Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik va relyativistik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3.
Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik va relyativistik, 
ratsionalistik va sensualistik, deterministik va indeterministik) 
Inson mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab 
boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning 
jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt 
mobaynida inson-ning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati 
o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzotning xunuklikdan 
chiroylilikka nodonlikdan oqil-likka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy 
hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. 
Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, 
botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. 
Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil 
ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq 
nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya’ni axloqiy xatti-
harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri – obro‘parvar 
(avtoritar) axloq, ikkinchisi ‒ insonparvar (gumanitar) axloq.
Ko‘p asrlar davomida, antik davrlardan boshlaboq mutafakkirlar axloq 
haqida juda ko‘p asarlar yozdilar. Ular axloqning mohiyatini tushunishga, 
tushuntirishga harakat kildilar. O‘tgan uzoq tarixiy taraqqiyot davrida axloq 
quyidagicha talqin qilib kelindi: 
- kundalik hayot aqliy tajribasi; 
- individning o‘z xulq-atvoridan qoniqishi
- burchga sadoqat ramzi; 


113 
- ijtimoiy stabillik va tartibni saqlash vositasi; 
- ijtimoiy foydani talab qiluvchi ijtimoiy hodisa; 
- jamiyatda adolatni qaror toptiruvchi vosita; 
- insonlarning o‘zaro hamjihatligini ta’minlovchi vosita;
- vijdon ovoziga bo‘ysundiruvchi vosita; 
- inson hayotining oliy ma’nosini anglash yuli. 
Axloqning tarkibiy tuzilishi murakkab bo‘lib, quyidagi elementlardan 
iborat: 
axloqiy amaliyot ‒ axloqning muhim va belgilovchi komponenti bo‘lib, 
inson-ning xatti-harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Faqat inson xulq-atvorining 
xatti-harakatlarda namoyon bo‘lish orqaligina uning axloqiyligi haqida tasavvurga 
ega bo‘lish mumkin. 
Insonning faoliyati, inson tomonidan axloq normalari va prinsiplarining 
ama-liyotga tatbiq qilishi uning axloqiy tarbiyasi, axloqiy madaniyatining 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Ma’lumki, har bir faoliyatda aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vositalar, 
usullar orqali harakat qilinadi va ma’lum natijalarga erishiladi. Har qanday 
maqsad, albatta, axloqiy mazmunga ega bo‘ladi. Bu maqsadlar ma’lum vositalar 
axloqiy mazmuniga ko‘ra, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan 
vositalarga ajratilishi mumkin. 
Axloqiy munosabatlar ‒ ijtimoiy munosabatlarning ko‘rinishi sifatida 
insonlar tomonidan axloqiy (axloqsiz) xatti-harakatlarni sodir etish jarayonida 
vujudga keladi. Axloqiy munosabatlarning obyektiv va subyektiv tomoni mavjud. 
Subyektiv tomoni, bu ‒ insonning qiziqishlari, hissiyotlari. Obyektiv tomoni esa 
inson uchun imperativ xarakterga ega bo‘lgan normalar, ideallar, urf-odatlar, 
an’analar va boshqa ijtimoiy faktorlar hisoblanadi. 
Kishilar axloqiy munosabatga kirishar ekanlar, o‘z zimmalariga muayyan 
axloqiy majburiyatlarni oladilar va muayyan axloqiy huquqlarga ega bo‘ladilar. 
Ijtimoiy ishda axloqiy munosabatlarning shakllangan tizimi mavjudligi 
ijtimoiy guruh (xizmat jamoasi)da mo‘tadil axloqiy ruhiy iqlimni belgilaydi. 
Xizmat ko‘rsatish jamoalaridagi axloqiy munosabatlar 3 darajaga bo‘linadi: 
1) boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar; 
2) hamkasblar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar; 
3) mijozlar bilan bo‘ladigan axloqiy munosabatlar. 
Ma’lumki, axloqning pirovard natijasi esa insonni haqiqatga olib borish, uni 
komil mavjudot qilib tarbiyalashdir. Ana shu nuqtada axloq va fan bilvosita 
munosabatga kirishadi. Ayni paytda ilm-fanda erishilgan olamshumul yutuqlar 
insoniyat jamiyati oldiga yangi-yangi axloqiy vazifalar va muammolarni qo‘yadi. 
Chunonchi, so‘nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining yuksak darajasi va 
ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli ekologik axloqshunoslik singari 
axloq olamining yangi yo‘nalishlari vujudga keldi; noosferadan yoki boshqacha 
aytganda texnosferadan etosferaga ‒ axloqiy muhitga o‘tish zarurati insoniyat 
jamiyati axloqiy madaniyati oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo‘yilmoqda. Shu 
bois ijtimoiy ish sohasidagi fanlar taraqqiyotining navbatdagi bosqichlari faqat 


114 
axloq talablariga mos, ta’bir joiz bo‘lsa, axloqiy nazorat ostida amalga oshmog‘i 
lozim. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish