Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Kremlning “sa’y-harakatlari” bilan



Download 1,06 Mb.
bet161/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Kremlning “sa’y-harakatlari” bilan:
Qirg‘izistonda o‘zbek va qirg‘izlar o‘rtasida;
Ozarboyjonning Tog‘li Qorabog‘ida ozarlar va armanlar o‘rtasida;
Gruziyada gruzinlar va abxazlar hamda gruzinlar va osetinlar o‘rtasida;
Moldovada, Dnestrbo‘yida ruslar va moldavanlar, gagauzlar va moldavanlar o‘rtasida mojarolar bo‘lib o‘tadi.
1989-yilda Farg‘onada ro‘y bergan o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasidagi mojaro ham Kreml tomonidan puxta o‘ylangan reja asosida uyushtirilgan edi.
Mesxeti turklarining katta bir qismi O‘zbekistonga olib kelib joylashtirilar ekan, xalqimiz o‘sha paytda bu millatga imkoni boricha yordam ko‘rsatgan. Urush, qiyinchilik davr bo‘lishiga qaramay, bir burda nonini baham ko‘rgan. Oradan yillar o‘tib, Stalin vafotidan so‘ng, 1956-yilda mesxeti turklaridan ayblovlar olib tashlanganda, bu millatning boradigan joyi yo‘q edi. Mesxetiya gruzinlar tomonidan egallab olingani uchun turklarning asosiy qismi O‘zbekistonda yashab qoldi. Kelib chiqishi va e’tiqodi o‘zbeklar bilan bir bo‘lgan bu millat O‘zbekistonda ona vatanida yashaganday yashaydi. Mahalliy aholi va bu millat orasida 1989-yilgacha umuman mojaro kelib chiqmagan.
1989-yilda sodir bo‘lgan fojiaga rasmiy Moskva turli sabablarni ro‘kach qiladi. “Pivoxonada chiqqan janjaldan boshlangan”, “Bozorda mesxeti turki o‘zbek ayolini haqorat qilgan” va boshqa sabablar ko‘rsatiladi. Ammo keyinchalik barchasini Moskvaning o‘zi uyushtirgani ma’lum bo‘ladi.
Ushbu qonli mojaro rejasi Kremlda tuzilganiga yana bir isbot shuki, o‘shangacha Sobiq Ittifoqning turli hududlarida sodir bo‘lgan mojarolarni barchadan yashirib kelgan Moskva, Farg‘onadagi fojiani ommaga ko‘rsatish uchun markaziy televideniyedan bir nechta operator va muxbirdan iborat butun boshli guruhni yuboradi. Muxbirlar har kuni “olovli nuqta”dan “o‘zbeklarning qonxo‘rligi”, “o‘zbeklarning zo‘ravonligi” haqida reportajlar uzatishadi va ular markaziy televideniye orqali ko‘rsatilib turiladi.
Farg‘ona fojiasi turklarning katta qismini yurtimizdan olib chiqib ketilishi bilan tugadi. O‘shanda Moskvadagi markaziy televideniye ko‘rsatgan lavhalardan farqli ravishda, xorij mediasiga intervyu bergan mesxeti turklari hammasi tushunarsiz tarzda boshlangani, boshida o‘zbeklar bilan mojaro chiqqaniga ishonmaganlari va bir-birlaridan “balki ruslar bilan mojaro chiqqandir” deb so‘raganlari haqida gapirgan. O‘sha intervyularda ular o‘zbeklar bilan avval hech qachon kelishmovchilik yuz bermagani, o‘zbeklar va turklar ildizan hamda e’tiqod jihatdan yaqinligi, hatto quda-anda bo‘lgani, shu uchun o‘zbeklarning mesxeti turklarga qarshi ko‘tarilganiga ishonmaganini hikoya qilgan.
Keyinchalik, O‘zbekistondan olib chiqilgan mesxeti turklari dunyo bo‘ylab tarqab ketadi. Ularning bir guruhi BMT dasturi bo‘yicha AQShga ko‘chiriladi. Bir qismi Turkiyadan boshpana topadi. Yana bir qismi MDH mamlakatlarida yashab qoladi. Bo‘lib o‘tgan qonli mojaroga qaramay, ularning bir qismi “vatanim O‘zbekiston” deb mamlakatimizda yashab qoladi. Bugungi kunda ular yurtimizda barcha bilan bir oila bo‘lib, o‘z uyida yashaganday yashayapti.
BMTning hamkorlik dasturiga asosan, 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari har bir shaxsning qiziqishini inobatga olish, inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligi va ayollar uchun imkoniyatlarning kengaytirilishi, tashqi ta’sirlarga chidamlilik, barqarorlik, hisobdorlik prinsiplari asosida amalga oshirilishi lozim.
BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaning qayd etishicha, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash uchun hukumat qarorlar qabul qilishda marginal guruhlar (turli ijtimoiy guruhlar oralig‘idagi shaxslar jamoasi)ning fikrlari va ehtiyojlarini inobatga olishi lozim. “Shuningdek, hukumat taraqqiyot dasturi doirasidagi hamkorlari bilan doimiy ravishda muhokamalar o‘tkazishi, erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil etib, berilgan tavsiyalar asosida ish ko‘rishi lozim”413.
O‘zbekistonda turli hududlarda daromad ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi sezilarli farq saqlanib qolmoqda. Ishchi kuchining arzon va ko‘pligiga qaramay, malakali mutaxassisga bo‘lgan talab qondirilmayapti. Sifat ko‘rsatkichlarini belgilashdagi muammolar mamlakatdagi kichik biznes vakillarining Yevropa davlatlariga eksportni amalga oshirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Investitsiyani jalb qilish va kichik biznes subyektlarini rivojlantirish masalasi hududlarda infratuzilmani yaxshilash (energiya va suv ta’minoti, transport masalasi)ga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Zamonaviy ijtimoiy antropologiya fani mana shunday savollarga javob topishga urinmoqda. Javoblar hali topilgani yo‘q. Lekin javobsiz qolayotgan savollar Sharq jamiyatlarining hayotida ziddiyatlar keltirib chiqarmoqda: o‘z “men”ini, “milliylig”ini, “o‘zlig”ini qidirayotgan yangi elitalar yana va yana oriyentalizmga murojaat etmoqda, shunchaki bugun bilan yashashni istaganlar esa “milliy mentalitetimizga zid” ish qilgan “xoin”larga aylanib, jamiyatdan chetga surilmoqda, marginalizatsiyaga uchramoqda. Marginal guruhlar esa, o‘z navbatida, jamiyatning yangi muammosiga aylanmoqda414.
Oxirgi uch-yilda mamlakatimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlar olib borilmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish – asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda”415.
Kambag‘allikni kamaytirish borasida ham bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. “Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”416. Bunda ijtimoiy ish imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, kambag‘al va qashshoqlar orasida ko‘plab uysizsiz, boshpanasiz va darbadarlar kabi marginal guruh a’zolari mavjudligini inobatga olish lozim. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida quyidagi konseptual g‘oyalarni ilgari surdi: “Bu muammolar ayniqsa, pandemiya sharoitida keskin tus olmoqda. Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur.
Shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif etamiz”417.
Shuningdek, ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash borasida ham bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni belgilashda ochiq va adolatli tizim yaratish, bu borada mahallaning ishtirokini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish masalasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Joriy yilda keksalar, jumladan, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim yaratish bo‘yicha ham zarur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu toifa uchun ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, tegishli amaliy ishlar bo‘yicha vazifalar bajarib kelinmoqda.
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan, ularni ish bilan, kelajakda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilib, amalga oshirib kelinmoqda. Nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni qayta ko‘rib chiqib, “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi”ni ishlab chiqilib, yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan bo‘lib, izchilik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Masalan, O‘zbekistonda yagona ijtimoiy reyestrda belgilangan daromadlar mezoni global qashshoqlik chegarasidan 1,62 baravar kam, bu esa mamlakat aholisini ijtimoiy nafaqalar bilan qoplashni sezilarli darajada kamaytiradi. Demak, biz o‘ta qashshoqlikda kun ko‘rayotgan oilalarga yordam berish bilangina cheklanayapmiz, agar ular mahalla qo‘mitalarida barcha qog‘ozbozlik jarayonlaridan o‘tib, bir to‘da qog‘oz taqdim eta olishsa albatta.
Yaqinda YUNISEFning O‘zbekistondagi hisoboti kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish butun mamlakat bo‘ylab 61,5 ming oilani qamrab olgan juda kichik dastur ekanligini ko‘rsatdi.
YUNISEF tahlillari yashash sharoiti hattoki muhtojlikning sezilarli past mezoniga to‘g‘ri kelayotgan 98 foiz uy xo‘jaliklari ushbu dastur bilan qamrab olinmaganini aniqladi. Bundan tashqari, YUNISEFning 2012-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, oilalar bola parvarishi bo‘yicha o‘rtacha 6,7 oy va bolali oilalar uchun 4,7 oy davomida nafaqa olganlar.
Mahalla qo‘mitalari ham kam ta’minlangan oilalarga nafaqa tayinlash uchun mas’ul hisoblanadilar. YUNISEF tadqiqotida ta’kidlanishicha, mablag‘ yetishmasligi va kam ta’minlangan oilalarning ko‘pligi sababli ko‘plab kishilar hatto COVID-19 pandemiyasi va qattiq karantin choralari qo‘llanilishidan oldin ham, yashash sharoiti muhtojlikning past mezonlari talablariga javob bersa ham, mahallalardagi ijtimoiy nafaqalarni olish uchun o‘z navbatlarini kutishga majbur bo‘lishgan418.
Onasi ishlamaydigan, 14 yoshgacha bo‘lgan ikkita voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan va oilaning yolg‘iz boquvchisi otasining o‘rtacha oylik ish haqi 2,3 million so‘mni tashkil qiladigan oilani olamiz. Bu daromad shunchaki oilaga kuniga bir kishi uchun $ 1,9 kambag‘allikda yashashga imkon beradi va oila daromad mezonlariga javob bermaydi va bolalar nafaqasini olmaydi.
Vaziyat O‘zbekistonda iste’mol savatchasining va kun ko‘rishning minimal hajmi hali rasman tasdiqlanmaganligi sababli yanada qiyinlashadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan-yilning yozida Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida iste’mol savatchasi 650 ming so‘mni, kun ko‘rishning eng kam hajmi esa 800 ming so‘mni tashkil etgan419.
O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun ehtiyojmandlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan “temir daftar” ro‘yxati joriy qilindi. Ro‘yxat mahalla qo‘mitalari raislari tomonidan sektor rahbarlari bilan birgalikda shakllantiriladi. Mas’ul shaxslar ma’lumotni “temir daftar”ga elektron shaklda sakhovat.argos.uz saytida elektron imzo kaliti yordamida kiritadilar. “Temir daftar”ni yuritishda kam ta’minlangan oilalarning besh toifasi belgilandi:
1) mehnatga layoqatsiz va surunkali kasalligi bor oila a’zolarining mavjudligi;
2) yolg‘iz, keksa, beva va kam ta’minlangan, shuningdek, qarovga muhtoj fuqarolardan tashkil topgan oilalar;
3) besh va undan ko‘p bolali oilalar;
4) koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kiritilgan karantin choralari natijasida ishini va daromad manbayini yo‘qotgan fuqarolar hamda qaytib kelgan mehnat migrantlari;
5) kambag‘al, yordamga va moddiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar.
Zamonaviy O‘zbekistonda “temir daftar” iborasi qarz majburiyatlarini hisobga oladigan vosita sifatida xalq kundalik hayotida mustahkam o‘rnashgan. Qarzdorlarni “temir” hisobga olish zarurati ko‘proq qishloq joylarda, odamlar vaqtincha pul’siz bo‘lganida va do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlarini qarzga olishganida paydo bo‘lgan. Sotuvchi “temir daftar”da aynan qanday mahsulotlar va umumiy qancha miqdorda qarz olinganligini yozib olgan va qishloq aholisi hosil yig‘ib olingandan keyin yoki sharoit yaxshilangan vaqtlarda qarzni qaytargan. Qarz qaytarilganidan so‘ng, sotuvchi qarzni o‘chirib tashlagan.
Ehtimol, “temir daftar” ning qarzlar daftarchasi sifatida paydo bo‘lgani kabi, ushbu ro‘yxatning nomi hozirgi vaqtda ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordam kelajakda soliq to‘lovchilar uchun soliq yukiga aylanishiga ishoradir.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish