15-BOB: RAQOBAT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI
15.1. Raqobat nazariyasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
15.2. Raqobat nazariyasining evolyusion institusionalizm yo’nalishi
15.3. Zamonaviy raqobat nazariyasining bozor konsepsiyasi
15.1. Raqobat nazariyasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, raqobatning zo‘rayishi va tashqi muhit
omillarining tez o‘zgaruvchanligi zamonaviy bozor subyektlarining ichki va tashqi
bozorlardagi raqobatbardoshligi, raqobat kurashi olib borish usullarini birinchi
darajali masala sifatida qaralishini taqozo etmoqda.
Globallashuv
tendensiyalari
zamonaviy
iqtisodiyot
rivojlanishining
yo‘nalishlarini belgilab beradi, iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan qiziqish, biznes
ishtirokchilarining raqobatning mohiyati, uning amal qilish mexanizmi,
shuningdek uni tahlil qilishga yangicha yondashishni kuchaytirdi.
Zamonaviy raqobat nazariyasining raqobat, raqobatbardoshlik, raqobat
ustunligi kategoriyalari I.Ansoff, Y.Shumpeter, M.Porter, E.Chemberlin,
Dj.Robinson, P. Druker, J.-J. Lamben, R. Piter Dikson, Dj.Traut, E.Rays, M. Tresi
va F. Virsema, A.M. Brandenburger, B.Dj. Neylbaff, G.Xemel va K.K. Praxalad,
F. Kotler, K. Kleyton, I.A.Dyupyui
135
, U.Ch. Kim va R. Moborn
136
,
R.A.Fatxutdinov,
G.L.Azoyev
137
,
M.I.Gelvanovskiy
138
,
I.M.Lifis
139
,
Ye.V.Malinina
140
va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan
Bugungi
kunda
raqobat,
raqobatbardoshlik,
raqobat
ustunligi
kategoriyalariga bag‘ishlangan uchta ilmiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatishimiz
mumkin.
AQSh (Garvard biznes maktabi) maktabi
. M. Porter, A. Chandler, M.
Enrayt, Dj. Makartur, A.M. Brandenburgerlar tomonidan alohida tarmoq yoki
mahsulot raqobatbardoshligini baholash taklif filingan.
Yaponiya maktabi (Tokio, Xitosubasi, Vaseda, Meydzi universitetlari)
raqobatning narxga bog‘liq bo‘lmagan jihatlari, mahsulotni ishlab chiqarish va
sotishda kooperasiya, hamkorlik masalalari X. Takeuchi, X. Koboyasi, M.Suchiya,
T.Noguchilar tomonidan keng o‘rganilgan
141
.
135
М.В.Лоскутова. Анализ теорий конкуренции и конкурентоспособности. \\Социально-экономические
явления и процессы № 9 (031), 2011. 101-106 стр
136
Ким У.Ч., Р.Моборн. Стратегия голубого океана. Как создать свободную нишу и перестать бояться
конкурентов/пер. С англ. Изд-во: Hippo 2005 г. 272 с
137
Азоев Г.Л., Челенков А.П. Конкурентные преимущества фирмы. М.: Типография «НОВОСТИ», 2000.
138
М. И. Гельвановский ―Повышение конкурентоспособности российской экономики в условиях
глобализации: концептуальные и правовые проблемы‖ Современная конкуренция 2007 / 1 (1)
139
Лифиц И.М. Теория и практика оценки конкурентоспособности товаров и услуг. М.: Юрайт, 2001
140
Малинина Е.В. Управление повышением конкурентоспособности промышленности и его научно-
практическое обеспечение: автореф. дис. ... д-ра экон. наук. М., 2009.
141
Белякова Вера Анатольевна. Маркетинговое управление стратегической конкурентоспособностью
предприятий: теория и методология: автореферат дис. ... доктора экономических наук: 08.00.05.- Пенза, 2013
32 стр
230
Yevropa (Shveysariya, Shvesiya, Daniya, Avstriya, Italiya, Germaniya)
maktabi
kompaniyalarning raqobatli hatti-harakatiga bag‘ishlangan bo‘lib,
global raqobatni ko‘zda tutadi.
Raqobat tushunchasining iqtisodiy fanga kiritilishi uch asrdan ko‘proq
vaqtni bosib o‘tdi. Ushbu o‘tgan davrda eng samarali tadqiqotlar, nazariyalar XX
asrning ikkinchi yarmidan e‘tiboran rivojlangan desak hyech qanday mubolag‘a
bo‘lmaydi. Chunki ushbu davrga kelib jahon iqtisodiyotida ekspansiyaga barham
berish, mustamlakachilik harakatlarining batamom barham topishi, milliy
iqtisodiyotlarning paydo bo‘lishi va ishchi kuchi, kapital va savdoning erkinlashuvi
ro‘y berdi. Shuningdek, axborot tizimilari va texnologiyalarining taraqqiy etishi,
tashkilotlarda inson omili (resurslari) ahamiyatining ortib borishi raqobat
nazariyasi rivojlanishida keskin burilish yasadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |