Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet136/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Professional axloq. Milliy tashkilotlar, Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federat-siyasi, Ijtimoiy Ishchilar Maktablarining Xalqaro Assotsiatsiyasi a’zolariga yuklan-gan mas’uliyat-Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federatsiyasi, Ijtimoiy Ishchilar Maktab-larining Xalqaro Assotsiatsiyasi dekloratsiyasiga muvofiq etikada ularning shaxsiy qoidalari va etik me’yorlarni muntazam ravishda yangilab turish va rivojlantirishdan iborat.
Milliy tashkilotlar ijtimoiy ishchilar va ”ijtimoiy ish” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim beradigan institut (maktab, fakultet, bo‘linmA. larni bu qoidalar va me’yorlar haqida xabardor qilishga mas’uldirlar.
Ijtimoiy ishchilar ularning davlatlarida ayni lahzada harakatdagi etikaning qoidalari va me’yorlari bilan muvifiqlikda harakat qilishlari lozim. Bu qoidalar va me’yorlar, umuman olganda, milliy kontekstda ularni qo‘llashni aniq belgilovchi hiyla mukammal tavsiyalardan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy siyosat tamoyillari ichida eng asosiy tamoyil bu ijtimoiy adolat tamoyilidir. U nafaqat ijtimoiy siyosatning balki davlat siyosatining barcha yo‘na-lishlarini asosiy tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur siyosatining asosiy tamoyili “Kuch – adolatda” deb nomlanishi bejiz emas.
Ijtimoiy adolat bu jamiyatni moddiy va ma’naviy rivojlanish darajasi bilan obyektiv ravishda belgilanadigan odamlarni hayotiy ahvolidagi tenglik (va teng-sizlik) o‘lchovidir. Ijtimoiy adolat real xalq hokimiyatini va qonun oldida hamma fuqarolarni tengligini, millatlarni teng huquqliligini, shaxsni hurmat qilinishini va uni har taraflama rivojlanishi uchun sharoit yaratilishini qamrab oladi. Bu keng ijtimoiy kafolat hamdir. Ish bilan ta’minlash, ma’lumot olish, madaniy, tibbiy ish olish va uy-joyga ega bo‘lish, keksalarga, onalik va bolalikka g‘amxo‘rlik qilish kafolatidir. Davlat ijtimoiy siyosatining muhim vazifalaridan biri bu ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida ijtimoiy adolat tamoyilini to‘liq amalga oshirishdan iborat. Ijtimoiy adolat faqatgina odamlarning ongida mavjud bo‘lmaydi. Balki u tarixiy xarakterga ega bo‘lib olg‘a rivojlanib borayotgan real ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi.
Ijtimoiy adolat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lgani kabi xuddi shunday bu axloqiy-huquqiy kategoriya hamdir. U odamlarni xohish va imkoniyatini, erkinlik va mas’uliyatini, huquq va majburiyatini, odamlarni ishini va jamiyatdagi o‘rnini munosibligini anglatadi. Bundan tashqari ijtimoiy sohada ma’lum bir axloqiy normalar hukmronlik qilishi kerakki, zarur bo‘lganda bu normalar o‘zgalar manfaatini (yordamga muhtojlar manfaati) ustivorligini ta’minlashi lozim.
Inson hayotini va birinchi navbatda yordamga muhtojlar hayotini farovon qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosat vazifalarini samarali hal qilishda yuqorida qayd qilingan omillar ayniqsa, ijtimoiy adolat tamoyilini roli muhim ahamiyatga ega. Faqat demokratik, huquqiy davlatgina bunday tamoyillarga rioya qilib, xalq hayotini farovonligini ta’minlashi mumkin.
Har bir fan nazariy va amaliy bilimlar, nazariyalar, uslub va uslubiyat-(texnologiya)lar qorishmasidan iborat. Shundan kelib chiqilsa, ijtimoiy ish faoli-yatning universal turi, bilimning sohasi sifatida esa u boshqa fanlarning butun bir majmuyi bilan uzviy bog‘liq, ijtimoiy ish tamoyillarining bir necha guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) mazmuniga ko‘ra: insonparvarlik; demokratizm; qonuniylik; kishilar faoli-yatining muayyan shart-sharoitlari bilan bog‘liqlik; ijtimoiy faollikni rag‘bat-lantirish; ijtimoiy adolat; altruizm; ijtimoiy, jamoaviy va shaxsiy manfaatlarning uyg‘unlashuvi; o‘zini-o‘zi ta’minlash; ijtimoiy xizmatlar sohasida inson va fuqarolar huquqini himoya qilish va ularning davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolar uchun ijtimoiy xizmatlarga ega bo‘lishda teng imkoniyatlarni ta’minlash; xizmatlarga ega bo‘lishda fuqarolarning roziligi; ijtimoiy xizmatlarga ega bo‘lishning ochiqligi; ijtimoiy ishda sir saqlash; ijtimoiy xizmatning barcha tur va shakllari vorisiyligi; adreslilik; sog‘ligi va hayoti xavf ostida bo‘lgan fuqarolarga ko‘mak berishdagi ustuvorlik; profil’’aktika yo‘nalishi; ijtimoiy reabilitatsiya va adaptatsiyaga ko‘maklashuv; idoralararo va fanlararolik; faoliyat nuqtayi nazaridan yondashuv; ijtimoiy xizmatni hududiy tashkil qilish; aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ko‘ngilli jamoatchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va boshqalar;
2) tashkiliy: ijroni nazorat qilish va tekshirish; xizmatchilarning vakolatlari va mas’uliyatlari, huquqlari va majburiyatlarining birligi; umumiylik; komplekslik; vositachilik; hamkorlik; yordam ko‘rsatish va boshqalar;
3) psixologik-pedagogik: kompleks va differensiallashgan yondashuvlar; texnologik vakolatlilik; faollikni rag‘batlantirish; maqsadga yo‘naltirilganlik; hamdardlik, jozibadorlik, ishonch; vorisiylik; paydarpaylik; uzluksizlik; mijozning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar.
Insonparvarlik ijtimoiy ishdagi insonni oliy qadriyat sifatida baholaydigan, uning fuqarolik sha’ni va huquqlarini himoya qiladigan, shaxsning o‘z qobiliyatlarini erkin va har tomonlama namoyish qilishi uchun sharoit yaratadigan etakchi maqsadli ustanovkadir.
Xizmat yo‘riqnomalari, buyruqlar va farmoyishlar bilan tartibga solinadigan rasmiy munosabatlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy xizmatchi va mijoz o‘rtasidagi norasmiy aloqalar, avvalo, sanksiyalash ahamiyatiga ega bo‘lmagan, shaxsiy sifatlarning ruhiy jihatdan mosligi, manfaatlarning umumiyligi, simpatiyalar va antipatiyalar asosida vujudga keladi. Ijtimoiy ishdagi munosabatlarning norasmiy xarakteri ruhiy fenomen sifatida namoyon bo‘lsa ham ijtimoiy xizmatchining xizmat majburiyatlari, lavozim faoliyatlari doirasidan chetga chiqmaydi.
Ijtimoiy ishdagi demokratizm mijoz bilan ruhiy aloqa o‘rnatish ko‘nik-malarini, muloqot me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishini, mijoz shaxsiyatiga nisbatan hurmat va e’tiborni, uning shaxsiy muammolarini hal qilishga o‘zini jalb etishni va aql kuchi, bilimlari, axloqi, tajribasi yordamida ta’sir o‘tkazishni talab qiladi.
Qonuniylik ijtimoiy ishdagi asosiy mazmuniy tamoyillardan biri sifatida qonunlar va unga asoslangan huquqiy hujjatlarga barcha davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat’iy rioya qilinishini taqozo etadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar shunday bir shaklki, unga davlatning siyosati, shu jumladan, ijtimoiy siyosat yo‘g‘riladi. huquqning roli va maqsadi avvalo, siyosatni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qilishdir, biroq bu rolni huquq faqatgina uning me’yorlariga barcha tomonidan rioya qilingani taqdirda bajarishi mumkin. Mana shunda qonuniylikning birlamchi va asosiy talabi, jumladan, ijtimoiy ishdagi qonu-niylikning talabi namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ishning eng muhim mazmuniy tamoyillaridan biri uning odamlar hayot faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog‘liqligidir. Bu tamoyilda ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotining birligi namoyon bo‘ladi, uni amalga oshirish esa aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning, uning huquq va manfaatlarini himoya qilishning ilmiy asoslangan tarzda qo‘llanishi va realligini ta’minlab beradi.
Hayot har doim nazariyadan ko‘ra boyroq, ko‘rsatma va yo‘riqnomalardan ko‘ra ko‘p qirraliroqdir. Vaziyatlar va hayot faoliyatining shart-sharoitlari muttasil o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning madaniyat darajasi, ma’lumoti, jinsi, yoshi, mehnat qobiliyati va malakasi, sog‘ligiga ko‘ra turfaligi ijtimoiy xizmatchilar duch keladigan ijtimoiy muammolarning doimo yangilanib turishi va o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy ishning shaxs hayot faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog‘liqligi tamoyili, avvalo, muayyan vaziyatni tahlil qilish va baholash, insonning hayot sharoitiga ijtimoiy tashxis qo‘yishni nazarda tutadi. Bu tamoyil ijtimoiy xizmatchini ijtimoiy vaziyatdagi ijtimoiy ish maqsadlariga erishish uchun bevosita ahamiyatga molik xususiyatlarni aniqlashga yo‘naltiradi. U mavhum nazariyalarga, qoliplarga, inersiya va rasmiyatchilikka berilish uchun yo‘l qo‘ymaydi.
Ijtimoiy ishning muhim tashkiliy tamoyillaridan biri ijroni nazorat qilish va tekshirishdir. Ijtimoiy xizmatlarning nazorat qilish-tekshirish funksiyasi alohida bir soha bo‘lmasdan uning ajralmas tarkibiy qismidir. Ijtimoiy xizmatlar va boshqaruv organlari faoliyatidagi nazorat qilish-tekshirish faoliyatining mazmuni davlat tomonidan aholi turli guruhlarini ijtimoiy muhofazalash bo‘yicha belgilangan tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy ishning asosiy tashkiliy tamoyillaridan biri vakolat va mas’uliyat, huquq va majburiyatlarning birligidir. Ijtimoiy xizmatlar va ularni boshqaruv organlari faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning aniq faoliyat yuritishiga har bir ijtimoiy xizmatchi o‘z funksiya va vazifalarini aniq bilishi orqali erishiladi.
Hayot kichik mas’uliyat bilan ulkan vakolatlarning birikishi ma’muriy o‘zi bo‘larchilik, yaxshi o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish uchun qulay sharoit yaratishini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, kadrlarning katta mas’uliyatga va kichik vakolatga ega bo‘lishi tezkor, qat’iy harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi, amalda ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining tashabbusini bo‘g‘adi va mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy ish bo‘yicha har bir mutaxassisning vakolatlariga mutanosib tarzda mas’uliyatini belgilash va ularga yuklatilgan funksional majburiyatlarning aniq bajarilishini ta’minlash ijtimoiy ish samaradorligining zaruriy shartidir.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirilgan holda ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ish mehnat turi sifatida o‘zining davriy rivojlanish bosqichlari va amal qilishining umumiy va xususiy qonuniyatlari hamda tamoyillariga egadir. Bu o‘z navbatida mazkur sohada olib borilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar mavzusi talaygina ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur sohani rivojlantirish, yetishtirilayotgan soha mutaxassislarining kamolotini ta’minlash maqsadida rejalashtiriladigan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy ish falsafasining gnosologik, dialektik va akseologik jihatlarini rivojlantirishga qaratilsa maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ishchilarning axloq to‘g‘risidagi bilimlari kasbiy amaliyotining muhim qismi hisoblanadi. Ularning axloqiy xushmuomalalik bilan yo‘l tutishga intilishlari va qobiliyatlari taqdim etilgan xizmatlar sifatining muhim jihati hisoblanadi. IIXF va IIMXA larning axloqqa qaratilgan maqsadlari bu ijtimoiy ish tashkilotlari, ijtimoiy ish maktablari va ijtimoiy ish sohasi bilan shug‘ullanadigan talabalar tomonidan axloqiy muammolarning tahlili va muhokama jarayonlarini osonlashtirish va bajarilishiga yordam berish hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari duch keladigan axloqiy muammolarning ba’zilari o‘zlari yashaydigan hududga xos bo‘lishi, boshqalari esa barcha davlatlar uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Umumiy tamoyillarga rioya qilgan holda, umumtasdiqlangan IIXF va IIMXA o‘z oldilariga butun dunyo ijtimoiy ish xodimlarining o‘zlari duch keladigan muammolar va dilemmalar orasida fikr yuritishi va mulohazalarni kuchaytirishi va rag‘batlantirishi hamda ular tomonidan aniq qabul qilinadigan qarorlar, xulosalarni axloqiy muammolar majmuasining umumiy bilimlariga asoslanishini maqsad qilib qo‘ydilar. Ijtimoiy ish sohasi axloqiy tomonlarining muammoli jabhalari quyidagilar hisoblanadi:
- nizolarni barcha tomonlariga sodiq va xolis bo‘lgan holda bartaraf qilish zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar yordamchilar sifatida harakat qilishlari bilan bir vaqtning o‘zida yordam ko‘rsatilishi jarayonini nazorat qilishi zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar o‘zlari ish olib borayotgan mijozlarining talab-ehtiyojlarini himoya qilish majburiyati va jamiyat talablari bilan o‘z faoliyatlarini ko‘rsatilgan xizmat ma’qulligi va samaradorligi asosida muvofiqlashtirilishi zarurligi o‘rtasidagi nizo.
- jamiyat ixtiyorida bo‘lgan resurslarning cheklanganligi.
IIXF va IIMXA tegishli uchrashuvlarda 2000-yilda Monrealda (Kanada) alohida qabul qilingan, keyinchalik 2001-yil may oyida Kopengagenda birgalikda kelishilgan ijtimoiy ishning ta’rifi mazkur hujjatning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Ushbu hujjatda inson huquqlari va ijtimoiy adolatning amal qilinishi tamoyillarini belgilab beradi. Keyingi bo‘lim ijtimoiy ish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan inson huquqlari to‘g‘risidagi turli xil konvensiyalar va deklaratsiyalar haqida bayon qiladi. 4-bo‘limda inson qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek, ijtimoiy adolat va inson huquqlariga amal qilish bo‘limlarida ko‘rsatilgan asosiy axloqiy tamoyillar belgilab o‘tilgan. Yakunlovchi bo‘lim IIXF va IIMXA ning tegishli tamshkilot a’zolari tomonidan detallashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ish axloqiy xulq-atvorining asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Inson huquqlarining xalqaro deklaratsiya va konvensiyalari hammaga ma’qul bo‘ladigan asosiy standartlarni (mezonlarni) shakllantiradi. Ijtimoiy ishning amaliy faoliyati bilan quyidagi hujjatlar bog‘liq:
- Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi.
- Fuqarolikka oid va siyosiy huquqlariga qaratilgan xalqaro shartnoma.
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to‘g‘risida xalqaro shartnoma.
- Irqiy tahqirlashning barcha shakllarini istisno qilish to‘g‘risidagi konvensiya.
- Ayollar tahqirlanishining barcha shakllarini istisno qilish to‘g‘risidagi konvensiya.
- Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya.
- Aborigen va qabilaga oid xalqlar to‘g‘risida konvensiya.
Ijtimoiy ishchining faoliyati inson huquqlari va erkinligini, uning obro‘si va qadriyatlari hamda o‘z imkoniyatlarini munosib hayot sharoiti va farovonlikni amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga asoslangan. Shu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- Ijtimoiy ishchi etikasining ushbu kodeksi asoslanadigan Xalqaro shartnomalarda e’lon qilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
- Insonning mustaqil tanlov va o‘z-o‘zini aniqlashi huquqini tan olish. Ijtimoiy ishchilar odamga ijtimoiy ko‘maklashgancha uning o‘zi qaror qabul qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo‘qligi sharoitida o‘z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi;
- Ijtimoiy ishchining aholini turli konfessional va etnik guruhlariga munosabati bo‘yicha insonparvarligini ko‘zda tutuvchi polietnik jamiyat kontekstida insonning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish mijozlari turli tuman xislatlarga ega bo‘lgan alohida odamlar yoki shaxslar, guruh bo‘lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam ko‘rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor;
- Kamsitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e’tiqodi, ideologiyasi, millati, sog‘ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat’iy nazar, qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishni amalga oshiradi;
- Ijtimoiy ishchilar odamlarni ularning hayotini o‘zgartirishga, inson, guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangancha imkoniyat berishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etishga ko‘maklashadi;
- Odamlar qadr-qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta’minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashish ijtimoiy ishchi tomonidan insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda tushunishi, uning manfaatlari va ehtiyojlarini hurmatlashidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ish xodimi bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishini e’tiborga olsak, faoliyat sifatida ijtimoiy ish quyidagi konseptlar bilan xarakterlanadigan kasb:
- ilmiy asoslangan bilim va nazariyalarga tayanadi;
- dalillarga asoslangan amaliyotga tayanadi;
- axloqning etik tamoyillari va standartlariga amal qiladi;
- mijoz va uning atrofidagi kishilar bilan o‘zaro professional harakatda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:
- ijtimoiy ish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quv rejasi tuzilmasini (amaliyotni kiritgan holda) va bu bilimlar hamda axborotlarni ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyalari va modellariga muvofiq ravishda doimiy yangilash jarayonini ifodalovchi ta’lim standartiga asoslangan ta’lim jarayonini rivojlantirish;
- ijtimoiy sohada rasman ishlash huquqini beradigan diplom yoki sertifikat ko‘rinishidagi rasmiy vakolatlarning mavjudligi;
- ta’lim jarayoni va amaliyotni nazorat qiladigan, tashkilotlardagi ijtimoiy ishchining axloq standartlari va etik kodeksini ko‘rib chiquvchi hamda rivojlantiruvchi professional assotsiatsiyalar va uyushmalarning mavjudligi.
Ijtimoiy ish kasb sifatidagi quyidagicha xarakterlanadi:
- Ijtimoiy ish ba’zi kasblar diqqat-e’tiborini alohida individiumlarga (masalan, psixologlar) yoki yaxlit holda jamiyatga (masalan, sotsiologlar yoki politologlar) qaratgan bir paytda insonni ijtimoiy muhitda ko‘rib chiqadi.
- Ijtimoiy ish ibtidoni boshqa fan va kasblardan olgan nazariya va usullarning noyob majmuyidan iborat. Ijtimoiy ishning rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar ishning turli usullari va yondashuvlari uyg‘unligi, mul’ti-darajali intervensiya hamda fanlararo yondashuvning rivojlanishiga yo‘naltirilgan.
- Ijtimoiy ish ijtimoiy ko‘makka muayyan qat’iy yo‘nalishga ega va aholining zaif qatlamiga alohida e’tibor qaratadi, u ijtimoiy ishlarni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
- Ijtimoiy ish mijozlarning o‘z-o‘zini aniqlashiga alohida urg‘u beradi, mijoz va ijtimoiy ishchi o‘rtasidagi munosabat ochiqlik va o‘zaro do‘stlik bilan xarakterlanadi, bu esa muammoning maqbul echimi uchun imkon beradi.
Ijtimoiy ish o‘z sarchashmasini insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va demokratik ideallarda oladi, uning qadriyatlari tenglik, har bir shaxsning qadriyati va har bir odamning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Kasbning paydo bo‘lishidan boshlab, deyarli bir yarim asr avval ijtimoiy ish amaliyotining diqqate’tibori umuminsoniy ehtiyojlar va inson imkoniyatining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Inson huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ishchilar faoliyati uchun motivatsiya va sabab bo‘lib ish qiladi, “zaif” ijtimoiy qatlamga hamfikrlik tufayli kasb faqirlikni engillatish, himoyaga muhtoj va ruhan ezilgan odamlarni jamiyat a’zosi sifatida faoliyat yuritishlarini faollashtirish uchun ozod qilishga intiladi. Ijtimoiy ish qadriyatlari professional milliy va xalqaro etik kodekslarda mujassamdir.
Ijtimoiy ish xodimi jamiyatda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, tengsizlik va nohaqlik bilan kurashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ish xodimi krizis va kritik holatga, shuningdek, kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga munosabat bildtirish lozim. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit yondashuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta’sirlarning turli-tumanligidan foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning individual shaxsiy darajadagi mashg‘ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok etishni, shuningdek, ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni qabul qilishgacha yoyiladi. Amaliy faoliyat maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy pedagogik ish, oilaviy terapiya, shuningdek, odamlarga jamiyatda mavjud bo‘lgan ish va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy siyosat hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida jamoatchilik va siyosiy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining ustuvorligi davlatdan davlatga o‘tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va ijtimoiy­iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib tursada, ijtimoiy ishning majmuaviy yaxlit yondashuvi universaldir.
Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida turli davlat va tashkilotlarning faoliyatini belgilovchi xalqaro deklaratsiya va konvensiyalar ijtimoiy ishchining ushbu professional hamda etik kodeksi asosida turadi. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ish axloqi zamonaviylik qadriyatlariga asoslanganligi sababli, uni ijtimoiy nutqqa joriy etish va tarqatish jamoat axloqini modernizatsiya qilish omiliga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, zamonaviy-an’anaviy jamiyatlarda ijtimoiy ishning axloqiy asoslari ham o‘zaro yordam va rahm-shafqatning an’anaviy qadriyatlari bo‘lishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ishning tarqalishi va uning obro‘sining oshishi uchun ijtimoiy-psixologik asosni tashkil etadi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish