mahsulotlar konvergensiyasi
. Audioyozuvlar, vizual mahsulotlar, jurnal
maqolalari internetda raqamli shakldaligi bois ularni aynan bir turdagi yoki
muayyan amaliy dasturlar paketi yordamida qayta ishlash mumkin. Ushbu
mahsulotlarning aynan moddiy nusxasini esa bir nechta texnik vositalar bilan qayta
ishlash talab etiladi. Shu bois, raqamli formatga o‘tish natijasida mahsulotlar
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning moddiy shakli o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan,
elektron kataloglarning joriy etilishi natijasida qog‘oz shakldagi kitob kataloglari
foydalanishdan chiqib ketdi. Raqamli shaklning qulayligi bois an‘anaviy bosma
shakldagi kitoblar ham shu bosqichda turibdi.
jarayonlarning konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish turli jarayonlarda
amalga oshirilgan funksiyalarni aynan bir jarayon yordamida bajarish imkoniyatini
yaratadi. Masalan, marketing tadqiqotlarini olib borishda ma‘lumotlarni yig‘ish,
ularni qayta ishlash, iste‘molchilarni guruhlash, bozorni segmentlash, tovarlarni
tasniflash va boshqa vazifalarni turli shaxslar, bo‘linmalar amalga oshirgan.
Elektron shaklga o‘tish natijasida birgina operasiya yordamida ishlab chiqarish,
marketing, sotish, iste‘mol va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish yagona
jarayondan iborat bo‘lib qoldi. Bunda marketing, sotish, iste‘mol va sotuvdan
keyingi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq axborotlarni qidirish, qayta ishlash va
tarqatish nafaqat uzluksiz, balki parallel ravishda ham amalga oshiriladi.
infratuzilma konvergensiyasi
. Elektron shaklga o‘tish natijasida telefon
kompaniyalari, mobil aloqa, sun‘iy yo‘ldoshli antennalar korxonalarning asosiy
raqiblariga aylandi.
bozor muhitining konvergensiyasi
. Elektron bozor ilgari alohida bo‘lgan
mintaqaviy va milliy bozorlar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotib yubordi. Natijada
korxonalarning geografik va tarmoq monopoliyasiga barham berildi, bozorga kirib
borishdagi to‘siqlar ham o‘z-o‘zidan yo‘qolib bormoqda.
Mijozlarga yo‘naltirilganlik asosida raqobat ustunligi yaratishni ―servis
yulduzchasi‖ orqali ifodalash mumkin. Bunda korxona funksional tuzilma va
mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar majmui sifatida qaraladi (12.3.1-rasm).
―Servis yulduzchasi‖ korxonalar mijozlarga yo‘naltirilganlik asosida raqobat
ustunligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari zarurligini
ko‘rsatadi:
xodimlarni motivasiya qilish usullarini keng qo‘llash;
xodimlarni kasbiy jihatdan sifat menejmenti talablari asosida o‘qitish;
mijozlar bilan ijobiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
belgilangan sifat darajasidagi mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi
uchun samarali boshqarish;
ma‘lumotlarni axborot logistikasini shakllantirish maqsadida to‘plash va
algoritmlash.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |