Savol va topshiriqlar
1.
Bolalar adabiyoti istilohi haqida nimalar bilasiz.
2. Bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyot bilan mushtarak va farqli
xususiyatlarini ayting.
3.Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida so`zlang.
4. Bolalar adabiyotining adresliligi haqida gapiring.
5.Bolalar adabiyotining paydo bo`lish omillari haqida gapiring.
6. O‘zbek bolalar kitobxonligi asoslari haqida gapiring
.
2- topshiriq . Quyidagi matn yuzasidan mustaqil fikr bildiring.
Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari. B
olalar uchun ham,kattalarga bo`lgani
singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bolalar
va kattalar adabiyotlari o`rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi farqni
oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko
bolalar uchun yozayotganda
nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning
muhimligida
deb ko`rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining murakkab qirralarini
ifodalovchi asarlarni bolalar o`qishi man` qilingani holda xuddi shunday mavzuda
bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo`ng`izoy bilan Sichqonboy» she`riy
adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o`qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki,
bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni
baholashda esa, o`zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik
munosabatlarini ifodalaydi.
Bolalar adabiyoti-ikki yo`nalishli adabiyotdir
.
U bolalarga muljallangan ekan, avvalo,
shularning adabiyoti. Shu bilan birga kattalarning, demakki, ota-onalarning ham adabiyoti
hisoblanadi. Chunki bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy aks ettiruvchi
pedagogik xrestomatiyadir. Bu jihatdan buyuk ertaknavis H.K.Andersenning tubandagi fikri
diqqatga sazovor: «Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni ham
doim esda tutaman». Bolalarni ertaklarning fabulasi hammadan ko`proq qiziqtirsa, kattalarni
ularga singdirilgan g`oya qiziqtiradi». Chindan ham bolalar uchun asar syujeti muhim, shu
syujet qancha qiziqarli bo`lsa, bolalar uni shunchalik zavqlanib o`qiydilar. Kichkintoylar
asar g`oyasini ilg`ab olishga qiynaladilar. Chunki u yoki bu asar g`oyasini ilg`ab olmoq
uchun o`sha asar qaysi zamonda yozilgani va unda ifodalangan tarixiy sharoit xarakterini
bilish, demakki, asarni davr kontekstida o`qib-o`rganish zaruriyatga aylanadi, bu murakkab
jarayon, kichkintoylarning imkoniyatlari esa uni hazm qila olmaydi. Chunonchi, Sharl
Perroning mashhur «Qizil shapkacha» ertagi har qancha sodda va quvnoq syujet asosida
qurilgan bo`lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan «Qizil
shapkacha» li go`zallarni (qizil shapkacha-go`zallik ramzi, unda francuz qizlarining
umumlashma obrazlari ko`zda tutilgan) francuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan
(Bo`ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko`zda tutilgan) ogohlantirishdan
iborat g`oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina
ilg`ashlari mumkin. Shu ma`noda bolalarga mo`ljalangan badiiy asar, avvalo, hammabopdir.
Bunda hammaboplik mohiyatini V.G.Belinskiy shunday ta`riflagan edi: «...bolalar uchun
kitob yozish kerak va zarur, biroq bolalar uchun shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq
zarurki, ular kattalarni faqat bolalarga atalganligi tufayligina emas, balki chinnakam badiiy
asar sifatida hammaga mo`ljalanganligi bilan qiziqtira olsin».
Bolalar adabiyotida voqelik bolalarga badiiy tafakkur sintezining natijasi tarzida
tasvirlanadi. Bunda tasvirning o`ziga xos jihatlari, asosan, quyidagilardan iborat:
125
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |