6.3.
Tuproqning
suv
eroziyasining
rivojlanishiga tabiiy va antropogen
omillar tasiri
Eroziya jarayonlari paydo bo‗lishi va rivojlanishiga asosan 2 xil omil
ta‘sir etadi: 1) tabiiy va tarixiy; 2) sosial – iqtisodiy, insonning xo‗jalik
faoliyati bilan bog‗liq xatti-harakati; qadimiy tarixiy davrda eroziya
rivojlanishi tabiiy omillarga bog‗liq bo‗lib, tabiatda sezilarli emirilishlar
kuzatilmagan. Inson tomonidan yer o‗zlashtirilishi va g‗ayri tabiiy usullar
qo‗llab noto‗g‗ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari sezilarli rivoj
oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida ko‗rsatilgan ikkala omil bir-birlari
bilan birlashishi natijasida namoyon bo‗layotir. Iqlim o‗zgarishi, yer
yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy
omillar bilan
157
birgalikda inson tomonidan yer, suv manba‘lari noto‗g‗ri foydalanilishi
tuproq suv va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir.
Iqlim sharoitlari.
O‗zbekiston iqlimining tuproq paydo bo‗lishidagi
va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini o‗rganishda birinchi
navbatda hududni myeridian bo‗ylab 920 km dan ko‗p cho‗zilishi iqlimni
Janubdan –Simolga qarab o‗zgarishini xilma-xilligi inobatga olinadi. Bu
o‗zgarishlarga suvsiz jazirama cho‗llar, adirlar, tog‗ oldi va tog‗
mintaqalarining joylashishi sababdir. Ma‘lumki, iqlimni o‗zgarishiga
asosan tog‗lar, tog‗ vodiylari, ularni ekspozisiya bo‗yicha joylanishi,
tog‗larning balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun O‗zbekiston
hududida
iqlimning
shakllanishi
atmosferat
sirkulyasiyasining
xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro va
cho‗llardan iborat katta kengliklarida bir zayildagi kuchli qizigan
kontinental jazirama issiq hukm suradi. SHuning uchun yoz bo‗yi havo
ochiq, behad issiq bo‗ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-tropik va
mo‗‗tadil kengliklarning sovuq massalari o‗rtasida Markaziy Osiyoda
janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bo‗ladi, qishki-
bahorgi syeryomg‗ir davr shuning oqibatidir.
L.N.Babushkin ko‗rsatib o‗tganidek, g‗arbdan kelayotgan atmosferat
havo massalari va janubiy-g‗arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi
namlik
manbalari
hisoblanadi.
Tog‗larga
yaqinlashgan
sari,
yonbag‗irlardan yuqori ko‗tarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik
suyuqlashadi va yog‗in-sochinga aylanadi. O‗zbekistonga yog‗in-sochin
miqdori joyning dengiz sathidan ko‗tarilib borishiga qarab ko‗payish
qonuniyati shu bilan izohlanadi. SHuning uchun O‗zbekiston iqlimi
gidrotermik rejimga asosan tekis kenglik bo‗yicha ekstraarid iqlimli va
pastlikdan yuqori balandlikka qarab ekstra- aridli, arid, subgumidli va
gumid subnival iqlim turlariga bo‗linadi. Ko‗rsatilgan ana shu to‗rtta
iqlimli mintaqa respublika hududlari relefiga, Ya‘ni geomorfologik
rayonlariga to‗g‗ri keladi. Turon pastekisliklari, tog‗ osti va tog‗ tagi
baland tekisliklari, o‗rta tog‗li va yuqori baland tog‗ mintaqalariga
bo‗linadi. Bu to‗rtda iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo‗lish
158
jarayonlari turlicha kechadi va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil
tuproq tiplari, tipchalari paydo bo‗lgan. Ya‘ni ekstraarid -cho‗l
tekisliklarda yog‗in-sochin 70-200 mm, baland-past tekisliklar - arid
mintaqalarda 250-359 mm bo‗lsa, o‗rta tog‗
- subgumidli mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan
ko‗proq, gumid subnival mintaqali baland tog‗larda esa 359-400-500 mm
va undan oshadi.
Joy dengiz sathiga nisbatan ko‗tarilgan sari, odatda, havoning
o‗rtacha harorati pasayadi, haroratning vyertikal gradientlari turli
sharoitlarda har xil bo‗ladi; qishda kamroq, odatda ko‗tarilishning har 100
m hisobiga 0,2 – 0,5
0
C atrofida, yozda esa ko‗proq 0,7 – 0,8
0
C. Tog‗ va
yaylov mintaqalarining iqlimi ham o‗ziga xos xususiyatlarga ega.
Ma‘lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog‗in miqdori ham ko‗paya
boradi, harorat esa pasayadi va umumiy bug‗lanish kamayadi. Shuning
uchun, baland tog‗ cho‗qqilarida yoz oylarida ham yerib ulgurmaydigan
qorlar va muzliklarni ko‗ramiz.
O‗zbekiston iqlimi o‗ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va
katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental
iqlimli o‗lkalar qatoriga kiradi. Syerquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish,
sutka va yil davomida haroratning keskin o‗zgarib turishi, yog‗inning
kamligi
va
havoning
quruqligi
O‗zbekiston iqlimining asosiy
xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho‗l va adir mintaqalarida
(tog‗ oldi, tog‗ osti) tog‗ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq
namoyon bo‗ladi.
Suv eroziyasiga bevosita ta‘sir etadigan tabiiy holatlardan eng
muhimi atmosferat yog‗in-sochinlaridir. Yog‗in-sochin yer yuzasida suv
oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Ustki oqim
tuproqning suv singdiruvchanligi etarlicha bo‗lmagan tuproqlarda kuchli
yomg‗irlar va qor yerishi davrida yonbag‗irlarda paydo bo‗ladi. Havodan
tushgan yog‗in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma‘lum qadar
xavfi borligini aks ettiradi. YOg‗in-sochinning yil mavsumlari bo‗yicha
taqsimlanishi, yomg‗ir tomchisini yirik va mayda yog‗ishi ko‗proq
ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bo‗lish
ehtimoli
159
shunga bog‗liq bo‗ladi. Yog‗in-sochinning miqdori va xususiyati, qor
to‗planishi va qor erishi, tuproqning harorat va suv maromi
kabilar suv eroziyasi
jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
O‗zbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti
xususiyatlariga bog‗liq. Yoz faslida sahro va cho‗llardan iborat katta
xududlarda jazirama issiq xukm suradi. Sovuq mavsumda esa sovuq havo
oqimi hosil bo‗ladi. Havo haroratining bu holda o‗zgarishi qishki, bahorgi
yog‗in-sochinlar bo‗lib turishiga sharoit yaratadi. Farbdan esadigan sovuq
havo bilan janubiy-g‗arbdan keluvchi tropik havoning uchrashuvi namlik
manbalarini hosil qiladi. Tog‗larga yaqinlashgan sari, yonbag‗irlardan
yuqori ko‗tarilayotganda bu havo oqimi soviydi, namlik suyuqlashadi va
yog‗in-sochinga aylanadi. O‗zbekistonda yog‗in-sochin miqdori joyning
dengiz sathidan ko‗tarilib borishiga qarab ko‗payishi qonuniyati shu bilan
izohlanadi. Tekisliklarda yog‗in-sochin 70-250 mm., tekislik – tepaliklarda
250- 350 mm bo‗lsa, tog‗ oldi va past tog‗larda 350-500 mm va bundan
ko‗proq, tog‗larda esa 700-900 va 1000 mm dan oshadi.
Havo haroratining keskin kontinentalligi sutkalik ko‗rsatkichda ham,
yillik ko‗rsatkichda ham kuzatiladi. Kunduzgi xarorat ko‗tariladi. Kechasi
keskin pasayadi. Eng yuqori harorat yozda 27-30
0
C, o‗rtacha yillik 10,1
0
C.
Havoning nisbiy namligi sutkalik va yillik siklda teskari yo‗nalishda
o‗zgaradi. Kechasi va qishda namlik yuqori, kunduzi va yozda past. Ko‗p
yillik ma‘lumotlarga ko‗ra, havoning mutloq namligi 32% dan pasaymaydi.
Tog‗li mintaqalarda bu ko‗rsatkich pastki mintaqalardagiga qaraganda
ancha yuqori. Bu lalmikorlikning tog‗li mintaqasi sharoitida ekinlardan
mo‗l hosil olishga ko‗maklashadigan yana bir tabiiy omil hisoblanadi.
Kuzatishlarga ko‗ra yog‗in-sochinning ko‗p miqdori (126- 150 mm) mart-
aprel va may oyining boshlariga to‗g‗ri keladi. Bu payt dalalarga ishlov
berilgan bo‗ladi va tuproqning o‗simlik qoplami bilan o‗rtacha maromda
proeksion qoplanishi 30 % dan oshmaydi. Bunda eroziyani jadal namoyon
bo‗lishi uchun sharoit yaratadi. Kuzatishlarga qaraganda yog‗in-sochinning
uzoq davomi va
160
tezligi 0,5-1 mm/min va undan ortiq bo‗lsa, oqim kuchayib eroziya
jarayonlari jadal boradi. Ma‘lumotlarga ko‗ra to‗q-tusli bo‗z lalmi
tuproqlar mintaqasida yomg‗irning avj ila tez yog‗ishi (0,7-1 mm)
natijasida yonbag‗irning 6,5-7
0
gradus qiyalikdagi yuzasidan har gektariga
30-50 t tuproq yuvilganligi aniqlangan. Iqlimni eroziya jarayonlari
rivojiga yana bir ta‘siri – bu shamoldir. SHamol eroziyasini
(deflyasiyaning) vujudga kelishida asosiy omil, shamol eroziyasi rivoji
uning tezligi, yo‗nalishi, yog‗inning miqdori, mavsumiyligi, harorati va
takroriyligiga bog‗liq. Ko‗proq yer yuzasidagi tuproq zarrachalarini chang-
to‗zonga aylantirib havoga ko‗taradi va eroziya- deflyasiya holatini hosil
qiladi.
O‗zbekistonda shamol eroziyasi bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borgan olimlar Q.Mirzajonov, M.Hamraev va A.Qayumovlarning
ma‘lumotlariga qaraganda yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s
tezlik bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm
balandlikda. 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol
eroziyasi ro‗y bergani ta‘kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga
o‗simliklar ham uchirilib uzoq-uzoq joylarga yo‗llarga, suv havzalariga
keltrib tashlangan.
Amyerikalik olim W.S.Chepil (CHepil) deflyasiyani boshlanishini
yer betidan 15 sm balandlikda shamolning tezligi 12-15 m, sek bo‗lganda
kuzatgan. SHuni ham ta‘kidlash lozimki, bunda albatta tuproqni mexanik
tarkibiga bog‗liqligini ko‗rsatgan.
SHunday qilib, iqlim ko‗rsatkichlari eroziya va deflyasiya
jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |