3. Turli yosh, moddiy maqom, madaniyat, jinsdagi va boshqalar bilan ishlashda axloqiy qadriyat va prinsiplar
Har bir kasb o‘zining rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, jamiyatda ifodalangan muammoni yechimini topishi natijasida yuzaga kelb, insonni umumiy va xususiy tayyorgarliklari hamda aniq harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zlashtirgan bilim va orttirilgan tajribalarining natijasida egallagan amaliy ko‘nikmalarining yig‘indisi hisoblanadi. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy munosabatlar tizimida turli xil nizoli vaziyatlar, inqirozlar, hissiy muammolar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganlar, giyohvandlar, zo‘ravonlik natijasidan majruhlanganlar, doimiy ish joyini yo‘qotganlar, nogironlar, uy-joysiz qolganlar va hakozolarga amaliy yordam berish uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari shug‘ullanadi. Ijtimoiy ixizmat ko‘rsatishning tizimlashuvi, inson va jamiyat hatida tutgan o‘rni haqida fikr yuritishdan oldin ijtimoiy ish tushunchasi haqida tuxtalib o‘tish lozim. Bu tushunchani vujudga kelishiga oid turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib420, S.Teterskiy “Ijtimoiy ishga kirish” (“Введение в социальную работу”) nomli qo‘llanmasida Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya” (yunon tilidan “insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash”), Rimda esa “xalq an’anasi” deb yuritilganligini ko‘rsatib o‘tgan421. Bu mavzuga bag‘ishlangan manbalar ko‘p, masalani, aniqrog‘i, tushunchaning genezisini belgilab olish uchun manbaning yaratilgan makoniga, maqsadiga va muddatiga qarab yondashish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ishni avtonom tarzda vujudga kelishi va rivojlanishiga aholining joylashishi, uy qurilishi va jihozlash hamda milliy kiyim-kechak tikish va kiyish tarzi, pazandachilik va mehmonnavozlik an’analari hamda oilaviy va maishiy turmush tarzi kabi omillar qatori iqtisodiy – ijtimoiy jarayonlarning kechishi alohida ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, “Avesto” davrida ham ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar inobatga olingan holda maishiy turmush tarzi tashkil etilgan, ya’ni uning shartlari, talablari mavjud bo‘lgan. Sug‘d viloyatining Mug‘ tog‘idan topilgan tarixiy yozma hujjatlarda ham bu masala alohida aks ettirilgan bo‘lib, yozilishicha erkaklar oila qurishda barcha mas’uliyat va javobgarlikni bo‘yinlariga olishlari bilan birga, ayollar bilan shartnoma tuzib, ularning haq-huquqlarini ta’minlash uchun (ajrashishda tavon to‘lash) kafolat berganliklarini keltirish mumkin422.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib bormoqda va garchi G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy yutuqlarini aynan qabul qilib bo‘lmasada, ammo uni funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin. Aniqrog‘i, mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun amaliy mazmunga ega) S.Teterskiy423 o‘zining asarida V.Bocharova tomonidan tavsiya etilgan ijtimoiy pedagogning funksional modelini asos sifatida qabul qilib, uni oltita funksiyasini keltirgan. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda ijtimoiy ishni funksional-strukturaviy tahlilining natijasi sifatida muhimlari qatorida quyidagi funksiyalari mavjudligini keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |