Qorinoyoqlilar sinfi - Gastropoda Qorinoyoqlilar yumshoqtanlilarning eng katta va turlarga boy sinfi
hisoblanib, 100000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning ko’pchiligi
dengizlarda yashaydi, lekin anchagina turlari chuchuk suvda va quruqlikda ham
uchraydi. Ayrim turlari esa parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan.
Qorinoyoqlilarning o’lchamlari ham turlichadir, ya’ni 2-3 mm dan
birnecha o’nlab santimetrgacha, ba’zilari hatto 60 sm gacha bo’ladi. Ushbu sinf
vakillarining xarakterli xususiyati gavdaning asimmetrik tuzilishi-dir.