6-
Bo‘lim. TUPROQ EROZIYASI.
Tuproq tabiatning moddiy barqarorligini ta‘minlovchi vosita hamda
qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida asosiy manbadir. Tuproqqa ishlov
berish yo‗li bilan insoniyat oziq-ovqatining 88 % ni ishlab chiqarishi
mumkin. Tuproq qiymati oziq- ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom
ashyo etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki
quruqlikdagi barcha biogeosenozlar va umuman yer biosferasi hayotida
buyuk ekologik ahamiyati ila ham belgilanadi. Ayni manbaning
yuksakligini saqlash yo‗nalishida eroziyaning oldini olish choralarini
qo‗llash zarur. Bu tadbir O‗zbekiston hududi uchun dolzarb chunki,
haydalib dehqonchilik qilinadigan yer maydonining 40 foizidan ko‗prog‗i
suv va shamol eroziyasiga chalingan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda
foydalanish uchun yaroqli bo‗lgan 3 mln. gektardan ko‗proq lalmi yer
mavjud, shulardan namlik ta‘minlangan va yarim ta‘minlangan lalmi yerlar
hissasi salkam 1 mln.ga. Lalmi yerlar nisbatan qulay tuproq-iqlim
sharoitlarida joylashgan bo‗lib, g‗alla, ozuqabop hamda boshqa ekinlardan
mo‗l hosil olish imkonini beradi. Agrotexnik tadbirlar to‗g‗ri qo‗llansa don
ekinlari hosildorligi gektariga 13-15 ayrim yon bag‗rli qiyalik yerlarda 20
s/ga bo‗lishi mumkin. Ma‘lumotlarga ko‗ra yer yuzasidan suv va sug‗orish
eroziyasi ta‘sirida xar yili gektaridan 100-150 t tuproq, 500-800 kg gumus
moddasi, 100-120 kg azot, 75-100 kg fosfor tuproq bilan yuvilib daladan
chiqib ketishi aniqlangan Eroziya jarayonlari tufayli g‗o‗za, g‗alla va
boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorligi 30-50
154
foizgacha kamayadi, paxta tolasi va g‗alla sifati keskin yomonlashadi.
Shuning uchun tuproqni shamol va suv eroziyasidan himoya etish hozirgi
kunning hayotiy tadbirlaridan biridir. Dehqonchilik jadal yuritilayotgan
sharoitda, tuproqni himoyalovchi agrotexnik tadbirlar yaratilgandagina
madaniy ekinlardan barqaror va uzluksiz hosil olish mumkin. ixota
daraxtzorlar va tabiiy o‗tloqlar yo‗q joylarda shamol ta‘siri bilan tuproqni
ustki qismi uchirilishi natijasida uning fizik, ximik, suv, fizik xususiyatlari
yomonlashadi va unumdorlik ma‘lum qadarga pasayadi. SHamol uchirgan
qum va tuproqni mayda zarrachalari yosh o‗simlik nihollarini quritib, ariq
zovurlarni to‗ldiradi. Ekologiyaga salbiy ta‘sir etibgina qolmay, ortiqcha
sarf xarajatga olib keladi. SHuning uchun tuproqni suv va shamol eroziyasi
ta‘sirida zararlanishdan saqlash faqat unumdavlat ishi bo‗lmay, balki xar
bir qishloq xo‗jalik xodimlarini e‘tiborida bo‗lib chora tadbirlar ko‗rilishi
zarur.
Eroziya lotincha «Erosio» – so‗zidan kelib chiqib emirilish, yuvilish
ma‘nosini bildiradi. Xozirgi davrda uni tuproqshunoslikda, geologiya
geografiya, tibbiyot fanlarida yer po‗stining ustki qismida sodir bo‗ladigan
emirilish jarayonlari deb tushntiriladi.
Tuproq eroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida emirilish,
yuvilish va uchirib ketish jarayonlarga qarab suv va shamol eroziyasiga
bo‗linadi. Kuchli suv oqimi ta‘siridagi emirilish, yuvilishga suv eroziyasi,
kuchli shamol ta‘sirida tuproq, qum uchirib ketilishi shamol eroziyasi
yoki deflyasiya deyiladi. Deflyasiya –
«deflasio» lotincha so‗z bo‗lib, tuproq, qumni ustki qatlamini kuchli
shamol ta‘sirida uchirilishini anglatadi.
Suv eroziyasini rivoji yerlarni rel‘efiga va suv oqimiga bog‗liq.
Bizning ma‘lumotlarimizga ko‗ra tuproqni emirilishi yerning qiyaligi 1,5-
2
0
Cdan oshganda boshlanadi. Shamol eroziyasi (deflyasiya) yer ustini
hamma ko‗rinishlarida kuchli shamol ta‘sirida qiyalik, tekisliklarda
mexanik tarkibi engil bo‗lgan tuproqlarda 12-15 m/sek tezlikda rivoj
topishi mumkin.
155
Relefi notekis nishabli bo‗lgan, sug‗orib dexqonchilik qilinadigan
mintaqalarda
– sug‗orish (irrigasiya) eroziyasi rivojlangan. Hozirgi vaqtda suv va shamol
eroziyasi jarayonlarini rivojlanishiga qarab geologik (normal) va
jadallashgan eroziya turlariga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |