15.1.1-jadval
Jamiyat taraqqiyoti natijasida raqobat nazariyasining zamonaviy
tendensiyalaridagi o’zgarishlar
Jamiyat taraqqiyoti
bosqichlari
Nazariya vakillari
Nazariyaning bosh g’oyasi
Postindustrial
jamiyat
A.N. Brandenburger,
B.Dj. Neylbaff (1996 g.)
Hamkorlik
Dj. Mur (1996 g.)
Tadbirkorlik tizimlarining
Koevolyusion aloqasi
G. Xemel, K. Praxalad
(1994 g.)
Bilimlar iqtisodiyoti, muhim
ko‘nikmalar
Industrial jamiyat
M. Porter (1981 g.)
Iste‘mol zanjirining muhim
bo‘g‘inlarini boshqarish
Y. Shumpeter (1942 g.)
Mavjud manbalardan yangicha
uslubda foydalanish, innovasiya
Klassik jamiyat
Dj. Mil (1848 g.)
Miqyos samarasi
D. Rikardo (1817 g.)
Nisbiy ustunliklardan foydalanish
A. Smit (1776 g.)
Kapital, mehnat, yer
E‘tibor beradigan bo‘lsak A.Smit ilmiy ishlarida aks etgan raqobat
nazariyasi neoklassik maktab namoyondalari bo‘lgan K. Manger, F. Vizer,
A.Marshalllar raqobatni makrodarajadan mikrodarajaga o‘tkazish orqali tahlil
qildi. E.Chemberlin, Dj.Robinsonning ilmiy tadqiqotlari natijasida raqobatning
monopoliya bilan uzviyligiga doir muammolar yechimi birinchi o‘ringa chiqdi. XX
asr boshlarida iqtisodiy o‘sish sur‘atlarining pasayishi va iqtisodiy inqiroz
kuzatildi. Bu esa mavjud raqobat nazariyasini tanqidiy ko‘rib chiqish, bozor
munosabatlarini tartibga solishda davlat aralashuvini cheklash bilan bog‘liq
231
nazariyalarning o‘z tasdig‘ini topmaganligini ko‘rsatdi.
Ushbu yakuniy xulosa angliyalik iqtisodchi, J.M. Keyns
142
tomonidan ishlab
chiqildi. U bozor munosabatlarining o‘z-o‘zini tartibga solish nazariyasini tanqidiy
baholadi va iqtisodiyot va raqobat jarayonlarini tartibga solishda davlatning faol
aralashuvi bo‘lishini asoslab berdi. Raqobat jarayonlariga iqtisodiy subyekt sifatida
davlatning ham kiritilishi kelgusida raqobat nazariyasining tadqiqot doirasini
yanada kengaytirdi. Tadqiqotchilarning asosiy diqqat-e‘tibori raqobatning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning turli sohalariga ta‘sirini o‘rganishga qaratildi.
Keyinchalik ushbu nazariya Y.Shumpeter tomonidan innovasion rivojlanish
nazariyasi kiritilishi bilan yanada rivojlantirildi.
Biroq raqobat kurashi olib borish, raqobat afzalliklari, , samarali raqobat
strategiyalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topmasdan
qoldi.
Bu esa asrning ikkinchi yarmida raqobat nazariyasining zamonaviy
yondashuv va yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat beradi.
Raqobat nazariyasining rivojlanishiga XX asr o‘rtalarida J. Stigler
143
, ulkan
hissa qo‘shdi. U birinchilaridan bo‘lib mikroiqtisodiy nazariyalarga sanoat
tashkilotlari to‘g‘risidagi bilimlarni keng qo‘llash g‘oyasini ilgari surdi. Masalan, u
raqobat va monopoliyaning klassik modellarini real bozor jarayonlarini baholashda
qo‘lladi.
J.Stigler 1964 yili oligopoliya nazariyasini o‘ziga xos tahlil qildi, unga bir
necha sotuvchisi bo‘lgan bozorlar tahliliga mumtoz kartel nazariyasini qo‘lladi.
Uning ta‘kidlashicha, ishlab chiqaruvchilarning kelishuvi ichki jihatdan beqaror va
uning barqarorligi ishlab chiqarishni cheklashdan chetga chiqishning aniqlanish
ehtimolligi va kelgusida jazolanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Dj. Stigler birinchilardan bo‘lib iqtisodiy axborotlarni raqobat ustunligini
ta‘minlash va raqobat kurashi olib borishda qo‘lladi. J.Stigler raqobat kurashida
muvaffaqiyatga erishish uchun bugungi kunda dolzarb hisoblangan axborotlarga
ega bo‘lishlik talab etiladi, bu axborotlar har doim ularni olish uchun sarflangan
xarajatlarni qoplaydi deb ta‘kidlaydi.
Bu olim iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha sermahsul ijod qildi. Dastlab
D.Rikardoning qiymat nazariyasi, Marshallning naflik va talab masalalariga o‘z
munosabatini bildirdi. Uning ko‘p tadqiqotlari naf, talab nazariyalari tarixiga
bag‘ishlanadi. Kapitalning roli, ishlab chiqarishda avvalgi davrdagi xizmatlar roli
muhim masala sifatida qaraladi.
J.Stigler iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish masalalariga ham katta
e‘tibor beradi. U xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tartibga solish, xususan,
elektroenergetika sohasini o‘rganib, shunday xulosaga keladiki, tartibga solish
nihoyatda samarasizdir, uni qo‘llash soha mahsuloti narxining pasayishiga hyech
ham ta‘sir etmas ekan. Tartibga solish butun jamiyat manfaatlariga emas (aslida
shunday maqsad qo‘yilgan), balki ayrim korxona yoki kasbegalari yoki
142
Джон Мейнард Кейнс (1883-1946)
англиялик иқтисодчи, иқтисодий назарияга ―кейнс назарияси‖ни
киритган. ―Бандлик, пул ва фоизнинг умумий назарияси‖ китоби муаллифи.
143
Стиглер Дж. Дж. Совершенная конкуренция: исторический ракурс //Вехи экономической мысли. Том 2.
Теория фирмы/Под ред. В. М. Гальперина
СПб.: Экономическая школа, 2000. С. 299-328
232
guruhlarigagina yordam berar ekan. Agar tartibga solish qo‘yilgan maqsadlarga
javob bermasa, unda boshqarish tashkilotlarining mavjudligi masalasi ko‘tariladi,
ular o‘z-o‘zini oqlaydimi, yo‘qmi, degan savol tug‘iladi. 1971 yili yozilgan
―Iqtisodiy tartibga solish nazariyasi ‖da shu savolga javob beriladi va unda
boylikni siyosiy vositalar yo‘li bilan maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda hal
etish kerak, deyiladi.
J. Stigler (1911-1991) AQShning Chikago universitetidagi ilmiy faoliyati,
―industrial tuzilmalar, bozorlar faoliyati va davlat boshqaruvi oqibatlarini tadqiq
etganligi uchun ‖ 1982 yilgi Nobel mukofotiga loyiq deb topildi.
R.Solou
144
g‘oyalari yangi keynschilik ta‘limotini tanqid qilish asosida
yuzaga keladi. Neokeynschilik nazariyasining bo‘sh g‘oyalari quyidagicha
izohlanadi: 1) bu modellarda ishlab chiqarishning o‘sishi faqat yangi kapital
qo‘yilmalar funksiyasi sifatida qaraladi, vaholanki bu o‘sish yangi ishchi
kuchlarini jalb qilish orqali mavjud, ammo foydalanilmayotgan jarayon ishlab
chiqarish kuchlarini ishga solish bilan ham ta‘minlanishi mumkin; 2) modellarda
ishlab chiqarishdagi kapital hajmi o‘zgarmas deb qabul qilinadi, bu esa ishlab
chiqarishda turli kapital hajmlarini tanlab olishga imkon bermaydi. R.Solou va
ingliz olimi J.Mid iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdilar.
Unga ko‘ra, erkin raqobat saqlangan holda ishlab chiqarish omillari (kapital, yer,
mehnat) egalari chegaraviy (eng yuqori ) mahsulot olish bilan taqdirlanadilar.
Ishlab chiqarishning asosiy omillaridan to‘la foydalinaladi. Bunga erkin raqobat
mexanizmi imkon yaratadi va omillar narxiga ta‘sir etadi. Masalan, agar kapital
qo‘yilmalar sur‘ati juda yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish vositalarining narxi
ko‘tariladi. Bu esa ishbilarmonlardan kapital hajmini kamaytirish yo‘lini
axtarishga undaydi, oqibatda kapital narxi pasayadi. Bu nazariyada boshqa
komponentlar, ya‘ni mehnat, tabiiy resurslar, texnika progressi ham hisobga
olinadi.
Jon Nesh
145
(1928 y ) o‘yin nazariyasi va muvozanatlik nazariyasiga
bag‘ishlangan ishlari bilan tanilgan. U umumiy o‘yin nazariyasiga nokooperativ
o‘yinlar konsepsyasini kiritdi. Bu konsepsiya raqobat, oligopoliya, shuningdek,
iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qo‘llaniladi.
1960 yillarda zamonaviy raqobat nazariyasi rivojlanishining institusional
yo‘nalishi raqobatning industrial sohadagi muhim jihatlariga e‘tibor qaratdi. D.K.
Gelbreyt
146
raqobat rivojlanishining zamonaviy jarayonlarini yirik korporasiyalar
doirasida tahlil qildi. Uning fikricha bugungi kundagi yirik korporasiyalar narx,
xarajatlar va mijozlar soni bilan o‘z xukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa, mayda
firmalar esa ukumat siyosatiga va narx darajasiga ta‘sir ko‘rsata olmaganliklari
bois bozor tizimini tashkil etadilar. Bu esa o‘z-o‘zidan bozor munosabatlarini
144
Методологические аспекты управления конкурентоспособностью бизнес-систем. Часть 1. Стратегическая
конкурентоспособность, конку- рентоспособность компаний-лидеров, конкурентоспособность на рынке
электроэнергии: моногр. / В.А. Андреев [и др.]; под общ. ред. д-ра экон. наук, проф. С.А. Баронина. – Пенза:
ПГУАС, 2013. – 252 с.
145
Дж.Нэш. АҚШ математик, ўйинлар назарияси ва дифференциал геометрия бўйича профессор. 1994 йилда
―Нокооператив ўйинлар назариясида мувозанат таҳлили‖ бўйича Нобел мукофоти совриндори
146
Гэлбрейт Дж. Новое индустриальное общество: Пер. с англ. / Дж. Гэлбрейт. — М.: ООО «Издательство
АСТ»: ООО «Транзиткнига»; СПб.: Terra Fantastica, 2004. — 602, [6] с.
233
davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi. D.K.Gelbraytning fikricha
yirik korporasiyalar mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda erkin raqobat amal qilmaydi.
Bozor hukmronligini o‘zida aks ettirgan korporasiyalarni boshqarish maqsadida u
―texnostruktura‖ tushunchasini kiritdi. Texnostruktura – maxsus bilimlarga ega,
jamoaviy qarorlar qabul qila olish qobiliyati va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
malakali kishilar guruhidir. Zamonaviy sharoitlarda hukmron biznes subyektlari
texnostrukturalar yoki yirik korporasiyalarda namoyon bo‘ladi. ular sanoat
texnikasi va texnologiyasini murakkablashtiirsh va sanoat rejalashtirishning
samarali usullarini joriy etish orqali raqobat ustunligini namoyon qiladilar.
O.Uilyamson,
R.Kouz,
D.Nort,
M.Olsonlar
neoinstitusionalizm
namoyondalari sifatida sivilizasiyalashgan raqobat nazariyasini ishlab chiqdilar.
Ularning
fikricha,
firmalarning
vertikal
birlashuvi
monopol
mavqyeni
mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, firmaning bozor munosabatlari sharoitida tirik
qolishini ta‘minlaydi va transaksion xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
R.Kouz ―Firma tabiati‖ va ―Sotsial xarajat muammolari‖ nomli
maqolalarida, bozor sharoitida xo‘jalik yuritish ―transaksion‖ (lotincha-kelishuv,
bitim) deb nomlanadigan o‘ziga xos xarajatlarni vujudga keltirishi, bularga,
masalan, narxlar, iste‘molchilar nimani ko‘proq xush ko‘rishi va raqobatchilarning
maqsadlari to‘g‘risidagi informasiyani to‘plashga ketadigan xarajatlar, muzokara
olib borish, bitim tuzish, uni yuridik jihatdan hal etish xarajatlari va boshqalar
kirishini nazariy asosladi
147
.
Agar neoklassik iqtisodiy nazariyaga asosan tovar ishlab chiqaruvchi istagan
vaqtda bitim bo‘yicha sherigini almashtirishi mumkin bo‘lsa, haqiqatda, amalda
iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar turli muddatdagi shartnomalar
asosida olib boriladi, uni bekor qilish va qayta tuzish ma‘lum xarajat talab etadi.
Bitim tuzish qiymati hisobga olinadigan bo‘lsa, firma turli korporativ birlashmalar
mavjudligi, bitimlar varianti va boshqalarni tushuntirish hiyla osonlashadi.
R.Kouz ko‘p yillar davomida davlat monopoliyalari (pochta aloqasi, tele va
radio kommunikasiyasi va boshqalar)ni o‘rgandi. Shular natijasi o‘laroq ―Sosial
xarajat muammolari‖ maqolasi yuzaga keldi. Unda, xususan, ―radio eshittirish
bozori‖ni barpo etish g‘oyasi ilgari suriladi. Ilgari bu sohada davlat nazoratsiz ish
yuritish mumkin emas, deb o‘ylanardi, chunki bosh-boshdoqlik ro‘y berishi
mumkin deb hisoblangan. R.Kouz esa turli chastotadagi eloktromagnit
to‘lqinlariga xususiylashtirish huquqi joriy etishni taklif etdi va shunda davlat
nazoratiga hojat qolmasligini isbotlab berdi.
Shunday qilib, neoinstitusionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan transaksion
xarajatlar va sivilizasiyalashgan raqobat nazariyasi firmalarning raqobat kuchlarini
jamiyat farovonligiga yo‘naltirish va uning vayronkor kuchlariga qarshi samarali
ta‘sir ko‘rsatish imkonini beradi.
147
Коуз Р. Фирма, рынок и право / Пер. с англ. М.: Новое издательство, 2007. — 224 с. — (Библиотека
Фонда «Либеральная миссия»)
234
Do'stlaringiz bilan baham: |