Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Bolalar bilan ishlashning bir qator talablari



Download 1,06 Mb.
bet176/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

4. Bolalar bilan ishlashning bir qator talablari
Mamlakatimizda ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Ijtimoiy xodimlarning alohida lavozimi bo‘yicha tarif-malaka tavsifnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ID-9543-sonli buyrug‘iga asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi mutaxassis”ning malakasiga nisbatan quyidagi talablar belgilangan:
oliy toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada besh-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lganda;
birinchi toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada uch-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lganda;
ikkinchi toifa – ijtimoiy ish yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat) ma’lumot, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada bir yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lganda;
toifasiz – oliy (bakalavriat) ma’lumot (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik), ish staji talab etilmaydi.
Oila va bolalar hamda yoshlar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi mutaxassis o‘z tashkiloti (korxona, muassasasi)da tashkil etilgan shtat birligi va funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi456:
bolalar, jumladan, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfida bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni va/yoki nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy-huquqiy xatar guruhiga kiruvchi va boshqa himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
himoyaga muhtoj bolalar uchun davlat ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoya muassasalari bitiruvchilari bo‘lgan, shu jumladan, uyushmagan yoshlarning mustaqil hayotga ijtimoiy moslashuvlari davomida yuzaga keluvchi muammolarini hal etish choralarini ko‘rish, ularning manfaatlarini ilgari surish;
Oila va bolalar hamda yoshlar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi mutaxassis quyidagi asosiy vazifa majburiyatlarni amalga oshiradi:
bolani internat muassasasi (Bolalar uyi, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi, SOS Bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uyi va b.)ga tushib qolishini oldini olish maqsadida bola va uning oilasiga ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun idoralararo hamkorlik jamoasini (pedagoglar, tarbiyachilar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari va h.k.) tashkillashtirish;
imkon bo‘lgan hollarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim-tarbiya, o‘g‘il bola va qiz bolalar uchun respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni o‘z oilasiga qaytarish yoki tutingan oilaga berish maqsadida ularning hayot faoliyati tarzini muntazam kuzatib borish;
o‘z oilasidan tashqarida tarbiyalanayotgan bolani yaqinlari, jumladan, aka-ukalari va opa-singillari bilan muntazam aloqasini ta’minlash;
oila g‘amxo‘rligiga muhtoj bolani o‘z oilasiga tarbiyalash uchun olish istagida bo‘lgan shaxslarni tanlash, tayyorlash va ularni kuzatib borish;
bolaning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda oila va bolani vasiylikning bir shaklidan boshqasiga muammosiz o‘tishga tayyorlashni ta’minlaydi;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani o‘z tarbiyasi (vasiylik va homiylik, patronat, farzandlik, Oilaviy bolalar uyi)ga olgan oilalarga maslahatlar berish;
tutingan oilalar(vasiylik, homiylik, patronat va farzandlik, Oilaviy bolalar uyi)ga olingan bolalarning yashash sharoiti, bolaning shaxsi va xulq-atvori shakllanishi holatining doimiy monitoringini olib borish, bu haqda vasiylik organlariga muntazam ravishda ma’lumotlar berib borish;
voyaga yetmagan va kattalar kuzatuvisiz mustaqil yashayotgan o‘smir hamda o‘spirinlarni kuzatish va ularga yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish;
psixojismoniy rivojlanishida muammolari bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalarga yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklari bo‘lgan, qonun bilan nizolashish xavfida bo‘lgan, psixotrop moddalar iste’mol qilgan, suitsid harakati xavfi ostida bo‘lgan va boshqa qiyin hayotiy vaziyatdagi bolalar va yoshlarga yashash joyi bo‘yicha ruhiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
internat muassasalar(Bolalar uyi, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi, SOS Bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uyi va b.)ga kelgunga qadar bolalarning turarjoylari mavjud bo‘lsa, ularning turar-joyga bo‘lgan huquqlarining saqlanilishi yoki ta’minlanishini himoya qilish, jumladan, tarbiyalanuvchining turarjoyi begonalashtirilishini oldini olish, turarjoyi mavjud bo‘lmagan holda qonun bilan o‘rnatilgan tartibda turarjoyga muhtojlar sifatida ro‘yxatga qo‘yish, tarbiyalanuvchiga tegishli bo‘lgan turarjoyni shartnoma asosida ijaraga berish va uning bank hisob raqamiga ijara to‘lovining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
voyaga yetmaganlarning, jumladan, internat muassasalar tarbiyalanuv-chilarining mulkiy huquqlari (aliment, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya (yoki nafaqa) va qonun bilan belgilangan boshqa imtiyozlar)ni himoya qilish hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda ishtirok etish;
bolalarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport) olishini ta’minlash, ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarish masalalarini amalga oshirish;
sudda tarbiyalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, yurist bilan hamkorlikda sudda aliment undirish, ota-onalarni ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki tiklash to‘g‘risidagi kabi da’vo arizalarini ko‘rib chiqish uchun asoslantirilgan material tayyorlash;
bola huquqlari buzilganligi yoki unga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganligi (jismoniy, emotsional, jinsiy zo‘ravonlik va majburlash), e’tiborsiz qolganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan hollarda bola hayoti vaziyatini baholash, himoya va reabilitatsiya choralarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
tarbiyalanuvchilar bilan ishlash vazifalari, shakllari va uslublarini, zamonaviy ruhiy-ijtimoiy texnologiyalar, jumladan, axborot, shuningdek, raqamli ta’lim resurslaridan foydalangan holda shaxsiy va ijtimoiy muammolarni hal etish usullarini belgilash;
bolalar va yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini, qiyinchiliklari va muammolarini, ziddiyatli vaziyatlarini, ularning xulq-atvoridagi qiyinchilik-larni aniqlash, o‘z vaqtida bola, yoshlar va ularning oilasiga ruhiy-ijtimoiy ko‘mak berish hamda qo‘llab quvvatlash;
bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari va xodimlaring turli xildagi ijtimoiy ahamiyatga ega ijtimoiy ko‘nikmalari va tashabbuslarini rivojlan-tirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni, ijtimoiy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;
vasiylik va homiylik hamda joylashtirishning boshqa shakllarini rasmiylashtirishda, bola va oilaga taalluqli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;
bolalar va yoshlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish va dam olishini ta’minlash choralarini tashkil etish;
bolalar, yoshlarning psixologik qulay va shaxsiy xavfsiz muhitini yaratishda hamkorlik qilish, ularning hayoti va sog‘ligi muhofazasini ta’minlashda ishtirok etish;
qonun bilan o‘rnatilgan tartibda himoyaga muhtoj bolalarga davlat tomonidan belgilangan va boshqa homiylar tomonidan taqdim etilgan kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
tarbiyalanuvchilarni kasbga yo‘naltirishga oid ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
hisobotlar, statistik ma’lumotlar, tarbiyalanuvchilarning batafsil ro‘yxatlarini shakllantirish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga kiritish;
vasiylik vazifasini bajaruvchi ta’lim muassasalari (internat muassasalar – o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi – oliy o‘quv yurti) ishida uzluksizlik tizimini yaratishda ishtirok etish;
qonun bilan belgilangan tartibda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni yig‘ishga va rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
internat muassasalar ish rejasida nazarda tutilgan pedagogik, uslubiy kengashlar ishida ishtirok etish, sog‘lomlashtirish, tarbiyalash va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish, ota-onalar, shu jumladan, tutingan ota-onalarga uslubiy va maslahatli yordam berishni tashkil etishda ishtirok etish457.
Bolalar hayoti davomida o‘zlaridan katta yoshli insonlardan boshqa jinsdagi inson bilan muloqot xususiyatlari, oila, nikoh haqidagi ko‘pgina bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar, tengdoshlar, o‘zidan kichiklar va katta yoshli insonlar bilan muomalada o‘zini qanday tutish lozimligi borasida tasavvurlarini kengaytiradilar, xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Bo‘larning barchasi o‘smir va o‘spirinning hayotga moslashishi bilan bog‘liq yutuqlarga erishishida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, hayotimizning zamonaviy bosqichida kechayotgan ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar har qanday insondan jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan moslashuvchan, uddaburon va sergak bo‘lishini talab qiladi.
Ushbu maqsadlar doirasida bolani kelgusidagi mustaqil hayotga tayyorlash jarayonida unda hayotning turli sohalari bo‘yicha xabardorligini oshirish lozim. Jumladan:

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish