O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
AXBOROT TIZIMLARINI MATEMATIK VA
DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI
310-guruh talabasi TOHIROV MUHRIDDINNING
Ma’lumotlar bazasi fanidan
“XO’JALIK MOLLARI” malumotlar bazasini
Loyhalash mavzusida
KURS ISHI
Tekshirdi: XIMMATOV IBODILLA
Bajardi: TOHIROV MUHRIDDIN
SAMARQAND 2021-2022
MUNDARIJA
Kirish
I-BOB.NAZARIY QISM
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi
Ma’lumotlarni boshqarish. Ma’lumotlar bazasining turlari.
SQL opеratorlarini yozilishi
1.4 MySQL konfiguratsiyasi va uni boshqarish
II-BOB.AMALIY QISM
2.1 Jadvallar ustida so‘rovlar.
2.2 “XO’JALIK MOLLARI” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish
2.3 Jadvallarning o’zaro bog’lanishi
2.4 SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining Hozirgi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.Shundan kelib chiqib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi.
Bundan tashqari, 32 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 5 mingtadan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning jami soni 32 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning qamrovi 98 foizga hamda yuqori tezlikdagi yo‘nalishi 90 foizga yetkazildi. Aholining keng polosali mobil xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mavjud 3 000 dan ortiq baza stansiyasi modernizatsiya qilindi.Jizzax erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri sohada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishdir.Aynan mana shu maqsadni ko‘zlab barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 416 tashkilotda bugun besh ming nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo‘lsa, 54 tasi yangi ochilgan.Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko‘paytirish va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi ob’ektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralarikundalik
turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi.
Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta,
axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot
almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil
etadi. Aхborot teхnologiyalari jahonda jadal sur'atlar bilan rivojlanib,
takomillashib borayotgan sohadir. Insoniyat aхborotlashtirish sohasida haqiqiy
inqilobiy o’zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda, buning natijasida esa
umumjahon aхborotlashgan hamjamiyati shakllanmoqda. Bu o’zgarishlar asosini
aхborotlashtirish, telekommunikatsiya va komp'yuter teхnologiyalari
konvergentsiyasi negizida aхborotni uzatish hamda iste'molchiga etkazib
berishning eng zamonaviy va samarali vositalarining dunyoga kelayotganligi
tashkiletadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |