Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Ijtimoiy ishda refleks amaliyotining rivojlanishi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
4. Ijtimoiy ishda refleks amaliyotining rivojlanishi 
Refleksiya 
(lot. reflexio-ortga qaytish, ortga nazar)
‒ individ o‘z ongida 
sodir bo‘layotgan hodisalar ustida fikrlash jarayonini ifodalaydigan falsafiy 
tushuncha
407
. Bunda refleksiyaning quyidagi uchta turi ajratiladi:
- bilimlar va xatti-harakatlar analizini ko‘rib chiqishga, ularning ma’nosi va 
chegaralari haqida o‘ylashga chorlaydigan elementar refleksiya; 
- berilgan ilmga xos uslub va usulni aniqlashga suyanadigan nazariy ilmning 
tahlili va tanqidini namoyon etadigan ilmiy refleksiya; 
- borliq, tafakkurning chegaraviy asoslarini, insonning madaniyatini 
to‘laligicha tushunish, anglash falsafiy refleksiyadir.
Refleksiya faqat bilish shakligina emas, balki evristik tamoyil ham hisoblanadi: 
u ijtimoiy ishda yangi bilim manbayi ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Refleksiya 
o‘ziga xos muammo sifatida qadimgi yunon falsafasidayoq muhokama mavzusiga 
aylangan edi. Masalan, Suqrot birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash masalasini qo‘yib, 
uning predmeti sifatida ma’naviy faollikni ko‘rsatadi. Aristotel va Platon tafakkur 
va refleksiyani Demurg (yaratuvchi), obyekt va subyekt birligi bo‘lgan atributlar 
deb uqtiradilar.
Bu borada Imom G‘azzoliy shunday qarashni ilgar suradi: “Aziz birodarim, 
bilib qo‘yki, qonuniy yo‘lda zo‘r berib ishlagani holda, yana faqirona yashayotgan 
kimsa qanoatli bo‘lishi, tamagir bo‘lmasligi, ko‘zi boshqalarning mol-mulkida 
bo‘lmasligi va g‘ayriqonuniy foyda topish yo‘llariga bosh urib ketmasligi ham 
kerak. Odam bunday sifatlarga yeyishda, kiyishda va maskan borasida qanoatli 
bo‘lishi, dabdaba ketidan quvmaslik va ortiqcha hoy-u havaslardan qochish orqali 
ega bo‘lishi mumkin. Agar kishi ko‘proq boylikka ega bo‘lgisi kelsa yoki orzu-
havaslarga berilsa, qanoatli bo‘lolmaydi va shubhasizki, ochko‘zlik va hirs nomli 
yomon atvorlar bilan pok nomiga dog‘ tushiradi. Hirs va ochko‘zlik kishini yomon 
axloq sari, g‘ayrimashru’ va harom foyda yo‘llariga boshlaydi. Zotan, 
407
 Фалсафа: комусий луғат / Тузувчи Қ.Назаров. -Тошкент: «Шарқ», 2004. - Б. 348-349. 


337 
odamzotning tabiati hirs, ochko‘zlik va qanoatsizlikka moyildir”
408
, – deya har bir 
kasb egasining odob-axloq me’yorlariga amal qilishga chorlaydi. 
Refleksiya tushunchasi o‘rta asr neoplatonizmida ilohning “aql energiyasi”, 
“o‘z-o‘zini namoyon qilish” kabi talqin etilgan. Yangi zamonda esa refleksiyaning 
talqini ilmiy bilimlarni asoslash, ijtimoiy muammolar bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy ishda refleksiya fanda real mavjud bilim va uning shakllanish 
mexanizmlari tahlilga yunaltirilgan ilmiy o‘z-o‘zini bilish shakli sifatida namoyon 
bo‘ladi. Refleksiya mantiqiy va ilmiy bilish faoliyatini ongli ravishda nazorat 
qilish usulidir. Refleksiya ijtimoiy ishda haqiqatda boshqa individlar yoki omma 
tomonidan baholanishi va qabul qilinishi kabi yoki amaldagi subyekt-shaxsni 
(ijtimoiy ishchi-mijoz) anglash shaklida namoyon bo‘ladi.
Shu tariqa, refleksiya faoliyat jarayonini qayd qiladi hamda faoliyatning 
mavjud bo‘lishidagi uzilishlarni bartaraf qilishni ta’minlaydi va noaniqlikdan, aniq 
predmetni ajratib oladi. Refleksiya quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- bilishga oid (Dj.Lokk); 
- bilim asosini izlash, ruhni rivojlantirishni harakatlantiruvchi kuch 
(G.Gegel); 
- tafakkurni obyektdan xalos qilish (I.G.Fixte); 
- bevosita bilimni anglash (L.Nelson); 
- yangi bilim manbayi (A.A.Matyushkin); 
- tafakkurning takomillashtirilishi (P.Dorner); 
- o‘z xulq-atvorini (galdagi harakatini) loyihalashtirish (G.Blumer, R.Xarre, 
B.I.Hasan); 
- o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi baholash (V.A.Bashanov, 
G.I.Katrich); 

o‘tmishga nazar tashlash, mantiqiy asoslash, umumlashtirish, 
tizimlashtirish, maqsadlar, qadriyatlar, dasturlarni ijodiy jihatdan ishlab chiqish 
(M.I.Naydenov, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov); 
- integratsiya (A.M.Matyushkin, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov); 
- faoliyatni rivojlantirish (O.S.Anisimov, S.A.Golitsin, A.V.Lektorskiy, 
V.S.Shvirev); 
- faoliyatni boshqarish (A.G.Ogursov, I.N.Semenov, S.Y.Stepanov); 
- faoliyatdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish (O.S.Anisimov, G.P.Shedrov-
skiy); 
- kasbiy mahoratning akme-omili (O.S.Anisimov, A.A.Derkach, N.B.Koval-
yova, S.N.Maslov, O.A.Polishuk, I.N.Semyonov, S.Y.Stepanov)
409

Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilar ekanmiz, refleksiya vazifalarining 
bir necha guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- birinchi guruh bilishga oid vazifalar, o‘tmishga murojaat qilish bilan 
bog‘liq; 
- ikkinchi guruh takomillashtirish, rivojlanish, ijod bilan bog‘liq; 
- uchinchi guruh loyihalashtirish, qayta tafakkur qilish bilan bog‘liq; 
408
 Ғаззолий Абу Ҳамид. Кимёни саодат. Руҳ ҳақиқати. 1 к. – Т.: Адолат, 2005. – Б. 220. 
409
 Карпов А. В. Психология рефлексивных механизмов деятельности. - М., 2004. 


338 
- to‘rtinchi guruh boshqarish bilan bog‘liq; 
- beshinchi guruh tanqid, nazorat, asoslash, baholash bilan bog‘liq; 
- oltinchi guruh integratsiya, tashkillashtirish bilan bog‘liq; 
- yettinchi guruh faoliyat sarhadlaridan chetga chiqish bilan bog‘liq. 
Refleksiya – bu ijtimoiy ish xodimining nafaqat o‘z-o‘zini tushunish va 
bilish, balki boshqalarni “refleksiyalovchi” obyekt, ya’ni mijozning shaxsiy 
xususiyatlari, emotsional ta’sir va kognitiv (bilish bilan bog‘liq) tasavvurlari 
haqida bilishini aniq-lash hamdir. Ushbu tasavvurlarning mazmunini o‘zaro 
hamkorlik predmeti (natija) sifatida namoyon bo‘lganda refleksiyaning alohida ‒ 
predmet-refleksiya munosabat-lari shakli rivojlanadi. 
Refleksiya murakkab jarayon sifatida subyektlarning bir-birini aks ettirishini 
xarakterlovchi, kamida quyidagi: 
- haqiqatda ijtimoiy ish xodimining qandayligi; 
- ijtimoiy ish xodimi o‘zini qanday tutishi; 
- ijtimoiy ish xodimining mijozga qanday ko‘rinishi; 
- mijoz tomonidan xuddi shunday holatning namoyon etishi kabi holatlarda 
namoyon bo‘ladi. 
Refleksiya ijtimoiy ish xodimlari bir-birini o‘ziga xos xislatlarini qayta tiklash 
va rivojlantirish mazmunidagi xxizmatchilar bir-birining faoliyatini aks ettirish 
jarayonidir. Shu bilan bir qatorda, ushbu o‘zaro aks ettirishni o‘rganish ijtimoiy 
psixologiyada eksperiment asosida o‘tkaziladi. Va birgalikda faoliyat yurgizayotgan 
ijtimoiy xizmatchilar juftligini yoki o‘zaro hamkorlik bilan bog‘langan real ijtimoiy 
guruhlarni o‘rganish bilan bog‘liqdir (D.Xolm, T.Nyukoma, Ch.Kuli, G.M.Andreyev 
ishlarida). 
Psixologiyada refleksiyani tizimli o‘rganish asosida 1900-1930-yillarda 
(I.M.Sechenov, V.M.Bexterov) bosh miyaning ishtirokida kechadigan reflekslarni 
o‘rganish predmeti qilib olgan tabiiy-ilmiy yo‘nalish yuzaga keldi. 
Psixofiziologiyadagi bu yo‘nalish refleksiologiya (
lot. reflixus-aks ettirilgan
logos-ta’lim)
nomini oldi. Psixologiya doirasida vujudga kelib refleksiologiya, 
pedago-gika, psixiatriya, sotsiologiya, ijtimoiy ish, madaniyatshunoslikka kirib 
keldi. Lekin bir kator empirik muvaffaqlatlarga qaramasdan, refleksiologiya xulq 
faoliyatining qo‘shimcha hodisasi sifatida psixik jarayonlarni mexanistik talqinini 
yenga olmadi. 
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyati ong strukturasini vujudga 
keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi: 
a) ijtimoiy xususiyati xatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan 
belgilarning qamrab olinganligi;
b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik; 
d) predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol 
tasvirlarga va alomatlarga ega bo‘lishligi va b
410

Refleksiya bu mijoz tomonidan aytilganlarga qaytishdir. Bu mijozlarni 
eshitish va ular tomonidan aytilganlarni bir majmuaga keltirish vositasidir. Bu 
mijoz tomonidan aytilgan barcha fikrlarning uning o‘ziga qaytarishdir. 
410
 Фалсафа: комусий луғат / Тузувчи Қ.Назаров. -Тошкент: «Шарқ», 2004. - Б. 316. 


339 
Refleksiyaning ikki turi mavjud: 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish