Oldjabralilar kenja sinfi – Prosobranchia
Ushbu kenja sinfga kiruvchi qorinoyoqlilarning bitta yoki bir juft jabralari
bo’lib,yuragining oldida joylashgan. Dengizda, chuchuk suvda va quruqlikda
tarqalgan. Kenja sinf ikkita turkumdan iborat.
Qadimgi qorinoyoqlilar yoki ikki yurak oldi bo’lmalilar turkumi -
Dioctocardia. Bularning yurak oldi bo’lmasi ikkita, pedal nerv tomirlari
bo’ladi, lekin uning gangliylari shakllanmagan. Vakillaridan dengiz quloqchasi
(Haliotis) da asimmetrik belgilari paydo bo’lgan. Keng tarqalgan turlaridan
yana biri dengiz likopchasi (Patella) deyarli hamma dengizlarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |