Og’iz organlari. Hasharotlarning og’iz organlari uch juft shakl o’zgartgan og’iz
oyoqlardan iborat bo’lib, u yuqori lab, bir juft yuqori jag’, pastki lab va pastki
jag’ kabi qismlarni hosil qiladi.
Hasharotlarning og’iz organlari, ovqatlanish usuliga qarab o’zgargandir.
Qattiq
oziqa
bilan
oziqlanadigan
hasharotlar
(suvaraksimonlar,
chigirtkasimonlar, qattiq qanotlilar) uchun kemiruvchi tipidagi og’iz apparati
xosdir. Bunday og’iz oldingi va yuqori tomondan xitinlashgan yuqori lab bilan
qoplangan. Bir juft yuqori jag’lar kuchli muskullar bilan ta’minlangan. Juft
pastki jag’lar va pastki lab ham oziqani kemirishga moslashgan.
Suyuq oziqa (gul sharbati) bilan oziqlanadigan ko’pchilik parda
qanotlilarning (jumladan asalarilar) og’iz organlari kemiruvchi belgilarni saqlab
qolgan holda, ayrim o’zgarishlar paydo qilib suyuq oziqani so’rib olishga
moslashgan. Bunday og’iz organlari kemiruvchi- so’ruvchi og’iz deb ataladi.
Bunday hasharotlarda mandibulalar rivojlangan bo’ladi. Shuningdek, pastki
jag’lar va pastki lab qo’shilib gul sharbatini so’rib olishga moslashgan.
Suyuq ovqat bilan oziqlanadigan ayrim hasharotlarda (kapalaklarda) esa
og’iz organlari ancha o’zgarib, yuqori lab, yuqori jag’lar va pastki lab ancha
reduksiyalanib (qisqarib) pastki jag’lar rivojlanib, tarnovcha shaklini hosil
qilgan va xartumchaga aylangan. Bunday xartumcha ba’zan juda uzun bo’lishi
mumkin va tinch holatda spiral bo’lib turadi. Ba’zi kapalaklarning (brajniklar)
xartumchasini uzunligi 20 sm gacha boradi. Kapalaklar ana shu xartumcha
yordamida gul sharbatini bemalol so’rib oladi.
Bir guruh hasharotlarda (qandalalar, o’simlik bitlari, chivinlar, is-
kaptoparlar, bitlar, burgalar) sanchuvchi-so’ruvchi og’iz organlari rivojlangan.
Bunday og’izda yuqori va pastki jag’larning kuchli o’zgarishi natijasida, to’rtta
sanchuvchi qilchaga aylanib, tarnovcha shaklini hosil qilgan pastki lab ichiga
kirib turadi. Yuqori lab yetarli darajada rivojlanmagan. Pastki jag’lar o’zaro
birlashib ikkita naycha hosil qiladi. Bu naychalarning biridan so’lak suyuqligi
oqib chiqadi, ikkinchisi orqali esa suyuq oziqa so’rib olinadi.
Ayrim hasharotlarda (masalan, uy pashshasida) og’iz organlari oziqani
yalashga moslashgan. Bunday og’iz apparatida yuqori jag’lar reduksiyalangan.
Pastki lab o’zgarib, uch tomoni yostiqchasimon shish hosil qiladi. Pashsha oziqa
zarrasini so’lagi bilan namlaydi va so’ngra suyuq ovqat lab bilan tilchadan hosil
bo’lgan nozik naychaga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |