Chig’anoqlilar kenja tipi - Conchifera
Ushbu kenja tipga kiruvchi yumshoqtanlilarning tanasi chig’anoq ichida
joylashgan bo’ladi. CHig’anog’i yaxlit yoki ikki tavaqali. Gavda qoplag’ichlari
kutikulasiz. Nerv sistemasi tarqoq holda joylashgan bir necha juft nerv
tugunlaridan iborat. Ko’zlari va paypaslagichlari, shuningdek muvozanat
saqlash organlari bo’ladi.
Chig’anoqlilar kenja tipi monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar,
plastinka jabralilar va boshoyoqlilar sinflariga bo’linadi. Ushbu sinflarning
ayrimlari bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |