Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi



Download 1,06 Mb.
bet178/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

5. Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi. Bolani kichik yoshidan uy-joyni ozoda va sarishta tutish bilan bog‘liq mehnatga, oilaviy maishiy majburiyatlarga jalb qilib borish lozim. Oila a’zolari bilan birga dam olish odati va ko‘nikmalarini ham shakllantirish zarur. Xonadondagi maishiy, xo‘jalik ishlariga oid vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalar – bularning barchasi bolani o‘z shaxsiy uy-joyini yuritish bo‘yicha kelajakdagi yutug‘ini belgilab beradi. Uy ro‘zg‘orni yuritish, xonadon va oila a’zolarini zarur oziq-ovqat, jihozlar bilan ta’minlash, oila budjetini to‘g‘ri taqsimlay olishni ham shu sohaga oid bilim va ko‘nikmalar sarasiga kiritish mumkin. Uy-xo‘jalik ishlarini yuritish bo‘yicha majburiyatlarni o‘g‘il bola va qiz bolaning majburiyatlari sifatida ajratib berish ham mumkin. Masalan, o‘g‘il bola – xonadonni, uy jihozlarini (mebel, maishiy texnikani) tuzatish, ta’mirlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi kerak. Lekin o‘g‘il bolalar, shuningdek, ayollarga xos bo‘lgan maishiy ishlarga oid bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir, chunki zamonaviy shaharlardagi baland qavatli uylarning xonadonlarida erkak kuchini talab etadigan og‘ir ishlar ko‘pam bo‘lavermaydi.
Oilaning maishiy-xo‘jalik sohasining mustahkam bo‘lishida ayol kishining uy ro‘zg‘orni yurita olishi, budjet va oiladagi ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqatni o‘rinli tejashi, ovqatlar tayyorlash va shu kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhimdir.
Biroq psixologlar oilaviy hayotning muvaffaqiyatiga erishish uchun uning psixologik sohasiga alohida e’tibor berish lozimligini maslahat beradilar. Tajribaning ko‘rsatishicha, ko‘pincha oila uning a’zolari bo‘lmish er-xotinlarning psixologik jihatdan etuk emasligi oilaning buzilib ketishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardandir. Bolalarni kichik yoshlik davridanoq qarama-qarshi jins vaqillarini hurmat qilishni, ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligini o‘rgatib borish zarur. O‘g‘il bolalarda undan farzand ko‘rayotgan ayolni tashlab ketish, unga zarur vaqtda ko‘mak ko‘rsatmaslik nomardlik ekanligi haqidagi tushunchani singdirib borish juda muhimdir. O‘g‘il bolalarda bolalikdan mardlik, fikrida qat’iylik kabi axloqiy fazilatlarni uyg‘unlashtirib borishi lozim. Bu bolalarda ma’suliyatli ota-onalik va erlik pozitsiyasi shakllanishiga katta ma’naviy omil sifatida ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda qiz bolada ham haddan ziyoda ochiq-sochiq kiyinish, o‘ziga ortiqcha bezak va oro berish, ayollik sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni so‘zlash ham noaxloqiylik belgisi sifatida talqin qilinishi mumkinligi borasidagi tushunchani ham shakllantirib borish muhimdir.
Bolalarni tarbiyalash mobaynida ularda sabr-toqatlilik, ziyraklik, g‘amxo‘rlik kabi irodaviy fazilatlarni, shuningdek, boshqalarning ustidan kulish, o‘zganing shaxsiyatiga tegish kabi fazilatlar jamiyat tomonidan ma’qullanmaydigan xulq-atvor ekanligi borasidagi anglangan munosabatni shakllantirish xarurdir. Bolani shunday tarbiyalash kerakki, toki u birga yashayotgan insonlar bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnata oladigan bo‘lsin. Bunday tarzda tarbiyalangan bola oilaviy qiyinchiliklarni osonroq kechirishi mumkin. Atrofdagilar bilan konstruktiv munosabat o‘rnatishga moyillik, munosabatlarda uddaburonlik, o‘ziga hamda o‘zgalar manfaatiga ziyon yetkazmaslik – bu insonning jamiyatdagi o‘z o‘rnini topa olishining garovidir. Oilada baxtli yashay olish – bu barchada ham uchrayvermaydigan nodir fazilatdir. Lekin uni bolada tarbiyalash mumkin va zarurdir.
Quyida biz Mehribonlik uyi kabi deprivatsion sharoitda tarbiyalanuvchi bola bilan uni mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha olib boriladigan ish yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Mazkur yo‘nalishlar ham psixologik, ham pedagogik, shuningdek, ijtimoiy ish sohasida alohida muhokama qilinishi va tadbirlarda joriy etilishi lozimdir.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish