15.3. Zamonaviy raqobat nazariyasining bozor konsepsiyasi
Zamonaviy raqobat nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri raqobatning
bozor konsepsiyasidir. Raqobatning bozor konsepsiyasi dastavval nomukammal
raqobat modelidagi bozorlar uchun strategik rejalashtirish sanoatni tashkil qilish
negizida ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiyaga muvofiq kompaniyaning bozordagi
235
holati raqobat afzalliklari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shu bois
kompaniyaning samarali strategiyasini tanlash bozor tipi va mavjud resurslarga
bog‘liq bo‘ladi.
Raqobatning bozor konsepsiyasini rivojlantirishda eng sezilarli hissa
qo‘shgan iqtisodchi M. Porterdir. Aynan M.Porter raqobat nazariyasini birinchi
bo‘lib tizimlashtirishga harakat qilgan. M.Porterning modeli raqobatning eng
muhim uchta jihati – tarmoqdagi raqobat kuchlar, raqobat strategiyalari va raqobat
ustunligini o‘zida birlashtirgan bo‘lib, uning fikricha har qanday tarmoqda raqobat
izchilligi va foydaning kutilayotgan miqdori tarmoq tuzilmasini shakllantiruvchi
raqobat kuchlarini ajratib ko‘rsatdi. M.Porterning fikricha, raqobat kurashida
firmalarning muvaffaqiyati raqobat strategiyalari (xarajatlar bo‘yicha ustunlik, dif-
ferensiasiya va fokuslashgan) tarmoqdagi vaziyatga bog‘liq holda tanlanishiga
bog‘liq.
Raqobat
strategiyasi
asosida
raqobat
afzalliklari,
ularni
mukammallashtirish yotadiki, bu strategiya bozorda mustahkam mavqyega ega
bo‘lish va yuqori moliyaviy natijaga erishish imkonini beradi. M.Porter
nazariyasining eng muhim jihati shubhasiz firmaning raqobat ustunligini va
tarmoqdagi raqobat kuchlarini faoliyat davomida samarali qo‘llash va tashqi muhit
omillarining o‘ziga xos xususiyati, firmalarning ichki imkoniyatlarini e‘tiborga
olgan holda firmaning biznesdagi muvaffaqiyatini ta‘minlashga yo‘naltirish
mumkinligini isbotlab berganligidir.
M. Porter raqobatning global tus olishini, yirik transmilliy kompaniyalar va
xorijiy investisiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlarning strategiyasi mavjud raqobat
ustunligidan foyda ko‘rishga asoslanganini isbotladi. U raqobat ustunligini to‘rt
yo‘nalishga bo‘ladi: korporativ boshqaruv ustunliklari; ishlab chiqarish omillari
ustunligi; mamlakatdagi talab hajmi; ko‘makchi va qo‘shimcha tarmoqlarga
bog‘liq ustunlik.
M.Porter ushbu omillar sintezini ―raqobat afzalliklari brillianti‖ deb
nomlaydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini
nazarda tutadi. Qo‘shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona siyosati va
―omadli vaziyatlar‖ni keltiradi. Shuningdek, olim mamlakatda o‘zaro bog‘liq
ishlab chiqarish tarmoqlari mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar
qabul qiluvchi mamlakat uchun katta raqobat ustunliklari va imkoniyatlarini
yaratishini isbotlaydi.
M. Tresi va F. Virsema raqobatga nisbatan moddiy-resurs yondashuvini
ishlab chiqdilar. Bunda firmaning raqobat ustunligi firmalar uchun mukammal
qadriyatlar tizimidan iborat bo‘lib, ular mukammal qadriyatlarni shakllantirish
uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boradi:
operasion faoliyat va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;
mahsulotni takomillashtirish,
mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishish uchun firmalar o‘z qadriyatlar
tizimini uzoq muddatli strategiyasiga moslashtirishlari lozim.
Bozor muhitining o‘zgaruvchanligi va noaniqliklariga moslashish asosida
raqobat ustunligiga erishish raqobatning moddiy-resurs konsepsiyasida o‘z aksini
236
topgan bo‘lib, bu nazariya B. Vernerfelt, E. Pentrouz, R.M. Grant, S. Montgomeri,
R. Ramelt, K.K. Praxalad, G. Hamellar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu
yondashuvga ko‘ra tarmoqdagi intensiv o‘zgarishlar kelgusida tarmoq va undagi
firmalarning o‘z ahamiyatini yo‘qotishiga olib keladi. Bunda ichki resurslarning
ahamiyati ortib boradi. Tadqiqotchilar ushbu farazdan firmalarning raqobat
ustunligi ular foydalanayotgan mukammal tabiiy va mehnat resurslari, nusxa olib
bo‘lmaydigan texnika va texnologik jarayonlarga bog‘liq degan fikrga kelishdi.
Bunday mukammal resurslarga ega bo‘lish, ularni yaratish, takomillashtirish va
ulardan samarali foydalanish kelgusida firmalarning raqobatbardoshligi omilidir.
Bunda asosiy e‘tibor malakali mehnat resurslari, ularning bilimi va ko‘nikmasi,
tarmoqda to‘plangan bilimlar, muhim axborotlarga ega bo‘lishlik, boshqaruv
tizimidagi korporativ madaniyatga qaratilgan. Aynan ushbu resurslar nomoddiy
xususiyatga ega bo‘lib, ularni his etish, nusxa ko‘chirish imkoniyati yo‘q. Bu
resurslar tarmoqqa kirishga harakat qilayotgan firmalar uchun to‘siq vazifasini
o‘taydi.
J.F.Mur, A.M. Brandenburger va B.Dj. Neilbafflar firmalarning raqobat
ustunligi va raqobat kurashiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari natijasida ko-
raqobat (co-opetition, cooperation) va ko-evolyutsiya nazariyalari paydo bo‘ldi. Bu
shuni anglatadiki, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch faqatgina raqobat emas,
balki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamkorligi hamdir. J.F.Mur biznes
subyektlarini ekotizimning ajralmas elementi sifatida qaraydi va tabiat-jamiyat
kuchlariga birgalikda qarshi kurashish orqali ham evolyusiyani saqlab qolish
mumkin deb hisoblaydi. Yangi sharoitlarda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini yo‘lga
qo‘ygan har qanday firmaning raqobat ustunligini ta‘minlashga qaratilgan
strategiyalari samarasiz bo‘lib, ular raqobat kurashida tirik qolish uchun
ekotizimning qolgan elementlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va tizimning
evolyusiyasini ta‘minlashlari muhim hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitlarda biznes yuritish shartlari va sharoitlari o‘zgarishi
bilan ko‘p sonli firmalar mahalliy yoki mintaqaviy darajada bir turdagi va o‘xshash
tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadilar va ular ishlab chiqarishdan
sotishgacha bo‘lgan barcha juda katta miqyosdagi kooperasiya, texnopolis yoki
sanoat hududlariga aylanadi. Buning natijasida ushbu tuzilma ichida ishlab
chiqaruvchilar, innovasion texnologiyalar va mahsulotlar o‘rtasida raqobat
saqlanib qoladi. Bu o‘z navbatida firmalarning transaksion xarajatlarining
kamayishiga, a‘zo firmalarning innovasion rivojlanishiga, mauyyan sohani
rivojlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari, maxsus qonunchilik xujjatlari, arzon
va malakali ishchi kuchi va tadbirkorlik muhitidan samarali foydalanadilar.
Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib A.M.Brandenburger va B.Dj.Neilbafflar
zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda raqobat kurashi barham topadi va bozor
ishtirokchilari o‘zaro nafli hamkorlik munosabatlariga asoslangan konsepsiya
asosida faoliyat yuritadi. Firmalarning samarali strategiyasi esa raqobat va
hamkorlikka, ya‘ni ko-raqobatga asoslanadi.
U Chan Kim va R. Mobornlar tomonidan ishlab chiqilgan ―dengiz qa‘ri
(moviy dengiz) strategiyasi‖ raqobat nazariyasining o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib,
ularning fikricha raqobat kurashida yutib chiqish uchun raqobatlashishga barham
237
berish kerak. Bu o‘ziga xos ―dengiz qa‘ri‖ni yaratib bilan bog‘liq bo‘lib, firmalar
bugungi kunda mavjud bo‘lmagan tarmoqni va mutloqo band bo‘lmagan bozor
nishasini zabt etadilar. Bunda o‘z-o‘zidan raqiblar mavjud bo‘lmaydi. Bu
nazariyaga ko‘ra firmalar o‘z strategiyasini mutloq yangi bo‘lgan tarmoqni yaratish
va innovasiyalarga asoslangan holda yangi bozor nishalarini egallashlari zarur
bo‘ladi.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi tadbirkorlarni
shiddatli raqobatning yanada samarali bo‘lgan usullaridan foydalanishni yoki
g‘irrom raqobat usullari (Kartel bitimlari)dan foydalanishni taqozo etmoqda.
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy sharoitida biznes ishtirokchilari uchun
raqobatlashish quyidagi sabablarga ko‘ra yanada murakkablashib bormoqda:
– bir jinsli va o‘xshash tovarlarning haddan ortiq ko‘pligi. Vaqt o‘tgan sayin
tovar va xizmatlarning murakkab iste‘mol xossasini namoyon qilishga intilish
ularning bir-biriga juda o‘xshab qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bunda mahsulot va
xizmatlarning raqobatlashuvchi farqini ajratish juda mushkul. Ularni ishlab
chiqarish uchun qo‘llanilayotgan texnologiyalar juda yuqori darajada bo‘lib, juda
qisqa vaqt davomida amal qiladi. Har kuni yangi texnologik jarayonlar joriy
etiladi, modernizasiyalashadi, iste‘molchilar uchun aksariyat tovarlar bir jinsli yoki
bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qilmoqda;
– xaridorlarning ajrata olish qobiliyatining ortib borishi. Zamonaviy
xaridorlarni kundan-kunga aldash, xarid qilishga undash, ularga ruhiy ta‘sir
ko‘rsatishning samarasi pasayib bormoqda. Shu sababli zamonaviy xaridorlar narxi
eng arzon bo‘lgan tovarlarni xarid qilishga harakat qiladi. Natijada tadbirkorlar
narxni tushirishga, past rentabellik bilan ishlashga yoki zarar ko‘rib ishlashga
majbur bo‘lmoqda.
E.R. Vayntraub umumiy muvozanat nazariyasiga asoslangan holda ―talab va
taklif muvozanatini ta‘minlovchi muvozanat narx mavjud degan fikrlar ham yo‘q
emas, aksincha aynan talab va taklifning muvozanati muvozanat narxni vujudga
keldiradi. E.R. Vayntraub muvozanatning qanday vujudga kelishini tushuntirib
bermagan va: «tizim muvozanat holatidan chetga chiqgudek bo‘lsa, dinamika
qonunlariga muvofiq holda oldingi holatiga qaytadi‖ deb hisoblaydi. Ammo
muvozanat holatini buzishga olib keluvchi dinamik kuchlar bu yerda aniq ko‘rsatib
berilmagan
148
.
Yu.B. Rubin bozor raqobatini tadqiq etish orqali uni boshqaruv obyekti
sifatida olib qaraydi va tadbirkorlikning usullari, strategiyalari, taktikasi, raqobatli
hatti-harakati deb izohlaydi. Bundan tashqari Yu.B.Rubin ―raqobat zamirida
iqtisodiy manfaatlarning obyektiv qarama-qarshiligi yotadi‖ deb hisoblaydi
149
Yu.V. Taranuxa raqobatning tabiati va raqobat jarayoniga alohida e‘tibor
qaratadi. U eng avvalo ― raqobat, va bellashuv mustaqil holda o‘z ahamiyatini
butkul yo‘qotadi‖ deb hisoblpydi. Raqobat alohida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lib,
148
Петрищев Максим Викторович .Методология и теория конкуренции, еѐ процессы и результаты в
современных рыночных структурах. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических
наук. Тверь-2014
394 стр
149
Рубин Ю.Б. Конкуренция: упорядоченное взаимодействие в профессиональном бизнесе. 2-е изд. М.:
Маркет ДС, 2006. С.10.
238
uning mohiyati shunda namoyon bo‘ladi. Bu bellashuv boshqa sotuvchilarning
mahsulotiga talabning bir zumda qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi
150
.
Iqtisodchilarning raqobat masalalariga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarini
tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Har qanday bozor
yoki iqtisodiyotda dastlab sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi. Sog‘lom, yoki
mukammal raqobat bu o‘ziga xos etalon bo‘lib, undan chetlanish salbiy holat deb
baholanadi.
Raqobat nazariyasining doimiy rivojlanib borishi, shundan tushunchaga olib
keladiki, raqobat va monopoliya shu darajada bir-biriga chatishib ketganki, har
qanday vaziyatda raqobat yoki monopoliyaning ma‘lum darajadagi xususiyatlari
namoyon bo‘ladi.
Shubhasiz XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlanib kelayotgan
zamonaviy
raqobat
nazariyasi
globallashuv,
jahon
iqtisodiyotining
integrasiyalashuvi va raqobat nazariyasining uzoq davr davom etib kelgan
evolyusiyasi samarasi bo‘lib, ishlab chiqilgan ilmiy nazariyalar mavjud bo‘lgan
nazariyalar va zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlariga mutloqo qarama-
qarshidir. Xo‘jalik yuritishga integrasion yondashuvlar iqtisodiyot, menejment,
marketing va strategik boshqaruvning barcha sohalarini qamrab oldi. Bu o‘z
nazbatida tadqiqotchilarga raqobat munosabatlarini tadqiq etish, raqobat kurashi
olib borish va raqobatbardoshlikni ta‘minlashga samarali va o‘ziga xos usullarni
ishlab chiqishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |