Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

intellektual
darajasi esa, mutaxassisni 
kasbiy vazifalariga majmuaviy tarzda yondashganligida, turli kasbiy muammolarni 
yechishda aqliy salohiyatini ifodalashda namoyon bo‘lib, asosan kasbiy tizim 
doirasida layoqatlilikni namoyon etadi; 
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni 
vaziyatli
darajasi, kasbiy tizim 
doirasida yuzaga keladigan standart va nostandart vaziyatlardan kelib chiqqan 
holda, muammoni korxona/ishlab chiqarish birlashmasini manfaatidan kelib 
chiqqan holda maqsadli yechishda namoyon bo‘lib, amaliyotda kasbiy tajribaning 
hosilasi sifatida baholanadi
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni 
ijtimoiy
darajasi kasbiy tizim doirasida 
kommunikativ va integratsion qobiliyatlarni namoyon etishda, xususan, jamoaviy 
tarzda kasbiy vazifalarni bajarishda, jamoviy muvaffaqiyatga erishishda ko‘rinadi; 
♦ ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikni 
individual
darajasi esa, mutaxassisning 
o‘z ustida ishlash, kasbiy pog‘onalarda o‘sishga tayyor turishida ko‘rinib, uni 
rivojlanishida ustoz – shogird tizimi amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda vorisiylik 
omilining amal qilishiga ham e’tibor qaratish lozim. 
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy ishda kasbiy layoqatlilikning tarkibiy qismlarini 
muloqot, moslashuvchanlik, ko‘nikma va bilim kabi xossalar xususiyatlarni tarkib 
toptirib, ijtimoiy ish mutaxassisini kasbiy layoqatmandligini baholashda (ekspertli 
baholashdA. asosiy omillar sifatida quyidagi muhim ko‘rsatkichlar majmuaviy 
tarzda inobatga olinishi lozim:-
ijtimoiy ish
mutaxassisni ixtisoslikka egaligi haqida 
ma’lumot (diplom), kasbiy malakaga egaligi, umumiy mehnat staji, kasbiy 
stereotipi, psixofiziologik holati, mehnat sharoiti, mehnatga bo‘lgan munosabati, 
kasbiy bilimdonligi, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy identifikatsiya hodisasi, kasbiga 
sodiqligi, kasbiy faoliyat mahsuli
va b. 
Mehnat psixologiyasi va mehnat sotsiologiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning 
natijalariga ko‘ra, agarda, kasbiy layoqatga ega bo‘lgan ijtimoiy ish mutaxassislar 
kasbiy amaliyotda uni qo‘llash uchun qiziqmasalar (manfaatdor bo‘lmasalar), u 
shunday o‘z holicha qolib ketadi. Shu bois, ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida 
(boshqaruv nuqtayi nazaridan) mutaxassislar kasbiy faoliyati dinamikasini 


307 
o‘rganib borish tavsiya etiladi. Bu vazifani tashkilotdagi psixolog yoki sotsiolog 
amalga oshirishi maqsadga muvofiq, negaki individual kasbiy layoqatlilikni 
namoyon etish yoki namoyon etmaslik o‘z maqsadlariga ega bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy ish kasbiy tizimi doirasida individual kasbiy layoqatlilikni 
ifodalanishida quyidagi maqsadlarda kuzatiladi: 
- ijtimoiy ish xodimi egallagan kasbiy mahoratini ish joyiga moslashtirishga 
ishtiyoqmandligi; 
- ish joyini (lavozimini) saqlash kafolati; 
- kasbiy o‘sish uchun aniq asoslarning mavjudligi; 
- mehnat bozoriga ijtimoiy ish mutaxassis sifatida kirib borishi; 
- yuqori mehnat haqini olishning ta’minlanganligi; 
- kasbiy jamoada shaxsiy nufuzini ko‘tarish imkoniyatining mavjudligi; 
- ijtimoiy ish mutaxassislari tomonidan kasb ustasi sifatida e’tirof etilishi; 
- ijtimoiy ish an’anasini davom ettirish va b. 
Ko‘rinib turibdiki, kasbiy layoqatmanlik nafaqat jamoa, balki alohida 
mutaxasisning faoliyatining (bu holat boshqaruvda yoki ishlab chiqarishda 
kuzatilishi mumkin) mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, kasbiy 
layoqatlilikni oshirish shaxsiy va jamoaviy ahamiyat kasb etadi. Kasbiy 
layoqatlilikni oshirish deganda, ijtimoiy ish kasbiy faoliyat samaradorligini 
ta’minlash uchun tayanch hisoblangan shart-sharoitlarni yaratib, kasbiy ta’lim, 
kasb sohasi va yo‘nalishini boshqarish, trening va seminarlar, namunaviy o‘quv 
mashqlar yordamida strategiyani amalga oshirishni tushunish lozim bo‘ladi. 
Ijtimoiy ish barcha insonlarning azaliy qadriyatlari va qadr-qimmatining tan 
olinishi va shulardan kelib chiqadigan huquqlarini hurmat qilinishiga asoslanadi. 
Ijtimoiy ishchilar har bir insonning tinchligini va jismoniy, fiziologik, emotsional 
va ruhiy yaxlitligining himoya qilishlari va qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Bular 
quyidagilarni anglatadi: 
1. Mijozning o‘z o‘rnini, yo‘lini mustaqil belgilab olishi huquqini hurmat 
qilish.
2. Insonlarning ishtirok etish huquqi. Mijozlarning shaxsiy hayotiga 
qiladigan mustaqil qarorlarni qabul qilishlariga imkon yaratish. 
3. Insonga butun shaxs sifatida nazar solish. 
4. Kuchli tomonlarni aniqlash va rivojlantirish. 
Ijtimoiy ishchi o‘zlari olib boradigan insonlarga va umuman jamiyatga 
aloqador bo‘lgan ijtimoiy adolatning o‘rnatilishiga yordam berishga majburdirlar. 
Bu quyidagilarni anglatadi: 
1. Negativ (salbiy) tahqirlashga qarshi chiqish. 
2. Tafovutlarni tan olinishi. 
3. Chora-imkoniyatlarning teng taqsimlanishi. 
4. Adolatsizlikka qarshi chiqish. 
5. Mustahkam birdamlikda ish olib borish. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish