Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Innovatsion axborot texnologiyalarini ta`lim va tarbiya jarayonida qo`llashning dolzarbligi shundaki



Download 357,08 Kb.
bet37/39
Sana05.06.2022
Hajmi357,08 Kb.
#637761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
DISSERTATSIYA D.Gafurova 05 2021

Innovatsion axborot texnologiyalarini ta`lim va tarbiya jarayonida qo`llashning dolzarbligi shundaki:
Axborot kommunikativ texnologiyalarini ta'lim - tarbiyaviy jarayonda qo'llash orqali tarbiyalanuvchilar:
- berilayotgan axborotni chuqurroq, mukammalroq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar;
- bolajonlarning mashg’ulot jarayoniga qiziqishi ortadi;
- mashg’ulot mavzusini tez va oson, qiziqarli tarzda bola ongiga singdirilishiga erishiladi;
- multimediya vositalarini qo'llash orqali o'tkazilgan mashg’ulotlar bolajonlarni mustaqil fikrlovchi shaxsga aylantiradi;
- bolalarning mashg’ulotni eslab qolish darajasi ortadi, o'tilgan mashg’ulotni
samarali o'zlashtiradi;
- ushbu innovatsion texnologiyalar orqali bolaning xotirasi, diqqati rivojlanadi;
- guruhdagi barcha bolalarning mashg’ulotga faol qatnashishiga erishiladi.
Ta`lim tarbiya jarayonida innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish - amaliy chizib ko’rish, og’zaki, suhbat, ko’rgazmali, namuna, o’yinli. Yetmayotgan qismini chizib qo’y! Shaklni to’ldir! Rassomga yordam beraylik! Pazllarni to`g`ri joylashtirishga ko’mak ber!
Multimediya vositalaridan foydalanish - Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning jonli ovozi va uni farqlash.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta`limning samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqish, e`tibor hamda talab kundan- kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilganda pedagoglar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatli tomoni, shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish imkoniyatining kengligidir.
Maktabgacha ta`limda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalardan oqilona foydalanish tarbiyani ta`limga bog`lash, har ikkisini tuzilishi va mazmuni jihatdan yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishga, mustaqil fikrlashga yo’llash uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg`ulotlar yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, ma`nan yetuk, barkamol shaxslarga aylantiradi. Shuning uchun ham ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va o’rni beqiyosdir.
Innovatsiya (inglizcha innovatsion - yangilik kiritish) - tizimning ichki tuzilishini o’zgartirish demakdir. Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatli bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.
Pedagogika sohasiga innovatsiya tushunchasi XX asrning 80-yillarida kirib kelib, ta`lim-tarbiya jarayonini va uning natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangiliklar tizimini anglatadi. Pedagogik innovatsiyalar tashabbuslar va yangiliklar asosida tug`ilib, ta`lim mazmunining rivoji uchun istiqbolli bo’ladi. Ta`lim tizimining rivojiga ham ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Innovatsion texnologiyalarni ta`lim - tarbiya jarayonida to’gri qo’llay olish ko’p jihatdan pedagog mahoratiga, ijodkorligiga bog`liq.
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablariga muvofiq intellektual rivojlangan, ma`nan yetuk, mahoratli va qobiliyatli, zamon talabi darajasidagi mutaxassis kadrlarni yetishtirish - ta`limga yangiliklar kiritishning davomiyligini kafolatlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda pedagog faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.
Boshqacha qilib aytganda, ta`lim va tarbiya berishning interfaol uslublari-bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo’lib, unda ta`lim va tarbiya oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Tarbiyalanuvchilarning mustaqil va erkin faoliyatiga zamin yaratiladi.
Demak, pedagogik innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiya jarayonini ilg`or vositalar, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi. Bugungi kunda pedagog mashg`ulotlarda nafaqat bolalarga ma`lum bilimlarni berishi, balki mashg`ulot jarayonida bolalarning ayrim tomonlarini shakllantira yoki rivojlantira olishlari darkor. Shuning uchun maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi mashg`ulotlarni innovatsion texnologiyalar, interfaol usullar yordamida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Mashg`ulotlar orqali samarali natijalarga erishish ilg`or innovatsion texnologiyalarni qo’llash orqali yuzaga keladi.
Pedagogik texnologiya ta`limga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi hamda tarbiyalanuvchining yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi, ta`lim-tarbiyaning maqsadi, yo’nalishi, mazmuni, shakllari, usullari e`tiborga olinadi. Pedagogning bu jarayon tashkilotchisi, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va mahoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta`sir ko’rsatish, bolani faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo’llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobiliyati tashkil etadi.
Zamon shiddat bilan o’zgarib borar ekan, ta`lim sohasi ham u bilan barobar o’zgaradi va o’qituvchidan o’z faoliyatini o’zgartirishni talab etadi. Pedagogning asosiy vazifasi faqat ta`lim berish emas, balki boshqaruvchilikdan ham iborat bo’lib, u ta`lim jarayonini to’g`ri tashkil qilishi va boshqarishi, ta`lim-tarbiya jarayoniga yangiliklarni uzluksiz kirita olishi ya`ni innovatsion faoliyat yuritishi talab etiladi.
Innovatsion faoliyat - pedagogni harakatga keltiruvchi, izlanuvchanligini oshiruvchi, olg`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.
Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida faoliyat yuritishdir. U uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Maktabgacha ta`lim tashkilotida innovatsion jarayonni tashkil etish va boshqarishda asosiy shaxs bu tashkilot rahbari hisoblanadi. Tashkilot rahbarining vazifasi innovatsion jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish hamda pedagoglar o’rtasidagi raqobatbardoshlikni ta`minlashdan iborat. Shuningdek, tashkilot rahbari xodimlar faoliyatini tahlil qilishi, samaradorlik darajasini aniqlashi, innovatsiyani doimiy rivojlantirishi talab etiladi. Biz bilamizki, innovatsion jarayonlarni boshqarish o’ziga xos muammodir. Bu jarayonda rahbarning boshqaruv faoliyati, boshqaruvchilik qobiliyati alohida o’rin egallaydi.
Ta`lim tizimidagi innovatsion jarayonlarning boshqaruvi 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- Rejalashtirish
-Tashkil etish
- Rahbarlik
- Nazorat qilish kabi jarayonlardir.
Bu izchillik rahbar tomonidan to’laqonli amalga oshirilsa, ta`lim jarayonidagi innovatsion faoliyatdagi mavjud to’siqlar muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.

Download 357,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish