Samarqand davlat universiteti jahon tarixi



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/54
Sana04.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#528528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
jahon tarixi

 
 


– 10 – 
III-V asrlarda Eronnnig ijtimoiy tuzumi va din 
Sosoniylar davlatida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan aholining 
tabaqalanishida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar Sosoniylargacha Qadimgi 
Eronda erkin kishilar uch toifaga - kohinlar, jangchilar, dehqonlarga 
bo‘lingan bo‘lsa, IV asrga kelib aholi to‘rt guruhga: kohinlar, jangchilar, 
ulamo (o‘qimishli kishi)lar, soliq to‘lovchilar – raiyatga bo‘lindi. Ular 
tepasida Shahanshoh turgan. Unga zardusht kohinlari boshlig‘i – mobedan-
mobed, qo‘shin qo‘mondoni eran-spaxbed, ulamolar boshlig‘i - dagirbed, 
soliq to‘lovchilar tabaqasi boshlig‘i - vastrioshan-salarlar davlatni 
boshqarishda yaqin hamkor va yordamchilar bo‘lgan. 
Tabaqalar ham o‘z ichida ierarxik tarzda bo‘lingan. Ruhoniylarning oliy 
toifasini mobedlar tashkil etgan. Ular hududlardagi maglar (zardo‘sht 
kohinlari) faoliyatini nazorat qilib borgan. Mobedan-mobed hukmdordan 
keyingi birinchi o‘rinda turgan. Harbiy tabaqada eran-spaxbeddan so‘ng 
shahdor – viloyatlarning yarim mustaqil hukmdorlari o‘rin egallagan bo‘lib, 
ular podsho xonadoni vakillari xisoblangan. Keyingi tabaqada vispuxrlar - 
Eronning qadimiy urug‘i turgan. Ular muhim harbiy va davlat lavozimlarini 
merosiy tarzda egallagan. Keyingi o‘rinda vazrug (buzrug)lar turgan. Ular 
qo‘shin va ijro hokimiyatida ma’sul lavozimlarni egallagan. Harbiy 
tabaqaning asosini ko‘p sonli ozodlar tashkil etib, Eron qo‘shinining otliq 
askarlari yadrosi aynan ulardan iborat bo‘lgan. Ulamolar tabaqasiga davlat 
xizmatchilari kirgan. Xususan, kotib, diplomatik hujjat va xatlarni to‘plovchi, 
podsho biografi, tabib, astrolog, tarjimon va boshqalar kirgan. To‘rtinchi – 
raiyat tabaqasiga bo‘lsa dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar mansub 
bo‘lgan. 
Mamlakat aholisi ijtimoiy tabaqalanishining eng quyi bo‘g‘ini qullardan 
tashkil topgan edi. Bir qulning mamlakatdagi o‘rtacha narxi 500 dirxamga 
teng bo‘lgan. Davlatda jinoiy ishga qo‘l urgan har qanday aholi qullikka 
duchor qilingan. Aholini erkinlikka chiqarishning murakkab shartlari mavjud 
edi. Qullar ma’lum shartlar asosida mulkka ega bo‘lishlari, shartnomalar 
tuzishlari mumkin bo‘lgan. Shuning bilan birga mamlakatda “qisman 
ozodlikka chiqish” tizimi mavjud bo‘lib, unga asosan qul o‘zi ishlab 
chiqargan mahsulotni ma’lum qismini olgan. Qullarning bir qismi jamoaga 
tegishli edi. Qul mehnatidan asosan irrigatsiya va ziroat ishlarida keng 
foydalanilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligida ulardan foydalanish 
asta-sekin kamayib borgan. 


– 11 – 
Yerga egalik munosabatlari yangidan shakllana boshladi. Tarixiy 
manbalarda sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida yerga egalikning 
“dastkard” nomli turi ko‘p tilgan olingan. Ushbu yerlar asosan yirik 
mulkdorlar qo‘lida bo‘lib, unda ko‘pincha qullar mehnat qilardi. O‘z 
navbatida mamlakatning yirik yer egalarini hukmdor, zodagonlar va 
ruhoniylar tashkil etgan. Qishloqning erkin aholisi qatlami qishloq jamoa 
dehqonlaridan iborat bo‘lgan. Ammo qishloq jamoalari yerlarida 
unumdorlikning oʻshishi bilan hukmron qatlam vakillari soliqlarni ham oshira 
boshladi. Bu esa o‘z navbatida erkin dehqon jamoalarining sekin-asta 
majburiyat o‘tovchi tabaqaga aylanib borishiga olib keldi. 
Davlat qurilishi.
Davlat tepasida Shahanshoh (podsholar podshosi) 
turgan. Merosxo‘rlikning qat’iy tartibi yo‘q bo‘lsa ham, ammo davlat 
boshlig‘i albatta sosoniylar xonodonining vakili bo‘lishi shart edi. Sosoniylar 
davlatida taxtni meros qoldirish “zinapoya” tartibida bo‘lgan. Unga ko‘ra 
agar aka ukaga taxtni meros qoldirsa, ukasi o‘zidan so‘ng taxtni akasi 
o‘g‘illariga meros qoldirgan. 
Ma’muriy boshqaruv tepasida vazurg-framadar (vazir-farmondor) turib, 
u qa’tiy belgilangan vazifasini bajargan. Markaziy hukumatning asosiy 
g‘amxo‘rlik qiladigan sohasi armiya, moliya va sug‘orish ishlari edi. 
Moliyaviy muasassalar soliqlar yig‘ish va jamoalarga tegishli ishlar bilan 
shug‘ullangan. Viloyatlar ularning tepasiga qo‘yilgan mahalliy hokim va 
hukmdorlar tomonidan boshqarilgan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
hududlar fors va parfinlarga mansub bo‘lgan oliy imtiyozli tabaqa vakillar 
tomonidan, ularning shaxsan Shahanshoh tomonidan uning vakili sifatida 
tayinlanishi orqali idora qilinardi, eng muhim va ahamiyatli hududlarga
masalan, O‘rta Osiyo bilan chegaradosh viloyatlarga podshoh xonadonining 
vakillari hukmdor qilib tayinlangan. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish