Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Madaniyat 
(arab.
 

 
madinalik, shaharlik, ta’lim-tarbiya ko‘rgan) ‒ tabiat va 
o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos usuli. Madaniyat 
alohida individning hayot faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruhning yoki 
jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi
434

Madaniyat tushunchasi ma’lum tarixiy davrlar, muayyan jamiyatlar, xalqlar 
va elatlarni, shuningdek, faoliyat va hayotning (mehnat madaniyati, siyosiy 
madaniyat) o‘ziga xos sohalarini ta’riflash uchun qo‘llaniladi; nisbatan tor 
ma’noda esa – odamlarning ma’naviy hayoti sohasidir. U odamlar faoliyatining 
predmetga oid natijalarini (mashinalar, inshootlar, anglash natijalari, san’at 
asarlari, axloq va huquq me’yorlari va hokazo), shuningdek, faoliyat davomida 
(bilimlar, ko‘nikmalar, mahoratlar, intellekt darajasi, ma’naviy va estetik 
rivojlanish, dunyoqarash, odamlar muloqotining shakl va usullari) qo‘llaniluvchi 
inson kuchi va imkoniyatlarini qamrab oladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, madaniyat 
– bu ijtimoiy xizmatchining shaxsi va ham xizmat faoliyatiga oid xususiyatidir. U 
ijtimoiy xizmatchining tafakkuri va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati darajasini aks 
ettiradi. 
Ko‘p mualliflar “madaniyat” tushunchasini uning inson faoliyati bilan 
genetik aloqasidan tashqariga olib chiqadilar. Ular madaniyatda avvalambor 
dasturlovchi vazifani ajratib ko‘rsatadilar (M.S.Kagan, E.S.Markaryan, 
V.M.Mejuyev). “Madaniyat – bu odamlar ishlab chiqarayotgan va qanday qilib 
ishlab chiqarayotgan narsadir”. Shu bilan birga ishlab chiqarish ostida odamlarning 
ijtimoiy-madaniy faoliyati bo‘lgan jamiki inson faoliyati majmuyi tushuniladi. 
Boshqa ma’noda madaniyat xayolning tushunishga oid apparatini tashkillashtirish 
me’yorlari sifatidagi anglash natijalarini bayon qilishning mantiqiy qonunlarini 
egallashdan iborat. Qator mualliflar odamlarning ma’lum jamoasi madaniyatining 
umumiy jihatlarini o‘rganadilar. M.Kubr madaniyatni muayyan odamlar guruhiga 
xos bo‘lgan qadriyatlar, fikrlar, an’analar va xulq-atvor me’yorlarini jamoada 
mavjud tizimi sifatida tushunadi. Dj.Xoffsted tashkilotdagi madaniyat 
tushunchasiga funksional ta’rif beradi: “Madaniyat – odamlarning bir guruhi 
a’zolarini boshqa-sidan ajratib turuvchi inson ongining jamoaviy dasturlanishidir. 
Bu nuqtayi nazardan madaniyat jamoaviy qadriyatlar tizimi”. Freydizmda 
madaniyat ijtimoiy xulq mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shu tariqa, madaniyatga berilgan ta’riflarda kognitiv tarkibiy qismlar 
(intellekt) ajratib ko‘rsatilgan; sababiy-qadriyatga oid tarkibiy qismlar 
(dunyoqarash, ma’naviy rivojlanish, estetik anglash darajasi). Kommunikativ 
omilkorlik darajasi ham aniqlangan (“odamlar muloqoti usullari va shakllari”). 
Madaniyatning 
kommunikatsiya, 
intershaxsiy 
aloqalar 
majmuyi 
sifatida 
tushunilishi M.M.Baxtin asarlarida nisbatan to‘liqroq aks ettirilgan. Kognitiv 
tarkibiy qism bilan bir qatorda madaniyatda ma’naviy tarkibiy qismni ham ajratib 
ko‘rsatadilar. Madaniyat quyidagilar sifatida namoyon bo‘ladi: insonning tabiiy va 
434
 Фалсафа. Қомусий луғат. – Тошкент: Шарқ, 2004. - Б. 230. (Умумий 496 б.) 


366 
ijtimoiy sohalaridan tashqarida yotuvchi “ma’naviy erkinlik” sohasi; 
qadriyatlarning o‘ziga xos tizimi; insonning o‘zini o‘zi anglash ehtiyoji; o‘zini o‘zi 
rivojlantirishga va o‘zini o‘zi takomillashtirishga doimiy tayyorlik va hokazolar. 
Biroq psixologik madaniyat tushunchasi mavjud psixologik lug‘atlarning hech 
birida mustaqil tushuncha sifatida ochib berilmagan. Shu bilan birga, u alohida 
hodisa sifatida mamlakatimiz psixologlari tomonidan faol muhokama qilinmoqda. 
O.I.Danilenko psixologik madaniyatni “insonga o‘z psixik vazifalarining eng 
maqbul darajasini saqlab turish imkonini beruvchi vositalar, usullar, uskunalar 
majmuyi” sifatida ta’riflaydi. Bunda shaxsning psixologik yetukligi jumladan, 
insonda boy psixologik madaniyat shakllanishi bilan ham ifodalanadi...”. 
Y.N.Bogdanov “madaniyat” atamasining ilmiy va kundalik qo‘llanilishini ajratib 
ko‘rsatadi. Kundalik ma’nosi-doimo baholovchi; ilmiy ma’nosi – madaniyatga 
faoliyat predmetini ilmiy egallash holatlarining biri sifatidagi baholovchi 
yondashuvini qamrab oluvchi mohiyatga oid. Madaniyat ongli ravishda, aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan holda, ta’lim va tarbiyaning maxsus vositalarini qo‘llash 
asosida shakllanadi. Boshqa tarafdan esa, bu shaxsning ijtimoiy yetukligini, uning 
o‘zi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan masalalarni hal etish qobiliyatini 
ko‘rsatuvchi o‘zini o‘zi tarbiya qilish, o‘zini o‘zi yaratishining natijasidir. 
Individual tajriba shakllarida mujassamlashtirilgan madaniyat (madaniylik) 
qandaydir umumiylik sifatida bilimlar va tafakkur, ijodiy harakat madaniyati, 
hissiyotlar madaniyati, muloqot, xulq-atvorning o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. 
Shaxs madaniyat subyekti sifatida ijtimoiy barqarorligi, ijtimoiy va kasbiy hayotga 
samarali tarzda kirishganligi hamda psixologik muvofiqligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, madaniyatga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish uchun inson 
unda o‘z o‘rnini topishi, o‘zining madaniyat bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari 
tizimini aniqlab olishi lozim. 
Yuqorida aytilganlar madaniyat tushunchasini aniqlashtirish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyat – bu ma’naviy, qadriyatga oid va intellektual 
jihatlar asosida yaratilgan faoliyat me’yorlari tizimidir. Hodisalarning har biri 
(madaniyat va refleksiyA. mustaqil jihat sifatida hamda to‘plangan bilim nuqtayi 
nazaridan o‘rganilganligi sababli ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish dolzarb va 
o‘z mavridida qilingan ish hisoblanishi bilan bog‘liq ravishda Y.G.Yudin, 
“...refleksiya ma’naviy hayotning, umuman madaniyatning mantiqiy va boshqa 
(ma’anaviy, qadriyatga oid, hissiy va boshqa) asos hamda shakllarini izlash 
demakdir”, deb hisoblaydi. Kasbiy faoliyatga nisbatan O.S.Anisimov, faoliyat va 
tafakkur madaniyati asosi deb faoliyat va tafakkur refleksiyasini, refleksiyani 
tashkillashtirish vositalarini ishlab chiqish va qo‘llashni hisoblaydi. Aytib 
o‘tilganlardan kelib chiqqan holda, refleksiv madaniyat ostida qadriyatga oid va 
intellektual jihatlar asosida qurilgan, refleksiyani tashkillashtirish usullari tizimi 
tushuniladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish