Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3. Asosiy axloqiy kategoriyalar 
Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari fan sifatida etika bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Axloq murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa 
bo‘lganligi sababli u ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi (1.2-rasm). 
Jumladan, axloq – kishilar orasidagi munosabatlarni tartibga solishning 
o‘ziga xos usuli, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan va rioya qilinishi lozim 
bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat va muloqotning qonun-qoidalari, mezonlari 
yig‘indisi
77
. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy voqeliklarini inson xulq-atvori, 
xatti-harakati, aniqrog‘i, umume’tirof etilgan milliy-ma’naviy va zamonaviy 
normalarga mos kelishini ta’minlovchi va belgilovchi ma’naviy mezondir. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra axloq kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, 
jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlar 
yig‘indisidir. Axloq har bir kishining xulqini aks ettiradi. Axloqning yuksak 
darajada bo‘lishi jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir qiladi va, aksincha, axloqsizlik 
jamiyat rivojini izdan chiqaradi. Axloqsiz shaxsning istiqboli bo‘lmaganidek, 
axloqsiz jamiyatning ham istiqboli bo‘lmaydi. Ayni paytda axloq jamiyatning 
barcha jabhalariga kirib borishi va unga jamiyat a’zolarining amal qilishi ijtimoiy 
adolat munosabatlarini vujudga keltiradi. Ammo har qanday holatda shaxsning 
ichki axloqiy tarbiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Ushbu munozara xususida Kant tomonidan aytilgan fikrlar mazkur 
muammoni oydinlashtirishga yordam beradi. Jumladan, u shunday deydi: “Faqat 
77
 Фалсафа. (қисқача изоҳли луғат). -Тошкент: Шарқ, 2004. – Б. 49. 


46 
har bir insonning o‘zi uchun o‘zi axloqiy qonun o‘rnata olish qobiliyati negizida, 
boshqacha aytganda, har bir inson o‘z axloqiy qonunining ijodkori hisoblanadi. 
Har bir individ axloqiy jihatdan mustaqil. Bu aytilganlar odamlarda axloqiy 
qonunlar belgilash erki borligi va ular shunday qilish uchun yetarli aqlga ega 
ekanini ko‘rsatadi. Erkin va oqil shaxslar faqatgina o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan 
qonunlarni o‘rnata olmasliklarini tushunadilar”
78
. Darhaqiqat, Kant masalaning 
falsafiy-ijtimoiy negizlariga kirib boradiki, insonning ongsiz va ongli harakatlari 
mohiyati ochib beriladi. Masalan, vatanparvarlikning axloqiy mezonlari, darajasini 
belgilab bo‘ladimi?! Yoki vatanparvarlik qilmagani uchun javobgarlikka tortish 
mumkinmi?! Shuning uchun axloqiy jihatdan inson mustaqil. Faqat Yaratganning 
oldida hisobot beradi. Albatta, agar inson xoinlik qilsa, u javobgarlikka tortiladi. 
Lekin, masala mohiyatan ikki xil narsa. 
Axloq tushunchasiga Yum shunday ta’rif beradi: “Axloq tushunchasi barcha 
insoniyatda qandaydir umumiy hissiyot tug‘dirib, u bitta obyektda umumiylikni 
ma’qullaydi va har bir kishini yoki ko‘pchilikni ma’lum xulosaga olib kelib, bir-
biriga itoat etishga qodir”
79
. Ushbu ta’rif yuqorida keltirilgan Aristotelning qarash-
lariga to‘g‘ri keladi. Siyosat axloqiy qadriyatlarga asoslansa, ko‘pchilikni umumiy 
harakatga, itoatga olib keladi. Shuning uchun axloqqa amal qilish shaxs va millat-
ning ma’naviy dunyosi va salohiyat darajasi bilan bog‘liq hodisa sifatida qaraladi. 
Axloq va uning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida Abdulla Avloniy shunday 
deydi: 
“Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir 
ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va 
misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qub, bilub 
amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, Yer 
yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur”
80
. Ko‘rinib turibdiki, A.Avloniy 
axloqqa nisbatan nafaqat ilmiy ta’rif beradi, balki uning ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyatini ochadi. “Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning 
yomonligi” bevosita siyosiy faoliyatda ham o‘z ifodasini namoyon qilishini 
ta’kidlaydi. Chunki, xulq-atvor inson faoliyati orqali ijtimoiy hayotga u yoki bu 
tarzda ta’sir o‘tkazadi. 
Barcha fanlar kabi axloq ham o‘z kategoriyalarga ega bo‘lib, bular ideal, 
ezgulik va yovuzlik, qarz va majburiyat, ezgulik, adolat, insoniylik, rostgo‘ylik va 
boshqalar ijtimoiy ish amaliyoti muhim ahamiyatga ega. 
Ideal. 
Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. 
Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, 
xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar 
qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda 
mavjud bo‘lishi mumkin emas ‒ bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, keng 
ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti 
‒ o‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi odatiy 
sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti-harakatidir. Bu 
78
 Фалсафа тарихи. -Тошкент: Шарқ. 2002. -Б. 430. 
79
 Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. -Тошкент: Шарқ. 2002. –Б. 34. 
80
 Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. –Тошкент: Маънавият. 1998. -Б. 34. 


47 
xatti-harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan 
topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga 
aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zamonga kelib, u 
ma’lum ma’noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta’rif-tavsif bilan boyitiladi, ya’ni 
ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No‘shiravon, odil yoki ideal saxovat 
egasi, jo‘mard inson Hotami Toy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la oladi. 
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U 
inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka 
yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson ana shu 
komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy-hayotiy 
komillikni qo‘lga kiritadi. 
Dunyoviy ideal bilan, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-axloqiy ideal bilan diniy ideal, bir 
qaraganda, o‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. Chunonchi, 
musulmonlar uchun ‒ Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun ‒ hazrati Iso, 
yahudo dinidagilar uchun ‒ hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech 
qachon o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o‘zgarishi mumkin va 
ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi 
Lenin eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tomonidan 
shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch-adolatda!» degan shiorni hayotining 
ma’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko‘pchilik tomonidan ijtimoiy-
axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. 
Demak, muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axloqiy ideallar 
o‘zgarishi mumkin.
Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ‒ 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish