash lozimki, kvaziguruhlarni barqaror sotsial guruhlar shakllanishi yo’lida tarkib topadigan birliklar sifatida olib qarash lozim



Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish