55
2. Kurashchi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni
rivojlantiruvchi mashqlar.
3. Ishorali mashqlar. Ular nafaqat
usullarni bajarish texnikasini,
balki ular bir ma’lum taktik ko‘rinishda (turli xil holatlardan, taktik
tayyorgarlik usullarini ishora orqali ko‘rsatishdan so‘ng) qo‘llanilgan
paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini ham takomillashtirishga
yordam beradi. Ishorali mashqlar jihozlarsiz va jihoz (kurash manekeni)
bilan bajariladi.
4. Sherik bilan maxsus mashqlar. Kurash manekeni bilan mashqlar
bajarishga qaraganda, sherik bilan bajariladigan mashqlar amalga
oshirilayotgan texnik yoki taktik harakatning hamma qismlarini
yanada
chuqur his qilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan
harakat vaziyatini hamda zarur qarshilikni aniq qayta ko‘rsatib berish
mumkin. Mashq bajarayotgan kurashchining oldida turgan vazifaga
qarab, sherik bo‘sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan qarshilik
ko‘rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki,
uning
qobiliyatlari, tayyorgarligi, bo‘yi, vazni sportchi oldiga qo‘yilgan
vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim.
5. O‘quv, o‘quv-mashg‘ulot va mashg‘ulot bellashuvlari.
- O‘quv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo‘yicha yangi
o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratilgan. Sherik bo‘sh yoki yarim
kuchi bilan qarshilik ko‘rsatadi hamda bellashuv davomida vaqti-vaqti
bilan (topshiriqqa binoan) kurashchiga usulni bajarish uchun qulay
sharoitlarni yaratib turadi.
O‘quv bellashuvining o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki,
u qandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga qaratiladi.
Agar harakat noaniq bajarilsa, bellashuvni to‘xtatish hamda kurashchiga
yo‘l qo‘ygan xatosini ko‘rsatish lozim.
- O‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari
asosan kurash texnikasi va
taktikasini keyinchalik ham egallash hamda takomillashtirishga
qaratilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lum bir
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan raqiblar bilan kurash olib
borishning u yoki bu taktik manyovrlarini hosil qilishga qaratilgan
56
vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaqtning o‘zida
bellashish uchun vazifa olishi mumkin.
Bellashuvlar turli formulalar bo‘yicha
tuzilishi
mumkin.
Bellashuvni kurashchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish uchun
to‘xtatish mumkin, lekin bu ishni faqat o‘ta zarur hollarda bajarish
lozim.
- Mashg‘ulot bellashuvlari texnika, taktika, musobaqa sharoitlarida
kurashchiga
zarur
bo‘ladigan
jismoniy
va
boshqa
sifatlarni
rivojlantirishga qaratilgan. Mashg‘ulot bellashuvi yuqori sur’atda
o‘tkaziladi. Hamma harakatlarni bajarish ularning to‘g‘ri bajarilishi
ustidan to‘liq javobgarlik bilan o‘tadi. Biroq kurashchi, bellashuvni olib
borayotib, mag‘lub bo‘lishdan cho‘chimasligi lozim. Qanday qilib
bo‘lsa ham mag‘lubiyatdan o‘zini saqlab qolishga intilish oqibatida
kurashchi,
faqat himoyalanib, o‘zining eng yaxshi ko‘rgan usullari
hamda qarshi usullarini takomillashtira olmaydi.
Mashg‘ulot bellashuvlari ham vazifa bilan, ham vazifasiz (erkin
bellashish) o‘tkazilishi mumkin. Bu yerda bellashuvning umumiy vaqti
aniqlanadi hamda kurashchilar bellashuvni kurash qoidasi asosida olib
boradilar.
O‘quv va o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlaridan farqli ravishda,
mashg‘ulot bellashuvini ogohlantirish berish maqsadida to‘xtatish
tavsiya qilinmaydi. Juda zarur bo‘lgan holda
kamchiliklar bellashuv
davomida aytib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: