“ehtiyoj+maqsad+motiv+harakat+joriy etilgan kasbiy me’yor = mehnat
natijasi (ehtiyoj/talabning amaliy qondirilishi)”.
Har qanday faoliyatning
amaliyotda mavjudligi quyidagi omillarga bog‘liqdir: motivatsiya; mutaxassislar
(kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning huquqiy
74
, ilmiy va uslubiy
jihatlari); moddiy-texnikaviy; ilmiy-uslubiy; moliyaviy; tashkiliy; me’yoriy-
axloqiy; huquqiy-siyosiy; jamiyatda ijtimoiy buyurtma sifatida ijtimoiy yordam
olishning namoyon bo‘lishi; axborot; jamiyat hayotining moddiy farovonligi va
ma’naviy madaniyati
75
.
Ijtimoiy xizmat tizimida kasbiy qadriyatlar madaniy elementlar va tuzilmalar
tarzida ishtirok etib, bir qator funksiyalarni bajaradi va bu funksiyalar xizmat
ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Bular:
- instrumental funksiya (muhitni shakllantirish va qayta tuzish);
- inkulturatsiyaviy funksiya (madaniylashtirish va qayta madaniylashtirish);
- me’yoriy funksiya (jamoaviy tarzda hayot kechirish va faoliyat yuritish
tizimini shakllantirish);
- signifikativ funksiya (belgilarni tanlash va ularni qo‘llash);
- bilish funksiyasi (jarayon va hodisalarning vujudga kelishi va kechishining
sabab va oqibat aloqadorligini belgilash);
- kommunikativ funksiya (muloqot jarayonida namoyon bo‘luvchi).
Ijtimoiy xizmat tizimida kasbiy qadriyatlarni qaror toptirish va ularni yanada
takomillashtirish borasida yurtimizda Prezident Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari
bilan bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan,
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida
milliy tiklanishdan – milliy
yuksalish sari
degan ulug‘ maqsad bosh g‘oya sifatida maydonga chiqib, unda:
“yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv
usullarini puxta o‘zlashtirgan, vatanparvar, yuqori malakali, halol va sadoqatli
kadrlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratish”
76
kabi ustuvor
vazifalarni amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa ijtimoiy ish sohasida faoliyat
olib borayotgan mutaxassis kadrlarga ham bir qator majburiyat va kasbiy
qadriyatlarga sodiqlik hamda talabchanlikni oshirish lozimligini ko‘rsatadi.
Qadriyatlar yillar mobaynida o‘zgarib, uyg‘unlashib, shakllanib borishi
mumkin. Bu, albatta, insonlarning ehtiyoji, urf-odatlari, dunyoqarashi, yashash
tarzining o‘zgarishi, qolaversa turli millatlar, elatlar o‘rtasidagi munosabatlarga
bog‘liq. Lekin shunday qadriyatlar ham borki, ular yillar mobaynida ham o‘z
mazmun-mohiyatini, qiymatini yo‘qotmaydi. Aytaylik, tinchlik ‒ insoniyat
74
Топилдиев В.Р. Таълим тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун маъмурий жавобгарлик
//Андижон давлат университети Илмий ахборотномаси, 2017. 2-сон. –Б. 48–51.
75
Рахмонов Д.А. Ўзбекистонда ижтимоий хизмат тизимини ривожлантиришнинг этномаданий
хусусиятлари // Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори илмий даражасини (PhD) олиш учун ёзилган
диссертация. – Тошкент, 2019. - Б. 22.
76
Мирзиёев Ш. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. 4 жилд. – Тошкент:Ўзбекистон, 2020.-
https://uza.uz/uz/posts/milliy-tiklanishdan-milliy-yuksalish-sari
44
yaralibdiki, u hamisha intiladigan, asrab-avaylaydigan muqaddas qadriyat
hisoblanadi. Uning qadr-qiymati ma’lum bir millat uchungina xos, ya’ni milliy
xarakterda emas, u tili, dini, irqi va millatidan qat’iy nazar har bir shaxs va jamoa
uchun lozim va qadrli bo‘lgan umuminsoniy qadriyatdir.
Umuminsoniy qadriyat degan tushunchaning o‘zi har qanday qadriyat aslida
inson uchunligini anglatadi. Chunki, inson qadriyatning asosiy subyekti. Qadriyat
shaxsiy, jamoaviy, diniy, milliy, umuminsoniy bo‘lishidan qat’iy nazar, unga baho
berib, ushbu baho natijasi o‘laroq uni qadrlaydigan ‒ insondir. Jamoa va jamiyatda
qadriyatlarga bo‘lgan yondashuvining ta’siri individda shu qadriyatlarga
munosabatida namoyon bo‘lishi mumkin. Inson dunyoqarashiga, uning bilganlari
va anglaganlari, o‘ziga xos tushunchalari va shu tushunchalar asosida
shakllanadigan fikr doirasiga, tafakkur tarziga ham uning jamoasi (oilasi), millati
va o‘zi yashaydigan ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash esa qadriyat
obyektlariga bo‘lgan yondashuv darajasini belgilab beradi. Albatta, adolat,
tinchlik, tenglik, haqiqat, sog‘lik, baxt-saodat kabi ijtimoiy va umuminsoniy
qadriyatlar borki, individ uchun bu obyektlar muhim darajada aks etadi. Ammo,
insonning o‘ziga xoslik xususiyati, uning ideallari, maqsadi, intilishlari turlicha
bo‘lgani bois, mazkur qadriyatlarga munosabat ham nisbiy va turlichadir. Masalan,
adolat mezonining o‘lchovi hammada har xil, ayrim hollarda bir-biriga mutlaqo zid
bo‘lishi ham mumkin. Ma’lumki, bu olamni hamisha ikkita qutb nuqtayi nazaridan
baholab kelganmiz. Unda har doim ikkita qarama-qarshi kuch kurash olib boradi.
Yomonlik va yaxshilik, zulmat va yorug‘lik, ma’rifat va jaholat, adolat va zulm
kurashi deb qaraganimiz har ikki qarama-qarshi kuch uchun ham o‘z adolati va
haqiqati uchun bo‘lgan kurashi bo‘ladi, ya’ni har kim o‘zi adolat hisoblagan ideali
uchun kurashadi va o‘z adolati uning uchun qadriyat sanaladi. Agar u o‘z adolatini
qadrlamagan va unga qadriyat darajasida yondashmaganda, kurashmay, ehtimol
yon berib qo‘ya qolgan bo‘lardi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, obyektiv va subyektiv asoslarga ko‘ra, insonga
oliy qadriyat sifatida yondashuvning quyidagi shakllarini ko‘rishimiz mumkin:
1. Insonning o‘zi o‘ziga qadriyat ekanligi.
2. Insonning o‘zga insonlarga qadriyat ekanligi.
3. Insonning insonlar jamoasiga va jamiyatga qadriyat ekanligi.
4. Ayrim iqtidor va salohiyat egasi bo‘lgan insonlarning millat va umum-
insoniyat uchun qadriyat ekanligi.
Xuddi shuningdek, har kimning o‘z haqiqati bor. Bu kishilarning o‘zaro
hamda tabiat va jamiyat voqeliklariga munosabatlarida, faoliyatlarida aks etadi.
Haqiqatlar ham nisbiy, shuningdek, subyektning dunyoqarashiga qarab, bir-biriga
zid bo‘lishi mumkin. Bu eng kichik jamoadagi ikki subyekt munosabatlaridan
tortib, kishilik jamiyatidagi katta guruhlarning ilmiy, mafkuraviy, siyosiy
qarashlarida ham namoyon bo‘ladi. Farqi shundaki, bularning biri ko‘proq yoki
butunlay xato fikrlaydilar. Ayrim holatlarda har ikkala, yoki undan ko‘p tarafda
ham o‘ziga xos xatolar bo‘lishi mumkin. Masalan, “demografik portlash” oqibatida
ko‘p mamlakatlarda qashshoqchilikning oldini olish uchun VIII asrning oxiri va IX
asrning boshlarida yashab ijod etgan ingliz tadqiqotchisi T.Maltus chora sifatida
45
tug‘ilishni cheklash va yer hosildorligini oshirish yo‘llarini izlash kerak, degan
xulosani bersa, neomaltuschilar esa har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, (hatto neytron
bomba bilan. X. Shmutser) aholini yo‘q qilish evaziga ekologik inqirozning oldini
olish, shuning evaziga insoniyat olamini halokatdan qutqarib qolish g‘oyasini
beradilar. Ekologik inqirozning oldini olish g‘oyasi ijobiy baholansa-da, lekin
uning taklif etilgan usuli g‘ayriinsoniydir. Bu har ikkala qarashlarning o‘z
“haqiqati” edi. Ushbu qarama-qarshilikning natijasi o‘laroq, yangi falsafiy
qarashlar, jumladan, ilm-fanni rivojlantirish va uning yutuqlariga tayangan holda
Yer aholisini boshqa sayyoralarga ko‘chirib o‘tkazish, (N.F.Fyodorov,
K.E.Sialkovskiy), shuningdek, boshqa gumanistik qarashlar yuzaga keldi va
shakllanmoqda.
Umuminsoniy xarakterdagi voqelikning amal qilishida insonga oliy qadriyat
sifatida yondashuv namoyon bo‘ladi. Insonning oliy qadriyat ekanligini anglay
bilish insoniylik tuyg‘ularining shakllanishiga omil bo‘ladi. Mana shu omil
insonning inson bo‘lganligi uchun ham sevish, qadrlash va unga yaxshilik qilishga
undaydi. Insonni va insonlarni yaxshi ko‘rgan odam insoniyat uchun yaxshilik
keltiradigan amallarga yondashadi. Bu, bugungi kunda, ayniqsa, bilvosita va
bevosita faoliyat ko‘rsatdigan ijtimoiy xodim shaxsiga xos asosiy fazilat bo‘lishi
lozim va bu fazilat jamiyatni adolatli va yaxshilikka yo‘llab boshqarishda muhim
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |