Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/154
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#203928
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
zoologik tadqiqot uslublari

(Hydrachnellae) deb ataluvchi oilasi 2000 ga yaqin turga ega bo’lib, chuchuk 
suvda  yashashga  moslashgan.  Ular  yirtqichlik  bilan  oziqlanib,  tuban 
qisqichbaqasimonlar va hasharotlar lichinkalarini ko’plab iste’mol qiladi.  
     Kanalarning  anchagina  guruhlari  amaliy  ahamiyatga  ega  bo’lib,  odamda, 
turli hayvonlarda va madaniy o’simliklarda parazitlik qilish bilan birga xilma-
xil kasallik qo’zg’atuvchilarni tarqatadi.  
     Parazit  kanalar  o’z  xo’jayinining  qoni,  tana  suyuqligi,  terisi  yoki  pati  bilan 
oziqlanadi. Odam va hayvonlar terisida parazitlik qiluvchi turlardan biri qo’tir 
yoki qichima kanasi-Sarcoptes scabiei. U mikroskopik kattalikda (0,3-0,4 mm) 
bo’lib,  terining  shox  qavatida  o’ziga  yo’llar  ochadi.  Kana  teri  osti  nerv 
uchlariga ta’sir qilib, kuchli qichishni paydo qiladi. 
    Mikroskopik  kattalikdagi  parazit  kanalardan  husnbuzar  kana  -  Demodex 
folliculorum  odam  terisidagi  yog’  bezlari  va  soch  xaltasida  parazitlik  qiladi. 
Ba’zan  u  tez  ko’payib,  yuzda  va  bo’yin  terisida  ham  ko’plab  yaralarni  hosil 
qiladi.  
 
Parazit  kanalar  orasida  Ixodidae  va  Argasidae  oilalarining  ko’pgina 
turlari  harxil  yovvoyi  va  uy  hayvonlari  orasida  tif,  tulyaremiya,  ense-falit, 
piroplazmoz kabi ko’pgina infeksion va invazion kasalliklarni tarqatib yuradi. 
     Masalan,  tayga  kanasi  -  Ixodes  persulcatus  Uzoq  Sharqning  ko’pgina 
hududlarida  uchrab, o’sha hududlarda  tarqalgan  yovvoyi  hayvonlar va qushlar 
orasida bahorgi-yozgi ensefalit kasalligini qo’zg’atuvchi viruslarni tarqatadi.  
     Iksod kanalaridan it kanasi  - I. ricinus hayvonlar orasida piroplazmoz (qon 
siyish)  kasalligini  qo’zg’atuvchi  bir  hujayrali  hayvonlardan  (sporalilardan) 
piroplazmalarni tarqatadi.  


        Parazit  kanalardan  -  Dermacentor,  Ornithodorus  kabi  avlod  vakillari 
ham  hayvonlar  orasida  xavfli  kasalliklarni  tarqatishda  faol  ishtirok  etishadi. 
Umuman  ektoparazit  kanalar  ham  qon  so’ruvchi  parazit  hasharotlar  (bitlar, 
burgalar,  chivinlar,  pashshalar  va  boshqalar)  singari  transmissiv  kasalliklarni 
tarqatishda  muhim  zvenolardan  hisoblanadi.  Bundan  tashqari  kanalar  harxil 
kasalliklarni  qo’zg’atuvchi  rikketsiyalar,  viruslar,  spiroxetalar,  bakteriyalar, 
parazit  bir  hujayrali  hayvonlarni  kasal  hayvon  organizmidan  sog’lom 
organizmga  o’tkazishda  va  shu  usul  bilan  kasallik  qo’zg’atuvchilarni  tabiatda 
manba holida uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi.  
     Kanalarning anchagina turlari o’simliklar va ularning mahsulotlari hisobidan 
oziqlanishga  va  shu  yo’l  bilan  o’simliklarga  juda  katta  zarar  yetkazishga 
moslashgan.  Bunday  kanalardan  oddiy  o’rgimchak  kana  (Tetranychus 
telarius)  turli  xil  madaniy  o’simliklarga,  jumladan  g’o’za,  sabzavot  va  poliz 
ekinlariga hamda mevali daraxtlarga zarar keltiradi.  
   O’simliklarning, ayniqsa  ko’p  yillik daraxtchil  o’simliklarining barglarida va 
boshqa  organlarida  kattaligi  0,1-0,2  mm  keladigan,  ikki  juft  oyoqlarga  ega 
bo’lgan,  hamda  burtmalar  (gallar)  hosil  qiluvchi  Eriophyidae  oilasining  bir 
qancha  turlari  e’tiborga  sazovordir.  Kanalar  orasida  tiroglifoidlar  guruhining 
turlari  omborlarda  un  va  donlarga  katta  zarar  keltiradi.  Bu  borada  g’alla 
kanalarining salbiy roli g’oyat kattadir.  

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish