44
5. O‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili.
6. O‘quv materialini puxta o‘zlashtirish tamoyili.
7. Jamoali o‘qitish va o‘quvchiga individual yondashish birligi
tamoyili.
8. O‘qitishning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili.
9. O‘qitish jarayonida o‘qituvchining yetakchilik ahamiyati.
2.3. Milliy kurashda o‘qitish uslublari
Harakatlarga maqsadli o‘rgatish o‘qituvchidan o‘qitish uslublari
tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma uslublar shartli ravishda uchta
asosiy guruhga bo‘linadi: so‘zdan foydalanish (so‘z) uslublari,
ko‘rgazmali qabul qilish uslublari (ko‘rgazmali) va amaliy uslublar. O‘z
navbatida, uchta guruhning har biri bir
nechta uslublardan tashkil
topgan.
1 - jadval
O‘qitish uslublari
So‘zdan
foydalanish
uslublari
Ko‘rgazmali qabul
qilish uslublari
Amaliy uslublar
Hikoya, ta’rif,
suhbat,
tushuntirish,
tahlil qilish,
ko‘rsatma berish,
hisoblash
Plakatlar, video
yozuvlarni
ko‘rsatish,
namoyish qilish,
taqdimotlar
namoyish qilish
Qat’iy
tartiblashtirilgan
mashqlar
uslublari.
Qismlarga bo‘linib
o‘rganish.
Butunligicha
o‘rganish.
Qisman
tartiblashtirilgan
mashqlar
uslublari. O‘yin,
musobaqa
uslublari
O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan so‘zdan foydalanish
uslublari butun o‘quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar
to‘g‘risida yanada to‘liq hamda aniq tasavvurlarni shakllantirishga
yordam beradi.
Ushbu uslublar yordamida
o‘qituvchi o‘quv
materialining o‘zlashtirilishini tahlil qiladi va baholaydi.
45
Ko‘rgazmali qabul qilish uslublari o‘rganilayotgan harakatlarning
ko‘z bilan ko‘rish va eshitish orqali qabul qilinishini ta’minlaydi.
Ko‘rgazmali qabul qilish harakatlarni yanada tez, chuqur va
mustahkam egallab olishga yordam beradi, o‘rganilayotgan harakatlarga
qiziqish uyg‘otadi.
Amaliy uslublar shug‘ullanuvchilarning faol harakat faoliyatiga
asoslangan. Ular shartli ravishda ikkita guruhga bo‘linadi: qat’iy va
qisman tartiblashtirilgan
mashqlar uslublari, harakat shakllari, yuklama
o‘lchamlari, uning o‘sib borishi, dam olish bilan almashilib turilishi va
boshqalarni qat’iy tartiblashtirgan holda harakatlarni ko‘p marta
takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning natijasida kerakli harakatlarni asta-
sekin shakllantirib, alohida harakatlarni tanlab o‘zlashtirish
imkoniyati
tug‘iladi.
Qismlarga bo‘lib o‘rganish uslubi dastlab harakatning alohida
qismlarini o‘rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga
birlashtirishni nazarda tutadi.
Butunligicha o‘rganish uslubi o‘qitishning yakuniy maqsadiga
qarab, harakat qanday ko‘rinishda bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganishni
ko‘zda tutadi.
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi o‘quvchilar oldiga
qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun
harakatlarni nisbatan erkin
tanlashga ruxsat beradi.
O‘yin uslubi harakatlarning qat’iy tartiblashtirilishi, ularni
bajarishdagi mumkin bo‘lgan shartlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi;
ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi, mashg‘ulotlarning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlaydi.
Musobaqa uslubi maxsus tashkil qilingan
musobaqa faoliyatini
nazarda tutadi. Bunday faoliyat ushbu holda o‘quv mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, o‘quv-mashg‘ulotlarda hamma sanab o‘tilgan
uslublar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport
tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, o‘zgartirilgan
shakllarda qo‘llaniladi. Uslublarni tanlashda shu narsaga e’tibor
berish
lozimki, ular oldinga qo‘yilgan vazifalar, umumiy didaktik tamoyillar,
46
shuningdek
sport
mashg‘ulotining
maxsus
tamoyillari,
shug‘ullanuchilarning yosh xususiyatlari, ularning malakasi hamda
tayyorgarlik darajasiga qat’iy muvofiq bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: