13.2. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va
antimonopol qonunchilik
13.3. Antimonopol qonunchilik va uning asosiy xususiyatlari
13.1. Raqobat to’g’risidagi qonunchilik konsepsiyasi va tamoyillari
Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik savdo munosabatlari singari qadimiy
hisoblanadi.Ushbu qonunlar to‘g‘risidagi yozuvlar qadimiy Vavilon davriga borib
taqaladi. Hammurapi Kodeksi (er.av XVIII asr), Qadimgi Hind yodgorliklaridagi
yozuvlar (er.av 200 yil), Rim bug‘doy qonuni (er.av 50 y), Zeno Konstitusiyasi
(483 y.), va Ozodlik Xartiyasi (1861 y)da ko‘rish mumkin.
Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida xorijiy mamlakatlar bilan
munosabatda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham diqqat-e‘tibor qaratilgan. Yevropa
qirollari bilan olib borilgan va bizgacha yetib kelgan yozishmalarning barchasida
har ikki mamlakat o‘rtasida savdo alokalarini yo‘lga qo‘yish, savdogarlar katnovi
uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘tariladi. Bu ularning o‘z davlati
xududida amalga oshirgan raqobat uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan
tadbirlari, savdo munosabatlariga kilgan e‘tibori va xorij hukmdorlari bilan
yozishmalarida savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish kabi takliflaridan ko‘rinib
turadi.
Iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun huquqiy
poydevorning mavjudligi muham rol uynaydi. Raqobat qonunchiligi dunyodagi
mavjud iqtisodiy-huquqiy sohalar ichida kam o‘rganilgan yangi soha hisoblanadi.
Hozirgi kundagi raqobat bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi zamonaviy
qonunchilikka asos bo‘lgan qonun 1890 yilda AQShda qabul qilingan ―Sherman
qonuni‖dir. Ushbu qonun dunyodagi bir qator mamlakatlar (Kanada va Yevropa
ittifoqi mamlakatlari) ning monopoliyaga qarshi qonunchiligi uchun asos bo‘lib
xizmat qilgan.
Albatta bu qonun ham tom ma‘noda mukammal bo‘lmaganligi, ya‘ni ushbu
qonunda ayrim tushuncha va tamoyillar e‘tibordan chetda kolganligi sababli,
Amerikada 1914 yilda ―Kleyton‖ va ―Federal Savdo Komissiyasi to‘g‘risida‖gi
qonunlar qabul qilingan. 1936 yilda kichik biznes subyektlarini yirik firmalar
tomonidan kamsitilishi va ustunlik mavqyeini suiiste‘mol qilishlarini oldini
oluvchi Robinson-Petman qonuni qabul qilingan bo‘lsa, 1938 yilda qabul qilingan
Uiller-Li qonuniga asosan ommani chalg‘itishga olib keladigan yolg‘on, noto‘g‘ri
reklamalarni ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi ustidan nazorat olib
borilishi ham belgilab qo‘yildi.
201
1950 yilda qabul qilingan Seller-Kevofer
118
qonuni esa bir firma tomonidan
bozordagi raqobatga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa firmaning ashyoviy
elementlarini sotib olishni taqiqladi.
Dastlabki monopoliya va nosog‘lom raqobatga qarshi kurashuvchi
amerikacha qonunchilik tizimiga asosan raqobatga ta‘sir etishi yoki ta‘sir
etmasligiga qaramasdan monopol hatti-harakatlarning aniq belgilangan turlari
qonunga zid deb hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda 1982 yilda qabul qilingan ―Eksport savdo
kompaniyalari to‘g‘risida‖gi qonun halqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi
xo‘jalik subyektlariga nisbatan antitrest qonunchiligi talablarini birmuncha
liberallashuviga olib keldi.
Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi
qonunchilikning Yevropacha tizimi ham mavjud bo‘lib, unga G‘arbiy Yevropa,
Avstraliya va Janubiy Afrika respublikalarining milliy monopoliyaga qarshi
qonunchiliklari hamda Yevropa Ittifoqining qonunchilik majmuasi kiradi.
G‘arbiy Yevropa monopoliyaga qarshi qonunlari turli nomlar bilan atalib
kelinadi. Germaniya, Shvesariya, Avstriyada bu qonunchilik antikartel
qonunchiligi deb atalsa, Fransiya va Angliyada bu qonunchilik chegaralangan
ishbilarmonlik amaliyoti deb ataladi.
Yevropadagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklar orasida eng mashxurlari
bu Buyuk Britaniyaning 1948 yildagi ―Monopoliyalar va cheklangan amaliyot
nazorati to‘g‘risida‖gi, Germaniyaning 1957 yildagi ―Raqobatni chegaralash
to‘g‘risida‖gi, Fransiyaning 1986 yildagi ―Narxlarni belgilash va raqobat
mustaqilligi to‘g‘risida‖gi qonunlaridir.
O‘zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilikning paydo
bo‘lishi va rivojlanishi mustaqillik yillariga to‘g‘ri kelib, Respublikamiz Prezidenti
I.A.Karimovning tashabbuslari bilan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
respublikada raqobat qonunchiligiga asos solindi va mamlakatda sog‘lom raqobat
muhitini yaratish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.
Sobik Ittifoq doirasida iqtisodiy munosabatlarning buzilishi natijasida tovar
bozorlarida turli xil tanglik va yetishmovchilik holatlari hamda iqtisodiyotning
aksar tarmoqlarida mavjud bo‘lganyakkaxokimlik kabi salbiy oqibatlarni bartaraf
etish uchun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu - monopoliyaga
qarshi qonunchilik bazasini yaratishdan iborat edi.
Shu sababli, 1992 yil 2 iyulda ―Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekistonda ilk bor monopoliyaga
qarshi qonunchilikka asos solindi.
Keyinchalik
mamalakatimizda
iqtisodiyotning
rivojlanishi,
amalga
oshirilayotgan isloxotlar davrida raqobat qonunchiligini amalda qo‘llashda yuzaga
kelgan muammolar, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini
118
Seller-Kefover Akti (Celler-Kefauver antimerger act)
1950 yilda AQShda qabul qilingan antitrest qonunchilik
xujjati, Kleyton aktiga qo‘shimcha sifatida kiritilgan bo‘libkorxonalarning nafaqat aksiyalarni xarid qilish orqali,
balki har qanday yo‘l bilan birlashishini ta‘qiqlovchi akt.
.
202
shakllantirishning o‘ta dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglash va
monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish ehtiyojini keltirib chiqardi.
Shu sababli, ushbu qonun takomillashtirilib, 1996 yil 27 dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ―Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi.
Mustaqilllik yillarida ushbu qonun bilan birgalikda ―Reklama to‘g‘risida‖gi
O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 1997 yil 27 aprelda O‘zbekiston
Respublikasining
―Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida‖gi qonuni, Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 31 martdagi 165-sonli, 1997 yil 25 iyundagi 321-sonli,
2000 yil 2 avgustdagi 300-sonli va 2000 yil 21 sentyabrdagi 364-sonli, Vazirlar
Mahkamasining 2014 yil 10 maydagi ―Monopoliyaga qarshi organning tabiiy
monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi
to‘g‘risida‖gi 118-sonli qarori, 2013 yil 20 avgustdagi ―Tovar va moliya
bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi 230-son qarori, ―Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan
narxlar (tariflar)ni deklarasiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli
qarorlari qabul qilindi hamda amaldagi monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini
takomillashtirish borasida bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan ―Raqobat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining yangi tahriri mustaqillik yillarida monopoliyadan
chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning mustahkam huquqiy
poydevorini yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida monopoliyaga qarshi siyosat yuritish va
sog‘lom raqobatni shakllantirish yosh, mustaqil O‘zbekiston uchun yangilik
bo‘lgan bo‘lsa-da, Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
monopoliyaga qarshi siyosatni olib borishdagi okilona yondshuvi bu boradagi
muvoffaqiyatlarning garovi bo‘lib xizmat qildi.
Respublikamiz Prezidenti tomonidan monopoliyaga qarshi choralarni
ko‘rish, mahsulot yetishtiruvchining iste‘molchi ustidan xukmronlik qilishiga
barham berish iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga, bozorning tovarlar va
xizmatlar bilan to‘lishi vazifasiga javob berishi, ayrim korxonalar va tijorat
tuzilmalarining yakkaxonlik mavqyeini tugatish narxlarning sun‘iy ravishda
oshirib yuborilishi, monopol yuqori daromadlar olinishiga qarshi turuvchi sog‘lom
raqobat muhitini shakllantirish imkonini berishi alohida ta‘kidlab o‘tilgan edi
119
.
Bundan tashqari, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, ishlab
chiqaruvchilarning
iste‘molchi ustidan tazyiqini tugatish iqtisodiyotning
muvaffakiyatli rivojlanishiga, raqobat muhiti shakllanishiga, bozorning tovarlar va
xizmatlar bilan boyishiga olib kelishi kerakligi, ayrim korxonalarning monopol
mavqyeini tugatish, ularning bozorga tazyiq ko‘rsatish sohasini taqsimlab olish
bo‘yicha kelishuvlariga yo‘l qo‘ymaslik sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga
ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi, narx-navolarning sun‘iy ravishda kutarilishiga,
119
Каримов И.А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. -Т.: Ўзбекистон, 1996. -71 бет.
203
monopoliya yo‘li bilan ustama foyda olishga qarshi omil bo‘lib xizmat qilishi
ko‘rsatib berildi
120
.
Mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy yirik korxonalar va mulk
davlatning qo‘lida edi. Iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini yaratishning eng
muhim sharti bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat
ixtiyoridagi korxonalarni xususiylashtirish bo‘lib, buning uchun mulkdorlar sinfini
shakllantirish lozim bo‘ldi.
Shu sababli, Respublikamizda dastlab kichik miqyosdagi davlat korxonalari
xususiylashtirilib boshlangan bo‘lsa, keyinchalik yirik davlat raqobatchi bo‘lgan
yangi xususiy va mulkchilikning boshqa ko‘rinishidagi korxonalar tashkil qilindi.
Shu bilan birgalikda, ilgari mamlakatda amal qilgan iqtisodiyotni
markazlashtirilgan tartibda boshqarib kelgan davlat tuzilmalari (Davlat narx
qo‘mitasi, Davlat ta‘minot qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi kabi) tugatilib,
bugungi sharoitida faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan yangi tizimlar barpo qilindi.
Respublikada narx siyosatini yuritish maqsadida Moliya vazirligi xuzuridagi
monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish boshqarmasi tashkil qilingan
bo‘lsa, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish, 2005 yilda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash,
2013
yildan
e‘tiboran
O‘zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil qilindi.
Iste‘mol mollari, masalan, choy, gugurt, tamaki mahsulotlari ishlab
chiqaradigan korxonalar, ulgurji savdo tashkilotlari va xatto aholiga xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalar ham monopolist bo‘lib turgan bir paytda ushbu
Qo‘mitaning tashkil qilinishi bilan Respublikada monopolist korxonalar va
ularning narxlari nazorat ostiga olindi
121
.
Respublikamizda islohatlarni amalga oshirish jarayonida asosiy e‘tibor o‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishga qaratildi.
Bundan tashqari, 2005 yilga kelib, respublikada raqobatni rivojlantirish masalasi
deyarli hal qilindi va keyingi bosqich raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
ekanligi e‘tirof etila boshlandi hamda davlat tomonidan korxonalarni moliyaviy
sog‘lomlashtirish, iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha dastur
tayyorlash va uni amalga oshirish, Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga iqtisodiyotimizda
yuqori va barqaror o‘sish sur‘atlarini saqlab qolishni, makroiqtisodiy barqarorlikni
yanada mustahkamlashni, shuningdek, iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy
o‘zgartirish va diversifikasiya jarayonlarini chuqurlashtirish, yangi, yuqori
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, mavjud
quvvatlarni modernizasiya qilish va texnologik jihatdan yangilash jarayonini
jadallashtirish hisobidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshliligini
120
Каримов И.А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. -Т.: Ўзбекистон, 1996. -308-бет.
121
«Обозначения договорных (свободных) розничных цен на товарах народного потребления, реализуемых в
Республике Узбекистан» временный порядок от 7 сентября 1995 г. Регистрационный № 170.
204
oshirishni taminlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga
oshirish masalalariga ko‘proq e‘tibor qaratildi
122
.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish va
monopoliyadan chiqarish ishlarida erishilayotgan muvaffaqiyatlar Respublika
xukumati tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligi bilan
ahamiyatlidir.
Xususan, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy
yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil
bo‘ladi‖ mavzusidagi ma‘ruzasida ta‘kidlagan fikrlari bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. Xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o‘z mahsulotini sotish
uchun bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshlangan
ishlarni davom ettirish, birja va auksion savdolari orqali sotilayotgan tovarlar turi
va hajmini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish, markazlashtirilgan
taksimot tizimiga kaytishga bo‘lgan har qanday o‘rinishlarga barham berish
muhim ahamiyatga ega
123
.
Raqobat to‘g‘risidagi xozirgi qonunning ajdodi sifatida butun dunyo
miqyosida AQShning monopoliyaga qarshi qonuni amaldagisi sifatida esa, 1890
yilda AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan Shermanning trestlarga qarshi
qonuni hisoblanadi
124
. Biroq, Amerikaning raqobat to‘g‘risidagi qonuni Sherman
qonuni bilan cheklanib qolmagan va raqobat to‘g‘risida bir qator qonunlarni qabul
qilish orqali rivojlanib kelgan. Keyinchalik, ushbu qonuning g‘oyalari va maqsadi
bir qator kapitalistik mamlakatlarga taqlid qilish uchun misol bo‘ldi. Shu
munosabat bilan, iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlanishi bilan yanada takomillashib
borgan Amerikaning raqobat to‘g‘risidagi qonuni evolyusiyasi tarixini ko‘rib
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari
Umumiy Huquqni qo‘llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko‘rsatadigan samarasi
va asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o‘rtasidagi barcha kelishuvlarni
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo‘lgan, va
monopollashish yoki tovarlarni olib qo‘yishda namoyon bo‘ladigan trestlarni man
qilishga harakat qilganlar. XIX- asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy vaziyat, shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va
ushbu trestlarni neft, po‘lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz
faoliyati kichik ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarni yirik tijorat manfaatlariga
nisbatan noroziligiga sabab bo‘lgan. 1890 yilda AQSh Kongressi Sherman
(qonunni ko‘rib chiqish uchun kiritgan kongressmenning nomidan olingan)
Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun ―bir nechta shtatlar, yoki xorijiy millatlar
122
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi‖
mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2012. – 282 bet –492 betlar.
123
Каримов И.А. Узбекистон демократик тараққиѐтнинг янги босқичида. -Т., Ўзбекистон, 2005. -Б. 71.
124
1890 yilda AQShda qabul qilingan monopoliyaga qarshi qonun. Raqobat va erkin savdoni cheklaydigan har
qanday faoliyatning jinoyat deb topilishi bilan izohlanadi.
205
o‘rtasida har xil kelishish (kontrakt), trest shaklida birlashish yoki o‘zaro savdo-
sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida kelishib olishlari‖ni taqiqlaydi. Sherman
qonuni uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni va zarar ko‘rgan shaxslarga uch
barobar miqdorda kompensasiya to‘lashni taxmin qilgan. Sherman qonunini qabul
qilgan Amerika qonunshunoslari iste‘molchilarni manfaatlariga qaraganda ko‘proq
raqobatchilarni manfaatlarini ko‘zlaganlar. Kichik korxonalarga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadigan bitimlarni keng ko‘lamda qabul qilinishini man qilish maqsadida,
Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma sifatida emas, balki konstitusiya
moddasi sifatida o‘qiladigan qonunni qabul qildi. Sherman qonunini keng talqin
qilish imkoniyati sudlarga tobora o‘zgarib borayotgan siyosiy va iqtisodiy
nazariyaga javob sifatida qo‘llash va shu bilan Kongressni dastlabki maqsadiga
kam e‘tibor ajratish imkonini yaratdi. 20 asrning dastlabki dekadalarida sudlar
Sherman qonunini mayda raqobatchilarni yirik hamkorlar tomonidan insofsiz
raqobatlashuvidan noaniq himoyalovchi sifatida tushunganlar.
Chuqur Turg‘unlik (depsinishlar) sodir bo‘lgunga qadar, sudlar iqtisodiy
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko‘pchilik mayda firmalar
o‘rtasida atomistik raqobatni afzal ko‘rganlar. Shu vaqtni o‘zida, ―to‘g‘ri
yondashish qoidasi‖ tug‘ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi
mumkin bo‘lgan hatti-harakatlar qoralangan. Xuddi shunday, atomistik raqobatga
nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy hukmronlikni xolding kompaniyalari qo‘lida
jamlanishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton
Qonunini qabul qilinishi bilan yakunlandi
125
. Ushbu qonun monopolistik faoliyatni,
kamsituvchi shartlar, eksklyuziv dilerlik va boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton
Qonunining 3- moddasi).
Eng sezilarli natijalar Kleyton Qonunini 7-moddasini qo‘llash jarayonida
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporasiyani boshqa korporasiyaning
aksiyalarini sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o‘rtasidagi
raqobatni kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7-
moddani ta‘rifini endigina paydo bo‘lish bosqichida qo‘shilib ketishlar raqobatga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko‘rib
chiqishda raqobatga yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi
to‘g‘risida sudlarni ta‘kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar.
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo
Komissiyasi (FSK) AQSh Hukumatiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil vakolatli
organni tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK
to‘g‘risidagi Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini qonundan tashqari
deb e‘lon qilgan. Ushbu modda ta‘siriga tushadigan hatti-harakatlar bir necha o‘n
yilliklar mobaynida kengayib borgan. Kongress atayin ushbu qonundagi
tushunchaga ta‘rif keltirmagan, buning sababi FSK ushbu hatti-harakatlarni ko‘rib
chiqishida kengroq vakolatlarga ega bo‘lishi va ularga nisbatan tez chora ko‘rishi
uchun shunday qilingan.
125
1914 yil AQShda qabul qilingan trestlarga qarshi federal qonun. Narx diskriminasiyasini cheklash va federal
savdo komissiyasi tuzilishni ko‘zda tutadi.
206
1927 yilda Oliy Sud ―per se‖
126
doktrinasini kiritilishi haqida e‘lon qildi.
Ushbu qoidaga binoan, sudlar ―per se‖ qoidasiga binoan chora ko‘riladigan hatti-
harakatlar toifalarini kengaytirib borganlar, ya‘ni mazkur hatti-harakat raqobatga
zarar yetkazadimi yoki yetkazdimi qat‘iy nazar ko‘rib chiqmasdan hukm
chiqarganlar. Ushbu tendensiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng
tarqalishi va iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kechish bilan bog‘liqdir.
Ushbu davrda sudlar ―per se‖ ta‘siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni
raqobatga ko‘rsatadigan ta‘sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur
yondashmaganlar.
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun
ma‘lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta‘siri
―faqat Amerika Qo‘shma Shtatlarida sotiladigan, iste‘mol qilinadigan yohud qayta
sotiladigan‖ tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo‘lgan bitimlarga tegishli
bo‘lgan.
1970 yillar Xart-Skott-Rodino Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar to‘g‘risida
qonunni qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim tomonlar hajmi va
bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim to‘g‘risida oldindan
ma‘lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to‘g‘risida ma‘lum axborotni ilova qilgan
qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki Yustisiya Departamentini
Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar
to‘g‘risida qonun shuningdek, Kleyton Qonunini 7-moddasiga binoan ko‘rib
chiqiladigan qo‘shilib ketishlar to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha da‘volar sonini
keskin kamaytirgan.
Trestlarga qarshi O‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonun keyinchalik ko‘p sonli
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo‘shilib ketishlar to‘g‘risida
oldindan xabardor qilish to‘g‘risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo‘ldi.
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng
tarqalgan davr bo‘ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi
qonunchilikni
maqsadi
iste‘molchilarni manfaatlarini ko‘zlagan holda
raqobatchilarni emas, balki raqobatni himoya qilish deb ishonganlar. Yangi
iqtisodiy tafakkurni paydo bo‘lishi natijasida sudlar raqobat bilan bog‘liq masalalar
va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma‘lum tartib-qoidalarni qayta ko‘rib chiqa
boshlaganlar. Masalan, sudlar ―per se‖ doktrinasi ta‘siriga tushadigan hatti-
harakatlar ro‘yxatini qisqartira boshladilar va ularni iqtisodiy tahlil qilishni
boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-sotiqdagi insofsizliklar
―per se‖ noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan.
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo
bo‘ldi. Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi
tomonidan taklif qilingan an‘anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur
samaradorlikni oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda
avval qo‘llanilmagan emperik jihatlarni kiritadi.
126
Морятова, О. В. ―Правило разумности‖ и доктрина "Per se" в антимонопольной политике США и России
[/О. В. Морятова.//Модернизация государства. -Пенза : ИИЦ ПГУ,2005. -С. 236 - 240
207
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga
qaramasdan, AQShning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon miqyosida
eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudensiyani vujudga
keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |