Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Turar-joy ishlarini yuritish va maishiy-xo‘jalik ko‘nikmalarga o‘rgatish



Download 1,06 Mb.
bet181/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

4. Turar-joy ishlarini yuritish va maishiy-xo‘jalik ko‘nikmalarga o‘rgatish. Maishiy-xo‘jalik ishlarini yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarning shakllantirilishi boshqa mezonlarning uzviyligini o‘zida aks ettiradi. Quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
1) uydagi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qila olish bo‘yicha ko‘nikmalarga egalik;
2) zarur texnik vositalardan foydalana olish va zaruriyatda texnik nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha elementar bilim va ko‘nikmalarga egalik;
3) ovqat va boshqa yeguliklarni tayyorlash, ularni saqlash hamda ulardan sog‘liqqa bezarar foydalana olish borasida bilim, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ovqatlanish madaniyatining shakllanganligi;
4) kir yuvish, jihozlarni ozoda tutish ko‘nikmalarining shakllanganligi va h.z.
“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida ikki muhim holat:
1) kundalik hayotda uchraydigan odatiy vaziyatlar;
2) hayotdagi favqulodda, nostandart yoki kutilmagan vaziyatlarda sotsial yordam tizimini tashkil etish muhim sanaladi. Shu bilan birga, jamiyatda tashqi ta’sir tizimini ichkaridan yaxshilash yo‘li bilan oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratish lozim458.
Bolalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ishchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
1. Insonlarni individual farqliklariga baholamaslik munosabatida bo‘lish.
2. Bolalarning emotsional holatiga sezgirlik.
3. Egiluvchanlik ( egiluvchanlikka mos ko‘rsatkich) – to‘siqlardan yengil o‘ta olish, bir masaladan ikkinchi masalaga yengil o‘tish.
4. Emotsional bosiqlik va sabrlilik – boladagi xavotirlikni bartaraf eta olish, tinchlantirish emotsional bosiqlik va sablilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
5. Umumiy madaniyat xulqini qo‘llab quvvatlash.
6. O‘z xulqi yo‘nalishini oxirigacha joylashtira olish – vaziyatni konstruktivligini bola yuklamasdan, uning shaxs sifatida o‘sishiga to‘siqlik qilmasdan berilgan mavzu bo‘yicha suhbatga qaytish.
7. O‘smir va bolalar xulqi sohasida bilimlarning mavjudligi – shaxs rivojlanishi va qonuniyatlari, yosh va individual xususiyatlari haqidagi bilimlarni egallash.
8. Hayoti davomida shaxs bo‘lib rivojlanishi uchun imkoniyatlarni tan olish. Bola hayotidagi yuqoridagi vaziyat uning tabiyatdan yomonligi uchun emas, balki hayotiy vaziyatga mos kelmaydigan sharoitda o‘sganligi sabablidir. Har qanday yoshda uning xulqi va xarakter qirralarini ijobiy shakllantirish saqlash imkoniyati mavjud. Bolaga chuqur qiziqishni namoyon etish.
9. Bola xulqi va tayyorgarlik darajasiga sezgirlik o‘z bolalik tajribasiga murojaat etgan holda amalga oshirish.
10. Bola huquqini hurmat qilish, o‘z muammolaridek xal etish va javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati.
11. O‘z tajribasi va refleksiyaga ochiqlik. Ijtimoiy ishchi, o‘z tuyg‘ularini tahlil etishi, bilishi, belgilashi va salbiy tomonlarini kamsitmasdan balki ularni to‘g‘rilash lozim. Faqat shunday xollardagina u o‘z xulqini nazorat qila oladi.
12. O‘z o‘zini anglashni o‘stirish. Maslahatchi o‘zi haqida qancha ko‘p bilsa, u kim bilan ishlayotganligini yaxshi biladi.
13. Kuchli o‘xshashlik – o‘z ichki pozitsiyasiga ega bo‘lish, boshqa insonlarga nisbatan oddiy umid aks ettirish.
Zamonaviy sharoitda iqtisodiy ta’lim dolzarbdir. Ushbu mezon bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlardagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ish olib borilishi zarur:
1. Oila budjeti.
2. Iqtisodiyot va uni inson hayotidagi ahamiyati.
3. Bozor: asosiy tushunchalar va tuzilmalar.
4. Bozor xo‘jaligining infratuzilmasi va hokazo.
Faoliyat yo‘nalishlari:
1. Oiladagi budjet haqida tushuncha. Mehribonlik uyi bitiruvchisida talabchan xo‘jayin va didli iste’molchi sifatlarini shakllantirish zarur:
- budjetning manbalarini, kirim va chiqim qismlarini bilishi, mablag‘larni samarali sarflash va mablag‘larni ko‘paytirish yo‘llarini izlash;
- budjetni tahlil qilishni bilish, yashash uchun minimal xarajatlar miqdorini aniqlash, oson iqtisodiy hisoblarni bajarishni bilish;
2. Oilaning asosiy xarajatlarini rejalashtirish
Oziq-ovqatlarni xarid qilish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, kiyim va poyafzal, meBel va boshqa narsalarni sotib olish, madaniy ehtiyojlar, qarindoshlarga yordam berish; oila budjeti va oila a’zolarining soniga qarab bir kunlik, ikki haftalik, bir oylik xarajatlarni rejalashtirish; yirik xaridlarni rejalashtirish.
3. Oziq-ovqat taqsimoti va turar joyni saqlashda xizmat qiladigan texnik vositalar ekspluatatsiyasi.
Ijtimoiy ish xodimi sog‘lom turmush tarzini yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bunda asosiy vazifa – tarbiyalanuvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ularda sog‘liq va sog‘lom turmush tarzi qadriyatlarini shakllantirish lozim.
Faoliyat yo‘nalishlari:
1) bolalarning sog‘ligini saqlash bo‘yicha choralar (tibbiy ko‘riklar, emlash, oziq-ovqatlarni vitaminlar bilan boyitish va hokazao) majmuyini amalga oshirish;
2) jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish;
3) sanitariya-oqartuv faoliyati:
• gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish;
• sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.
Quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
4) Salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika ishlari:
• infeksion kasalliklarning profilaktikasi va ularni eng oddiy usullar bilan davolash bo‘yicha bolalarni xabardor etish;
• to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bolalarga tushunchalar berish;
• tarbiyalanuvchilar o‘rtasida chekishni oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
• antialkogol tashviqoti;
• keyingi hayotning narkotik moddalar bilan kelisha olmasligi;
• o‘smirlarning reproduktiv salomatligini saqlash.
5) Xavfsizlik va hayot faoliyati asoslari:
• yo‘llarda yurish ko‘nikmalarini va tajribalarini shakllantirish;
• tarbiyalanuvchilarning hayot faoliyati xavfsizligiga oid mavzular yuzasidan guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
• tarbiyalanuvchilar tomonidan turli ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish;
• favqulodda vaziyatlarda chaqirilishi lozim bo‘lgan xizmatlar;
• birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga oid amaliy mashg‘ulotlar;
• favqulodda vaziyatlarda qanday ish yuritish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar;
• uydagi xavflar – maishiy-elektr asboblar;
• stressli vaziyatlardan chiqib ketish mavzusiga oid mashg‘ulotlar;
• fuqaro mudofaasi bo‘yicha o‘quv mashqlarini o‘tkazish;
• norasmiy guruhlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish;
• notanish odamlar bilan muloqotda bo‘lish qoidalari.
Shuningdek, ijtimoiy ishchi fuqarolik tarbiyasi ishlarini ham olib borishi lozim. Bunda asosiy vazifasi – tarbiyalanuvchilarda zamonaviy jamiyatga kirib borish va moslashishda faol fuqarolik mavqeyini shakllantirish.
Faoliyat yo‘nalishlari:

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish