314
4) vafot etgan insonga o‘zini o‘xshatishini;
5) jismoniy yoki psixologik yetuk bo‘lmaganligini;
6) ijtimoiy aloqalar doirasining torligini;
7. mavhumlik holati hukmronligini;
8) shaxsiy va oilaviy yo‘qotishlarni;
9) ijtimoiy yordam oluvchini yaqinlarining patologik reaksiyasi va
boshqalar.
Bunday holatlarda amaliy yordam ko‘rsatish bilan birga psixologik ta’sir
ko‘rsatish ham lozim bo‘ladi. Chunki ishontirish, tushuntirish, chalg‘itish, ruhlan-
tirish, ehtirom keltirish amaliy yordam ko‘rsatuvchidan psixologik bilimlarga taya-
nishni taqozo etadi.
Ijtimoiy ishchining professional va etik kodeksining ijtimoiy ishning qadri-
yatlari va tamoyillariga bag‘ishlangan qismi 2004-yil
oktyabrida Adelaida
(Avstraliya)a qabul qilingan Ijtimoiy ish bo‘yicha maktablar xalqaro assosiatsiyasi
va Ijtimoiy ishchilar xalqaro federasiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar
Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi. Bu hujjatda ijtimoiy
ishchilarning o‘z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo‘lishi professional
amaliyotning muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish
tamoyillari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy ishning mohiyati va missiyasi uning noyob va o‘ziga xos xarakterini
belgilovchi asosiy qadriyatlarida aks etgan. Ijtimoiy ish quyidagi qadriyatlarga
asosan ish tutadi:
- inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish;
- ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm;
- sodiqlik va vijdonlilik ;
- professional vakolatlilik;
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik ijtimoiy
ishning asos soluvchi
tamoyillari va qadriyatlari hisoblanadi. Bu qadriyatlar bilan bog‘liq ravishdagi
tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- ijtimoiy ishchining insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng
huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli
taqsimlashni ta’minlash bo‘yicha faoliyati, davlat va jamoatchilik tashkilotlari
imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish
bo‘yicha faoliyati;
- ijtimoiy ishchilar ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy
sharoitlar va qiyinchiliklarni aniqlashga ko‘maklashadi, ijtimoiy siyosatning
shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta’sir
ko‘rsatadi;
- ijtimoiy ishchilar
kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu
madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, irqiy va diniy
mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo‘nalishni kamsitish kabi
turlari bilan kurashishlari zarur;
- ijtimoiy ishchilar o‘z faoliyatida ijtimoiy
haqqoniylik tamoyiliga amal
qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy-madaniy farqlarni inobatga oladi, tan oladi va
315
hurmat qiladi;
- ijtimoiy ishchilar faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini
uyg‘otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni
tenglashtirishga yo‘naltirilishi darkor. Ijtimoiy ishchining amaliy faoliyati ijtimoiy
haqqoniylik tamoyillariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash
va o‘z-o‘zini aniqlash, o‘zo‘zini ijobiy ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: