Professional axloq
. Milliy tashkilotlar, Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federat-
siyasi, Ijtimoiy Ishchilar Maktablarining Xalqaro Assotsiatsiyasi a’zolariga yuklan-
gan mas’uliyat-Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federatsiyasi, Ijtimoiy Ishchilar Maktab-
larining Xalqaro Assotsiatsiyasi dekloratsiyasiga muvofiq etikada ularning shaxsiy
qoidalari va etik me’yorlarni muntazam ravishda yangilab turish va
rivojlantirishdan iborat.
Milliy tashkilotlar ijtimoiy ishchilar va ”ijtimoiy ish” ixtisosligi bo‘yicha
ta’lim beradigan institut (maktab, fakultet, bo‘linmA. larni bu qoidalar va
me’yorlar haqida xabardor qilishga mas’uldirlar.
Ijtimoiy ishchilar ularning davlatlarida ayni lahzada harakatdagi etikaning
qoidalari va me’yorlari bilan muvifiqlikda harakat qilishlari lozim. Bu qoidalar va
me’yorlar, umuman olganda, milliy kontekstda ularni qo‘llashni aniq belgilovchi
hiyla mukammal tavsiyalardan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy siyosat tamoyillari ichida eng asosiy tamoyil bu ijtimoiy adolat
tamoyilidir. U nafaqat ijtimoiy siyosatning balki davlat siyosatining barcha yo‘na-
lishlarini asosiy tamoyili bo‘lib hisoblanadi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur
siyosatining asosiy tamoyili “Kuch – adolatda” deb nomlanishi bejiz emas.
Ijtimoiy adolat bu jamiyatni moddiy va ma’naviy rivojlanish darajasi bilan
obyektiv ravishda belgilanadigan odamlarni hayotiy ahvolidagi tenglik (va teng-
sizlik) o‘lchovidir. Ijtimoiy adolat real xalq hokimiyatini va qonun oldida hamma
fuqarolarni tengligini, millatlarni teng huquqliligini, shaxsni hurmat qilinishini va
uni har taraflama rivojlanishi uchun sharoit yaratilishini qamrab oladi. Bu keng
ijtimoiy kafolat hamdir. Ish bilan ta’minlash, ma’lumot olish, madaniy, tibbiy ish
olish va uy-joyga ega bo‘lish, keksalarga, onalik va bolalikka g‘amxo‘rlik qilish
kafolatidir. Davlat ijtimoiy siyosatining muhim vazifalaridan biri bu ijtimoiy
munosabatlarning barcha sohalarida ijtimoiy adolat tamoyilini to‘liq amalga
oshirishdan iborat. Ijtimoiy adolat faqatgina odamlarning ongida mavjud
bo‘lmaydi. Balki u tarixiy xarakterga ega bo‘lib olg‘a rivojlanib borayotgan real
ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi.
Ijtimoiy adolat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lgani kabi xuddi shunday bu
axloqiy-huquqiy kategoriya hamdir. U odamlarni xohish va imkoniyatini, erkinlik
va mas’uliyatini, huquq va majburiyatini, odamlarni ishini va jamiyatdagi o‘rnini
munosibligini anglatadi. Bundan tashqari ijtimoiy sohada ma’lum bir axloqiy
normalar hukmronlik qilishi kerakki, zarur bo‘lganda bu normalar o‘zgalar
manfaatini (yordamga muhtojlar manfaati) ustivorligini ta’minlashi lozim.
317
Inson hayotini va birinchi navbatda yordamga muhtojlar hayotini farovon
qilishga qaratilgan ijtimoiy siyosat vazifalarini samarali hal qilishda yuqorida qayd
qilingan omillar ayniqsa, ijtimoiy adolat tamoyilini roli muhim ahamiyatga ega.
Faqat demokratik, huquqiy davlatgina bunday tamoyillarga rioya qilib, xalq
hayotini farovonligini ta’minlashi mumkin.
Har bir fan nazariy va amaliy bilimlar, nazariyalar, uslub va uslubiyat-
(texnologiya)lar qorishmasidan iborat. Shundan kelib chiqilsa, ijtimoiy ish faoli-
yatning universal turi, bilimning sohasi sifatida esa u boshqa fanlarning butun bir
majmuyi bilan uzviy bog‘liq, ijtimoiy ish tamoyillarining bir necha guruhini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1) mazmuniga ko‘ra: insonparvarlik; demokratizm; qonuniylik; kishilar
faoli-yatining muayyan shart-sharoitlari bilan bog‘liqlik; ijtimoiy faollikni rag‘bat-
lantirish; ijtimoiy adolat; altruizm; ijtimoiy, jamoaviy va shaxsiy manfaatlarning
uyg‘unlashuvi; o‘zini-o‘zi ta’minlash; ijtimoiy xizmatlar sohasida inson va
fuqarolar huquqini himoya qilish va ularning davlat tomonidan kafolatlanishini
ta’minlash, fuqarolar uchun ijtimoiy xizmatlarga ega bo‘lishda teng imkoniyatlarni
ta’minlash; xizmatlarga ega bo‘lishda fuqarolarning roziligi; ijtimoiy xizmatlarga
ega bo‘lishning ochiqligi; ijtimoiy ishda sir saqlash; ijtimoiy xizmatning barcha tur
va shakllari vorisiyligi; adreslilik; sog‘ligi va hayoti xavf ostida bo‘lgan
fuqarolarga ko‘mak berishdagi ustuvorlik; profil’’aktika yo‘nalishi; ijtimoiy
reabilitatsiya va adaptatsiyaga ko‘maklashuv; idoralararo va fanlararolik; faoliyat
nuqtayi nazaridan yondashuv; ijtimoiy xizmatni hududiy tashkil qilish; aholiga
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ko‘ngilli jamoatchilik faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash va boshqalar;
2) tashkiliy: ijroni nazorat qilish va tekshirish; xizmatchilarning vakolatlari
va mas’uliyatlari, huquqlari va majburiyatlarining birligi; umumiylik; komplekslik;
vositachilik; hamkorlik; yordam ko‘rsatish va boshqalar;
3) psixologik-pedagogik: kompleks va differensiallashgan yondashuvlar;
texnologik vakolatlilik; faollikni rag‘batlantirish; maqsadga yo‘naltirilganlik;
hamdardlik, jozibadorlik, ishonch; vorisiylik; paydarpaylik; uzluksizlik; mijozning
yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar.
Insonparvarlik ijtimoiy ishdagi insonni oliy qadriyat sifatida baholaydigan,
uning fuqarolik sha’ni va huquqlarini himoya qiladigan, shaxsning o‘z
qobiliyatlarini erkin va har tomonlama namoyish qilishi uchun sharoit yaratadigan
etakchi maqsadli ustanovkadir.
Xizmat yo‘riqnomalari, buyruqlar va farmoyishlar bilan tartibga solinadigan
rasmiy munosabatlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy xizmatchi va mijoz o‘rtasidagi
norasmiy aloqalar, avvalo, sanksiyalash ahamiyatiga ega bo‘lmagan, shaxsiy
sifatlarning ruhiy jihatdan mosligi, manfaatlarning umumiyligi, simpatiyalar va
antipatiyalar asosida vujudga keladi. Ijtimoiy ishdagi munosabatlarning norasmiy
xarakteri ruhiy fenomen sifatida namoyon bo‘lsa ham ijtimoiy xizmatchining
xizmat majburiyatlari, lavozim faoliyatlari doirasidan chetga chiqmaydi.
Ijtimoiy ishdagi demokratizm mijoz bilan ruhiy aloqa o‘rnatish ko‘nik-
malarini, muloqot me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishini, mijoz shaxsiyatiga
318
nisbatan hurmat va e’tiborni, uning shaxsiy muammolarini hal qilishga o‘zini jalb
etishni va aql kuchi, bilimlari, axloqi, tajribasi yordamida ta’sir o‘tkazishni talab
qiladi.
Qonuniylik ijtimoiy ishdagi asosiy mazmuniy tamoyillardan biri sifatida
qonunlar va unga asoslangan huquqiy hujjatlarga barcha davlat idoralari,
mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat’iy rioya
qilinishini taqozo etadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar shunday bir shaklki, unga
davlatning siyosati, shu jumladan, ijtimoiy siyosat yo‘g‘riladi. huquqning roli va
maqsadi avvalo, siyosatni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qilishdir, biroq bu rolni
huquq faqatgina uning me’yorlariga barcha tomonidan rioya qilingani taqdirda
bajarishi mumkin. Mana shunda qonuniylikning birlamchi va asosiy talabi,
jumladan, ijtimoiy ishdagi qonu-niylikning talabi namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ishning eng muhim mazmuniy tamoyillaridan biri uning odamlar
hayot faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog‘liqligidir. Bu tamoyilda ijtimoiy ish
nazariyasi va amaliyotining birligi namoyon bo‘ladi, uni amalga oshirish esa
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning, uning huquq va manfaatlarini himoya
qilishning ilmiy asoslangan tarzda qo‘llanishi va realligini ta’minlab beradi.
Hayot har doim nazariyadan ko‘ra boyroq, ko‘rsatma va yo‘riqnomalardan
ko‘ra ko‘p qirraliroqdir. Vaziyatlar va hayot faoliyatining shart-sharoitlari muttasil
o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning madaniyat darajasi, ma’lumoti,
jinsi, yoshi, mehnat qobiliyati va malakasi, sog‘ligiga ko‘ra turfaligi ijtimoiy
xizmatchilar duch keladigan ijtimoiy muammolarning doimo yangilanib turishi va
o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy ishning shaxs hayot
faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog‘liqligi tamoyili, avvalo, muayyan vaziyatni
tahlil qilish va baholash, insonning hayot sharoitiga ijtimoiy tashxis qo‘yishni
nazarda tutadi. Bu tamoyil ijtimoiy xizmatchini ijtimoiy vaziyatdagi ijtimoiy ish
maqsadlariga erishish uchun bevosita ahamiyatga molik xususiyatlarni aniqlashga
yo‘naltiradi. U mavhum nazariyalarga, qoliplarga, inersiya va rasmiyatchilikka
berilish uchun yo‘l qo‘ymaydi.
Ijtimoiy ishning muhim tashkiliy tamoyillaridan biri ijroni nazorat qilish va
tekshirishdir. Ijtimoiy xizmatlarning nazorat qilish-tekshirish funksiyasi alohida bir
soha bo‘lmasdan uning ajralmas tarkibiy qismidir. Ijtimoiy xizmatlar va boshqaruv
organlari faoliyatidagi nazorat qilish-tekshirish faoliyatining mazmuni davlat
tomonidan aholi turli guruhlarini ijtimoiy muhofazalash bo‘yicha belgilangan
tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy ishning asosiy tashkiliy tamoyillaridan biri vakolat va mas’uliyat,
huquq va majburiyatlarning birligidir. Ijtimoiy xizmatlar va ularni boshqaruv
organlari faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning aniq faoliyat yuritishiga
har bir ijtimoiy xizmatchi o‘z funksiya va vazifalarini aniq bilishi orqali erishiladi.
Hayot kichik mas’uliyat bilan ulkan vakolatlarning birikishi ma’muriy o‘zi
bo‘larchilik, yaxshi o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish uchun qulay sharoit
yaratishini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, kadrlarning katta mas’uliyatga va kichik
vakolatga ega bo‘lishi tezkor, qat’iy harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi, amalda
ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining tashabbusini bo‘g‘adi va mas’uliyatsizlikni
319
keltirib chiqaradi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy ish bo‘yicha har bir
mutaxassisning vakolatlariga mutanosib tarzda mas’uliyatini belgilash va ularga
yuklatilgan funksional majburiyatlarning aniq bajarilishini ta’minlash ijtimoiy ish
samaradorligining zaruriy shartidir.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirilgan holda ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ish
mehnat turi sifatida o‘zining davriy rivojlanish bosqichlari va amal qilishining
umumiy va xususiy qonuniyatlari hamda tamoyillariga egadir. Bu o‘z navbatida
mazkur sohada olib borilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar mavzusi talaygina
ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur sohani rivojlantirish, yetishtirilayotgan soha
mutaxassislarining kamolotini ta’minlash maqsadida rejalashtiriladigan ilmiy
tadqiqotlar ijtimoiy ish falsafasining gnosologik, dialektik va akseologik jihatlarini
rivojlantirishga qaratilsa maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ishchilarning axloq to‘g‘risidagi bilimlari kasbiy amaliyotining
muhim qismi hisoblanadi. Ularning axloqiy xushmuomalalik bilan yo‘l tutishga
intilishlari va qobiliyatlari taqdim etilgan xizmatlar sifatining muhim jihati
hisoblanadi. IIXF va IIMXA larning axloqqa qaratilgan maqsadlari bu ijtimoiy ish
tashkilotlari, ijtimoiy ish maktablari va ijtimoiy ish sohasi bilan shug‘ullanadigan
talabalar tomonidan axloqiy muammolarning tahlili va muhokama jarayonlarini
osonlashtirish va bajarilishiga yordam berish hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari
duch keladigan axloqiy muammolarning ba’zilari o‘zlari yashaydigan hududga xos
bo‘lishi, boshqalari esa barcha davlatlar uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Umumiy
tamoyillarga rioya qilgan holda, umumtasdiqlangan IIXF va IIMXA o‘z oldilariga
butun dunyo ijtimoiy ish xodimlarining o‘zlari duch keladigan muammolar va
dilemmalar
orasida
fikr
yuritishi
va
mulohazalarni
kuchaytirishi
va
rag‘batlantirishi hamda ular tomonidan aniq qabul qilinadigan qarorlar, xulosalarni
axloqiy muammolar majmuasining umumiy bilimlariga asoslanishini maqsad qilib
qo‘ydilar. Ijtimoiy ish sohasi axloqiy tomonlarining muammoli jabhalari
quyidagilar hisoblanadi:
- nizolarni barcha tomonlariga sodiq va xolis bo‘lgan holda bartaraf qilish
zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar yordamchilar sifatida harakat qilishlari bilan bir vaqtning
o‘zida yordam ko‘rsatilishi jarayonini nazorat qilishi zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar o‘zlari ish olib borayotgan mijozlarining talab-
ehtiyojlarini himoya qilish majburiyati va jamiyat talablari bilan o‘z faoliyatlarini
ko‘rsatilgan xizmat ma’qulligi va samaradorligi asosida muvofiqlashtirilishi
zarurligi o‘rtasidagi nizo.
- jamiyat ixtiyorida bo‘lgan resurslarning cheklanganligi.
IIXF va IIMXA tegishli uchrashuvlarda 2000-yilda Monrealda (Kanada)
alohida qabul qilingan, keyinchalik 2001-yil may oyida Kopengagenda birgalikda
kelishilgan ijtimoiy ishning ta’rifi mazkur hujjatning boshlang‘ich nuqtasi
hisoblanadi. Ushbu hujjatda inson huquqlari va ijtimoiy adolatning amal qilinishi
tamoyillarini belgilab beradi. Keyingi bo‘lim ijtimoiy ish sohasi bilan bog‘liq
bo‘lgan inson huquqlari to‘g‘risidagi turli xil konvensiyalar va deklaratsiyalar
haqida bayon qiladi. 4-bo‘limda inson qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek,
320
ijtimoiy adolat va inson huquqlariga amal qilish bo‘limlarida ko‘rsatilgan asosiy
axloqiy tamoyillar belgilab o‘tilgan. Yakunlovchi bo‘lim IIXF va IIMXA ning
tegishli tamshkilot a’zolari tomonidan detallashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ish
axloqiy xulq-atvorining asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Inson huquqlarining xalqaro deklaratsiya va konvensiyalari hammaga
ma’qul bo‘ladigan asosiy standartlarni (mezonlarni) shakllantiradi. Ijtimoiy ishning
amaliy faoliyati bilan quyidagi hujjatlar bog‘liq:
- Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi.
- Fuqarolikka oid va siyosiy huquqlariga qaratilgan xalqaro shartnoma.
- Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to‘g‘risida xalqaro shartnoma.
- Irqiy tahqirlashning barcha shakllarini istisno qilish to‘g‘risidagi
konvensiya.
- Ayollar tahqirlanishining barcha shakllarini istisno qilish to‘g‘risidagi
konvensiya.
- Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya.
- Aborigen va qabilaga oid xalqlar to‘g‘risida konvensiya.
Ijtimoiy ishchining faoliyati inson huquqlari va erkinligini, uning obro‘si va
qadriyatlari hamda o‘z imkoniyatlarini munosib hayot sharoiti va farovonlikni
amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga asoslangan. Shu
qadriyatlar bilan bog‘liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- Ijtimoiy ishchi etikasining ushbu kodeksi asoslanadigan Xalqaro
shartnomalarda e’lon qilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
- Insonning mustaqil tanlov va o‘z-o‘zini aniqlashi huquqini tan olish.
Ijtimoiy ishchilar odamga ijtimoiy ko‘maklashgancha uning o‘zi qaror qabul
qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo‘qligi sharoitida
o‘z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi;
- Ijtimoiy ishchining aholini turli konfessional va etnik guruhlariga
munosabati bo‘yicha insonparvarligini ko‘zda tutuvchi polietnik jamiyat
kontekstida insonning ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish
mijozlari turli tuman xislatlarga ega bo‘lgan alohida odamlar yoki shaxslar, guruh
bo‘lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam
ko‘rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor;
- Kamsitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari,
yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e’tiqodi, ideologiyasi, millati,
sog‘ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat’iy nazar, qanday
bo‘lsa shundayligicha qabul qilishni amalga oshiradi;
- Ijtimoiy ishchilar odamlarni ularning hayotini o‘zgartirishga, inson,
guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangancha imkoniyat
berishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etishga ko‘maklashadi;
- Odamlar qadr-qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta’minlash,
ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashish ijtimoiy ishchi tomonidan
insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda
tushunishi, uning manfaatlari va ehtiyojlarini hurmatlashidan kelib chiqib amalga
oshiriladi.
321
Ijtimoiy ish xodimi
bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal
qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan,
ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishini e’tiborga olsak,
faoliyat sifatida ijtimoiy ish quyidagi konseptlar bilan xarakterlanadigan kasb:
- ilmiy asoslangan bilim va nazariyalarga tayanadi;
- dalillarga asoslangan amaliyotga tayanadi;
- axloqning etik tamoyillari va standartlariga amal qiladi;
- mijoz va uning atrofidagi kishilar bilan o‘zaro professional harakatda
amalga oshiriladi.
Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:
- ijtimoiy ish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quv rejasi
tuzilmasini (amaliyotni kiritgan holda) va bu bilimlar hamda axborotlarni ijtimoiy
ishning zamonaviy nazariyalari va modellariga muvofiq ravishda doimiy yangilash
jarayonini ifodalovchi ta’lim standartiga asoslangan ta’lim jarayonini
rivojlantirish;
- ijtimoiy sohada rasman ishlash huquqini beradigan diplom yoki sertifikat
ko‘rinishidagi rasmiy vakolatlarning mavjudligi;
- ta’lim jarayoni va amaliyotni nazorat qiladigan, tashkilotlardagi ijtimoiy
ishchining axloq standartlari va etik kodeksini ko‘rib chiquvchi hamda
rivojlantiruvchi professional assotsiatsiyalar va uyushmalarning
mavjudligi.
Ijtimoiy ish kasb sifatidagi quyidagicha xarakterlanadi:
- Ijtimoiy ish ba’zi kasblar diqqat-e’tiborini alohida individiumlarga
(masalan, psixologlar) yoki yaxlit holda jamiyatga (masalan, sotsiologlar yoki
politologlar) qaratgan bir paytda insonni ijtimoiy muhitda ko‘rib chiqadi.
- Ijtimoiy ish ibtidoni boshqa fan va kasblardan olgan nazariya va
usullarning noyob majmuyidan iborat. Ijtimoiy ishning rivojlanishidagi zamonaviy
tendensiyalar ishning turli usullari va yondashuvlari uyg‘unligi, mul’ti-darajali
intervensiya hamda fanlararo yondashuvning rivojlanishiga yo‘naltirilgan.
- Ijtimoiy ish ijtimoiy ko‘makka muayyan qat’iy yo‘nalishga ega va
aholining zaif qatlamiga alohida e’tibor qaratadi, u ijtimoiy ishlarni tashkil etish va
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
- Ijtimoiy ish mijozlarning o‘z-o‘zini aniqlashiga alohida urg‘u beradi, mijoz
va ijtimoiy ishchi o‘rtasidagi munosabat ochiqlik va o‘zaro do‘stlik bilan
xarakterlanadi, bu esa muammoning maqbul echimi uchun imkon beradi.
Ijtimoiy ish o‘z sarchashmasini insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va
demokratik ideallarda oladi, uning qadriyatlari tenglik, har bir shaxsning qadriyati
va har bir odamning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Kasbning paydo
bo‘lishidan boshlab, deyarli bir yarim asr avval ijtimoiy ish amaliyotining
diqqate’tibori umuminsoniy ehtiyojlar va inson imkoniyatining rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan. Inson huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy haqqoniylik
ijtimoiy ishchilar faoliyati uchun motivatsiya va sabab bo‘lib ish qiladi, “zaif”
ijtimoiy qatlamga hamfikrlik tufayli kasb faqirlikni engillatish, himoyaga muhtoj
va ruhan ezilgan odamlarni jamiyat a’zosi sifatida faoliyat yuritishlarini
322
faollashtirish uchun ozod qilishga intiladi. Ijtimoiy ish qadriyatlari professional
milliy va xalqaro etik kodekslarda mujassamdir.
Ijtimoiy ish xodimi jamiyatda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, tengsizlik va
nohaqlik bilan kurashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ish xodimi krizis va kritik holatga,
shuningdek, kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga munosabat bildtirish
lozim. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit
yondashuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta’sirlarning turli-tumanligidan
foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning
individual shaxsiy darajadagi mashg‘ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok
etishni, shuningdek, ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni qabul qilishgacha yoyiladi.
Amaliy faoliyat maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy
pedagogik ish, oilaviy terapiya, shuningdek, odamlarga jamiyatda mavjud bo‘lgan
ish va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan
tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy
siyosat hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatish maqsadida jamoatchilik va
siyosiy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining
ustuvorligi davlatdan davlatga o‘tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va
ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib tursada, ijtimoiy ishning
majmuaviy yaxlit yondashuvi universaldir.
Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida turli davlat va tashkilotlarning
faoliyatini belgilovchi xalqaro deklaratsiya va konvensiyalar ijtimoiy ishchining
ushbu professional hamda etik kodeksi asosida turadi. Xulosa qilib aytganda,
ijtimoiy ish axloqi zamonaviylik qadriyatlariga asoslanganligi sababli, uni ijtimoiy
nutqqa joriy etish va tarqatish jamoat axloqini modernizatsiya qilish omiliga
aylanishi mumkin. Shu bilan birga, zamonaviy-an’anaviy jamiyatlarda ijtimoiy
ishning axloqiy asoslari ham o‘zaro yordam va rahm-shafqatning an’anaviy
qadriyatlari bo‘lishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ishning tarqalishi va uning
obro‘sining oshishi uchun ijtimoiy-psixologik asosni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |