Miya va psixika
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan bo’ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta hisobda 1400 g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz miya butun gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrog’ini ishlashidan ham ko’rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq bo’lib boraveradi.
Miyaning tanaga bo’lgan nisbati: Kit miyasining tanasiga nisbati , fil miyasining tanasiga nisbati , maymun miyasining tanasiga nisbati , Odam miyasining tanasiga nisbati .
Ayniqsa, bosh miya katta yarim sharlari kishi organizmi hayotida muhim ahamiyatga ega. Odamda o’rtacha 14-15 milliard neyrondan iborat. Eng muhim rolni miya po’stining peshona qismi o’ynaydi. hayvon taraqqiyotining yuqoriroq bosqichiga qanchalik ko’tarilsa, miya yarim sharlari po’stining peshona qismi shunchalik kattaroq bo’ladi.
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha og’irdir.
Odam miyasi - 1400 g.
Ot miyasi - 650 g.
Gorilla miyasi - 400 g.
Ho’kiz miyasi - 500 g.
Kit miyasi - 2800 g.
Fil miyasi - 4000 g.
Individning psixik hayotida miyaning og’irligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining aqli haqida miyaning og’irligiga qarab hukm chiqarish to’g’ri emas. Ba'zi kishilar miyasining vazni o’rtacha vazniga qaraganda ancha og’ir bo’lgani shuningdek, ba'zi kishilarning miya vazni o’rtacha darajadan kamroq ham bo’lgani ma'lum.
Masalan: I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720 g, I.P.Pavlovning miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol Fransisning miyasi 1017 g bo’lgan.
Odamning bosh miyasi kishi psixikasining o’ziga xos takrorlanmas, murakkab organi hisoblanib, u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o’rta miya va uzunchoq miyadan iborat.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |