Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

munosabatlardagi iliqlik; 

ochiqlilik; 
- e
mpatiya; 

o‘zga kishilarga nisbatan ijobiy munosabat

Bu shaxsiy sifatlar “malaka” bo‘lib hisoblanmaydi, lekin malakalardan 
o‘rinli va diqqat hamda e’tibor bilan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Ular 
kishilar orasidagi 
barcha munosabatlar zaminida mavjud bo‘lib, o‘z 
samaradorligiga ega bo‘ladi. Shaxslararo munosabat malakalariga o‘rgatish ishini 
shu tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ustanovka va shaxsiy sifatlar tushunchasini 
muhokama qilmay turib boshlab bo‘lmaydi. 
Munosabatlardagi iliqlik.
Kengyurak inson uchun o‘zga kishilar bilan 
muloqotga kirishish sovuq munosabatli odamlarga qaraganda ancha osonroqdir. 
Kengyurak deganda, odatda mijozga nisbatan iliq munosabatda bo‘ladigan va 
mijoz uchun ishonch uyg‘ota oladigan qobliyatli inson tushuniladi

“Munosabatlardagi iliqlik” tushunchasi keyingi tasdiqlarni ham o‘z ichiga 
oladi: 
• muloqotdagi har ikki tomon huquqlarining tengligi; 


310 
ayblovlarning mavjud emasligi
• o‘zini himoyalovchi pozitsiyadan xolilik; 
• yaqinlik. 
Munosabatlardagi iliqlik – bu bir vaqtning o‘zida alohida turdagi tafakkur 
hamda malakadir. ehtimol, bu xatto o‘zining oldida ham rostgo‘y bo‘lish hamda 
o‘zga kishilar bilan ochiq muloqotga kirisha olishga tayyorlik qobiliyatida 
namoyon bo‘luvchi malakadir. Shunday qilib, mazkur tushunchaning asosiy tarkibi 
bu 
o‘zga kishiga nisbatan tenghuquqli munosabatda bo‘lish
dir. 
Iliqlik doimo mutaxassisdan kelib chiqishi kerak. Biroq bu munosabat 
qarama-qarshi tomondan ham xuddi shunday tarzdagi munosabat asosidagi 
javobga ega bo‘lishi kerak, degani emas. Agar biz biror bir kishiga kasbiy 
yordamimizni ko‘rsatayotgan bo‘lsak, biz albatta, ushbu insonga nisbatan doimo 
iliq munosabatni namoyon qilishimiz zarur. Biroq biz u odamdan ham shu tariqa 
munosabatni kutishimiz kerak emas. Do‘stona munosabatlardan farqli ravishda 
kasbiy munosabatlarda bu u darajada ahamiyatga ega bo‘lgan zaruriyatlardan 
emas. 
Ochiqlilik
ham kasbiy munosabatlarning e’tiborga molik tomonidir. Bu 
yerda barchasi aniq va tushunarli bo‘lsa kerak: biz yoki ro‘paramizda turgan odam 
bilan chin dildan qiziqishimiz yoki aksincha qiziqmasligingiz mumkin. Kasbiy 
qiziqish doimo mutaxassisning shaxsiy qiziqishi doirasidan kelib chiqadi va uni 
yuzaki tarzda namoyon qilib bo‘lmaydi. O‘z kasbining haqiqiy ustasi har qanday 
vaqtda ham o‘z mijozi haqida qayg‘urib, unga qo‘ldan kelganicha chin dildan 
yordam berishga harakat qiladi. Bunday munosabatlar rivojlanishiga yordam 
beruvchi turli vositalarni qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Hech narsa chin 
dildan munosabatda bo‘lishda xalaqit bermaydi va u doimo insonning ongli 
tashabbusi hamda ma’suliyati ostida kechishi, shu bilan birga bo‘lib o‘tayotgan 
hodisalar uchun javobgarlikni his etishi lozim. 
Ehtimol, ba’zi insonlar uchun samimiy bo‘lish bu u yoki bu kasbiy rolni 
yuqori darajadagi ustalik bilan bajarishdan iborat degan tushuncha bilan talqin 
etilishi mumkin. Boshqa tomondan, yaxshi mutaxassis bu har bir sohada 
samimiylik bilan o‘z faoliyatini yurgizuvchi, lekin shu bilan birga bu xususiyatni 
o‘zga kishilar oldida ham samimiylik bilan namoyish qila biluvchi shaxs hamdir. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish