Markaziy nerv sistemasi.Markaziy nerv sistemasi bosh miya bilan orqa miyadan tarkib topgan.
Orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida joylashgan bo’lib, nerv to’qimasidan tuzilgan va shaklan go’yo yo’g’on chilvirga o’xshaydi. Orqa miya uzunasiga ketgan ikkita egat bilan ikki qismga: o’ng va chap qismlarga bo’linadi.
Orqa miyada nerv tutam bo’lib joylashgan, qo’zg’alish periferiyadagi nerv uchlaridan,– skelet muskullari, teri, shilliq pardalardagi nerv uchlaridan shu nerv tolalarining tutamlari orqali nerv impulslari shaklida bosh miyaga yetib boradi va bosh miyadan periferiyaga keladi. Nerv tolalarining ana shu tutamlari o’tkazuvchi yo’llar deb ataladi.
Orqa miya ongli psixik jarayonlarning bevosita – markazi bo’lmay, balki ongsiz reflektor harakatlarni idora etadigan markazdir. U tana va qo’l-oyoq muskullarini, ko’z muskullarini idora qiladi, shuningdek, organizmda bo’ladigan bir qancha fiziologik prosesslarni ya’ni tomir harakatlari, ter chiqarish va boshqa shu kabi fiziologik jarayonlarni ham idora etadigan markazdir. Ana shu markazlardan bir qismi vegetativ nerv sistemasiga taalluqlidir.
Bosh miya kalla qutisida joylashgan bo’lib, go’yo orqa miya tepasidagi ustki qavat hisoblanadi.
Bosh miya quyidagi qismlarga ajratiladi: 1) ketingi miya, 2) o’rta miya, 3) oraliq miya va 4) oldingi miya. Ketingi miya. Ketingi miyaga uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi va miyacha kiradi.
Oldingi miya va uning po’sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan o’shancha ko’proq joy egallaydi. Odamda oldingi miya butun bosh miyaning katta bir qismini, taxminan 80 prosentini bosh miyaning ko’ndalang kesilganligi egallaydi.
O ldingi miya ikkita yarim shardan o’ng va chap yarim sharlardan iborat, bosh miyaning peshona bo’ladigan ensa bo’lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o’ng va chap yarim sharlari qadoq modda deb ataluvchi jism yordami bilan o’zaro birlashadi.
Yarim sharlarning miya po’sti deb ataladigan butun yuzasi shuncha chuqurroq va pushtalari ko’proq bo’ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi pushtalar juda ko’p va egatlari ko’p darajada chuqurdir.
Egatlardan eng yaqqol ko’rinib turadiganlari Silviy egati bilan roland egatidir. Silviyning ko’ndalang egati chakka bularini ajratib turadi. Roland egati esa tepa bo’lakning o’rtasidan peshona va chakka bo’laklarga qarab boradi.Bosh miya po’sti miyaning kulrang moddasidan iborat. Miyaning turli qismlarida po’stning qalinligi 1 mm dan. 4-5 mm gacha boradi. Odamning bosh miya po’stining butun yuzasi o’rta hisob bilan 2000 kv. sm keladi. Bosh miya yarim shardagi po’stining yuzasi odatda to’rtta katta qismi peshona qismi (eng kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo’linadi. Ba’zi bir olimlarning hisobiga qaraganda, bosh miya po’sti va yarim sharlarida 15 milliardga yaqin nerv hujayrasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |