2.4.3. Milliy kurashda mustahkamlash va keyingi takomillashtirish
bosqichi
Kurashchining texnik-taktik harakatlarini mustahkamlash va
keyingi takomillashtirish bosqichida o‘qitishning asosiy vazifasi, ya’ni
harakat ko‘nikmasini shakllantirish va musobaqa bellashuvlarida egallab
olingan kurash usullarini qo‘llay olish malakasini hosil qilish vazifasi
hal etilishi lozim. Buning uchun ushbu bosqichning quyidagi xususiy
vazifalarini bajarish zarur:
- shug‘ullanuvchilarni egallangan texnik harakatlarni turli
sharoitlarda usullar bilan birga qo‘shib bajarishga o‘rgatish;
- kurashchini o‘rganilgan harakatni har xil tayyorgarlikka
(jismoniy, texnik, taktik va h.k.) ega bo‘lgan raqiblar bilan bajarishga
o‘rgatish;
- shug‘ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga muvofiq va
ularning jismoniy tayyorgarligi oshishini hisobga olgan holda
48
o‘rganilgan texnik harakatlarni yangi elementlar (taktik tayyorgarlik
usullari, ushlab olishlar, yakunlovchi fazalar) bilan boyitish;
- musobaqa bellashuvlarida o‘rganilgan texnik harakatning yetarli
darajada barqarorligi va variantliligi, ishonchliligi va tejamliligini
ta’minlash.
2.5. Milliy kurash darslarini (mashg‘ulotlarini) o‘tkazish uslubiyati
Darsni o‘tkazish uslubiyatida mashg‘ulotning asosiy formasi
sifatida darsning tuzilishini, vazifasi va dars qismlarining mazmunini
hamda uni amalga oshirishning uch vazifasini – darsga tayyorgarlik, uni
o‘tkazish va yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir.
Darsning tuzilishi.
Darsning tuzilish mazmuni o‘quvchilar
kontingentini va ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda
vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishiga asoslanadi.
Darsning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga
muvofiq izchillikda joylashtirilgan darsning o‘zaro bog‘langan qismlari
tushuniladi. Dars tuzilishida o‘qituvchi-murabbiy xatti-harakatlarining
izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi va ochib beriladi,
shuningdek, shug‘ullanuvchilar bajaradigan hamma ishlar aytib o‘tiladi.
Dars vazifalarining muvaffaqiyatli hal etilishi darsda o‘qituvchi
bilan
o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning to‘g‘ri
qo‘yilishiga bog‘liq. O‘qishning birinchi yili o‘quv-mashg‘ulot darslari
90-100 minut, ikkinchi yili 100-120 minut, uchinchi yili 120-150 minut
davom etadi.
O‘quv-mashg‘ulot va tarbiya vazifalarini hal etishda darsning uch
qismli tuzilishdan foydalaniladi. Bu shug‘ullanuvchilar organizmining
ishga normal kirishini, asosiy yuklamalarning bajarilishi va nisbatan
tinchlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, dars tuzilishi quyidagi 3
qismdan tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan tashkil topgan.
Dars ish rejasi har bir dars uchun tuzilgan reja yoki grafik reja
asosida o‘tkaziladi. Darsning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar
kontingenti,
ularning
soni,
sharoitlar,
tayyorgarlik
davri
va
qo‘llaniladigan uslublariga qarab tuziladi.
49
Darsning tayyorgarlik qismi 25-40 minut vaqtni egallaydi. Bu
vaqtda darsning asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Vazifalar:
1. Boshlang‘ich tashkiliy ishlar, shug‘ullanuvchilar e’tiborini
qozonish, ularni dars vazifalari bilan tanishtirish va mashg‘ulotga ijobiy
yo‘nalish berish.
2. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlarini asta-sekin
oshirilgan yuklamalarga funksional jihatdan tayyorlash, organizmni
qizitish va asosiy ishga tayyorlash.
3. Qulay emotsional holatni vujudga keltirish.
Vositalar: bajarish texnikasi shug‘ullanuvchilar o‘zlashtirib olgan
yoki tez o‘zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar bo‘yicha
turli xilda sarflanish va qayta saflanish. Turli xilda yurish, yugurish,
umumiy tayyorgarlik va maxsus xarakterdagi gimnastika mashqlari.
Kuchlilik, egiluvchanlik, cho‘zilish va mushaklarni bo‘shashtirish
mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar, yuklamalarni asta-sekin
oshira borib, eng oddiy sakrash, umbaloq oshish mashqlari, shuningdek,
oson harakatli o‘yinlar va yakkama-yakka olishish elementlari bo‘lgan
mashqlar.
Darsning asosiy qismi 60-100 minut davom etadi. Bu vaqt ichida
ta’lim-tarbiya berish, sog‘lomlashtirish vazifalari, kurash sohasidagi
umumiy va maxsus vazifalar hal etiladi.
Vazifalar:
1. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlari har
tomonlama rivojlantirish hamda mehnat va sport faoliyatida zarur
bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
2. Kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish hamda uni
shug‘ullanuvchilarning
jismoniy
rivojlanganlik
va
funksional
tayyorgarlik darajasini oshirish bilan qo‘shib olib borgan holda
takomillashtirish.
3. Shug‘ullanuvchilarni harakat faoliyati, kurash sohasidagi
bilimlar “Alpomish” va “Barchinoy” testlariga doir hayotiy muhim
bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
50
Asosiy vositalar. Buyumlarsiz va buyumlar, koptok, tayoq, gantel,
espander va boshqalar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi,
tayyorlovchi va maxsus mashqlar. Asosiy mashqlar – kurashdagi taktik-
texnik harakatlar, yunon-rim va erkin kurash, sambo dzyudo kurashi
elementlaridan foydalanish. Yengil atletika, gimnastika, suzish, sport
o‘yinlari va hokazo.
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa
qismlaridagi kabi sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish
bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari
ham hal etiladi.
Darsning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, dars esa
organizmni nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.
Vazifalar:
1. Organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan mushaklarni
ortiqcha zo‘riqishini pasaytirish.
2. Emotsional holatni tartibga solish, mashg‘ulotni yakunlash
ishlarini qisqacha tahlil qilish va baholash, uyga vazifa berish va hokazo.
Birinchi faza – darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda
mashg‘ulotning
puxta
o‘ylangan reja-konspekt tuzish, zalni,
maydonchani,
jihozlar,
tulum
va
hokazolarni
tayyorlash,
shug‘ullanuvchilar kontengenti soni, tayyorgarligi, vazn toifalari va
hokazolarni hisobga olish.
Dars rejasida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan guruh rahbarlari,
hakamlar, razryadli kurashchilar, axborotchilar va hokazolarning
mavjudligini hisobga olish muhimdir.
Ikkinchi faza – darsni o‘tkazish hisobiga darsni o‘z vaqtida
boshlash va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot
mavzusini qisqacha bayon qilish, xususiy vazifalarni va bolalarning
mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish.
Bularning hammasi umumiy va shaxsiy uslubiy ko‘rsatmalar berish
kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‘qotish zarurligini aytish, xatti-
harakatlarni baholash bilan qo‘shib olib boriladi. Bu esa darsning
muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradi va bunday dars o‘quvchilarning
ijodiy mustaqilligini oshiradi.
51
Uchinchi faza – darsni yakunlash – darsning yakunlovchi qismida
o‘qituvchi o‘zi uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yakun chiqaradi.
Bayon qilingan mavzuni tahlil qiladi va kelgusi mashg‘ulotlarni
belgilaydi. Buning uchun u dars rejasida mavzuni qanday
o‘zlashtirilganligini, yuklama o‘quvchilarga qanday ta’sir etganligini,
qanday yangi uslub yoki usullardan foydalanilganligini, tarbiya,
mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolarda nimaga e’tibor berish
kerakligini qayd qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |