215
14-BOB: MILLIY IQTISODIYOTDA RAQOBAT MUHITINI
SHAKLLANTIRISHNING INSTITUSIONAL ASOSLARI
Reja
14.1. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirishning institusional
asoslari
14.2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini
yaratishda amalga oshirilgan ishlar
14.3.
Monopoliyaga
qarshi
tartibga
solish,
raqobat
muhitini
rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish
amaliyoti
14.1. O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirishning institusional asoslari
O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish va uning istiqboldagi
yo‘nalishlarini belgilash uchun eng avvalo bozorning xozirgi real holatini bilish,
uni tahlil qilish g‘oyat muhim. Mamlakatimizda raqobat
muhiti bugungi kunda
ancha rivojlangan bo‘lib, uning shakllanishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitla yaratilgan. Shu bilan birgalikda, ayrim tizimlarda monopollashishni
ko‘rish mumkin.
Monopol faoliyatni oldini olish va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik
uchun avvalambor qaysi tarmoqlarning monopollashganligini yoki bozorda
ustunlik
mavqyeni
egallab
turganligini
bilish
zarur.
Shu
maqsadda
respublikamizda ko‘pgina xorij davlatlaridan farqli ravishda monopolist
korxonalar davlat reyestri yuritib kelinmoqda. Ushbu reyestrga tovar bozorida 65
foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan ayrim holatlarda
monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga muvofiq tovar bozoridagi ulushi 35
foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar kiritiladi.
Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunga kelib kay darajada
rivojlanganligini ushbu reyestrda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar va boshqa bir
qator ko‘rsatkichlar orqali bilib olish mumkin.
Raqobatni
rivojlantirish
hamda kichik
va xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirish masalasiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
natijasida bu borada juda katta yutuqlarga erishildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, monopolist
korxonalarga raqobatchi bo‘lgan yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkil
etilishi, ular tomonidan raqobatbardosh tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarilishi
natijasida tovar bozorida o‘z ustunlik mavqyeini yo‘qotgan monopolist korxonalar
―Monopolist korxonalar davlat reyestri‖ ruyxatidan chiqarildi.
Davlat reyestri tashkil etilgan 1996 yilda monopolist korxonalar soni 827
tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 yilda 753 tani va 2014 yil 1
yanvar holatiga kelib
esa 58 tani tashkil qildi, ya‘ni monopolist korxonalar soni islohotlarning
boshlang‘ich davriga nisbatan 93 foizga yoki 14 marta kamaydi. Shuningdek, 1996
yilda 4351 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari monopolist korxonalar davlat reyestri
ruyxatida turgan bo‘lsa, keyingi yillarda bunday tovar (ish, xizmat)lar soni
kamayib, 2000 yilda 1719 ta va 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib 94 tani tashkil
216
qildi yoki monopol mahsulot (ish, xizmat)lar soni 1996 yilga nisbatan 98 foizga
yoki 46 martaga kamaydi. 2014 yilda Tabiiy monopoliyalar Davlat reyestriga
kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlari soni 2013 yilga nisbatan 13 taga qisqardi
va 128 mahsulot turlari bo‘yicha 129 tani tashkil etdi. Raqobat muhitini ta‘minlash
maqsadida 56 ta bozor, shu jumladan 42 tovar va moliya bozorlari, 14 ta xizmatlar
bozori tahlil qilindi. Insofsiz raqobat bo‘yicha 37 ta murojaat kelib tushdi va
ularning 18 tasiga 30 ta ish qo‘zg‘atildi, 280 ta loyiha bo‘yicha 362 ta mahsulotga
mahalliylashtirish belgilandi. Reklama bozorini tartibga solish va iste‘molchilar
xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha kelib tushgan 3192 ta murojaatning 90,3% ular
foydasiga hal etib berildi va 767,4 mln.so‘m mablag‘ undirildi. 2013 yilning 9 oyi
mobaynida bu summa 629,3 mln.so‘mga teng bo‘lgan. Ishonch telefonlari asosida
kelib tushgan murojaatlarning 55,5%ga tegishli tadbirlar qo‘llanildi
va ularning
foydasiga 76,8 mln. so‘m (2013 yilning shu davrida – 111,6 mln. so‘m.) mablag‘
undirilb berildi. Qolgan 44,5% murojaatlar qo‘mita vakolatiga taalluqli
bo‘lmaganligi bois tegishli idoralarga yuborish bo‘yicha javob xatlari yo‘llandi.
Reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha qo‘mita 2017 yilning boshidan
beri 280 ta o‘rganish va tahlillar o‘tkazgan, 179 ga yaqin turli qonunbuzarlik
aniqlangan, 11 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy jarimalar qo‘llanilgan, 79 ta
subyektga ko‘rsatmalar berilgan.
Iste‘molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan esa olti oy
ichida 970 ta tahlil o‘tkazilgan, 269 ta holatda turli qonunbuzarliklar aniqlangan,
16 nafar shaxsga nisbatan ma‘muriy jarimalar qo‘llanilgan. Hozirda 200 ga yaqin
hujjat chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish va boshqa tegishli organlarga
yuborilgan
132
.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 2019 yil 15 mart holatiga ko‘ra
tabiiy monopoliya sub‘ektlari bilan hisoblaganda 236 ta monopolist korxona
ro‘yxatga olingan. Ammo bu ko‘rsatkichni to‘rt yilda 25
foizga qisqartirish
bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Bundan tashqari, olib borilayotgan isloxotlar natijasida raqobat muhiti
shakllanib bormoqda hamda yangi bozorlarning ochilishi va chet el
investisiyalarining jalb qilinishi natijasi ularoq iqtisodiyotning turli sohalarida
monopolistlarning soni bilan birga monopol mahsulotlarning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi ham kamayib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib, respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini
rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy va iqtisodiy shart- sharoitlar yaratilgan.
Respublika iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan
mahsulotning katta
kismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari xissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu yutuqlar mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati
hamda xukumatimiz tomonidan aniq chora- tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi
samarasidir.
Respublikamizda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tadbirkorlik
132
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi 2017 yilning 6 oyi davomidagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida press-reliz. http://gki.uz
217
juda tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga
soliq va boshqa imtiyozlarning berilishi hamda ularni qo‘llab-quvvatlovchi turli
institutlarning tashkil qilinishi shular jumlasidandir. Jumladan, xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning solik yukini kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun
yagona solik to‘lovining 2012 yildan boshlab esa 6 foizga, 2013 yilda 5 foizga
tushirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli
rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi
133
. Xususan, Respublikada faoliyat yuritayotgan
kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,
xizmat)larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham yildan yilga ortib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni
tobora mustahkamlanib
borayotganining
o‘zi
iqtisodiyotimizning
tarkibida
bo‘layotgan ijobiy
o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26
mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu
sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan
iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23
foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot
eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75
foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda
134
.
Do'stlaringiz bilan baham: