31
xususiyatiga ega. Bu yolg‗on oyoqlari harakat qilish va oziqani qamrab
olish vazifasini bajaradi. Sitoplazma bitta
yadro va ayrish vazifasini
bajaruvchi
qisqarish
vakuolalari
joylashgan.Tuproq
sarkodalilarga
yalang‗och amyoba va chig‗anoqli amyobalar kiradi. Yalang‗och
amyobalarning kattaligi 20 mkm gacha bo‗lsa, chig‗anoqli amyobalarning
o‗lchami 65 mkm gacha bo‗ladi. Amyoba turli bakteriyalar, achitqi
zamburug‗lar, bir hujayrali suvo‗tlari va boshqa
bir hujayrali xivchinli
hayvonlar, kolovratkalar,qorinoyoqlilar bilan oziqlanadi.
Chig‗anoqli amyobalarning tanasi chig‗anoq yoki sovut ichida
joylashgan chig‗anoqning kengaygan tomonidan
soxta oyoqlari chiqib
turadi. Chig‗anoqli amyobalar saprofag hayvolar bo‗lib, sfagnumli botqoq
tuproqlari biosenozi tarkibida ko‗p uchraydi. Ularning 1 g tuproqdagi soni
bir necha o‗n mingtaga etadi. Sho‗rlangan tuproqlarda chig‗anoqli
amyobalar tuproqning bir muncha kam sho‗rlangan oraliq (V) qatlamida,
sho‗rlanmagan tuproqlarda ustki (A) qatlamda uchraydi. Chig‗anoqli
amyobalar bir hujayralilar suksessiyasi jarayonida
xivchinlilar, amyobalar
va infuzoriyalardan keyingi o‗rinda turadi.
2.4.
Xivchinlilar sinfi
(Mastigophora, Flagellata.
)
Xivchinlilar sinfiga mansub bo‗lgan hayvonlarda qilga o‗xshash
xivchinlilarning mavjudligi va shu xivchinlari yordamida harakat qiladi.
Ularning tanasi qattiq pelikula qobiq bilan qoplangan bo‗lib doimiy
shaklga ega. Xivchinlilarni oziqlanish usuliga binoan o‗simlik va hayvon
xivchinlilarga ajratish mumkin. O‗simlik xivchinlilar yashil o‗simliklar
kabi fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning
hujayrasida xlororfil
pigmentli orgonoidlar xromotoforlar bo‗ladi. Tuproqda yashil
rangli
Euglena viridius-
evglena, yashil rangli
Chlamydomonas
- xlamidomanada,
qo‗ng‗ir rangli
Cryptomonas-
kriptomonada, sarg‗ish rangli
Ochromonas
-
oxromonoda kabilar uchraydi. Ayrim yashil xivchinlilar (evglena)
qorong‗ida xlorofil pigmentini yo‗qotib, rangsizlanadi va osmotrof (suvda
yerigan moddalarni tanasi orqali shimib olish) oziqlanishiga o‗tadi. Bunday
hayvonlar aralash oziqlanadigan
(miksotroflar)
deyiladi.
Hayvon
xivchinlilar (zoomastigalar) rangsiz
32
bo‗lib, haqiqiy hayvonlardek tayyor ozuqa
bilan getyeratrof usulda
oziqlanadi. Ular osmotrof va golozoy (oziq zarralarni yutish) oziqlanadigan
Monas, Boda, Cyercomonas, Oicomonas
avlodlarining turlaridir. Tuproqda
yashovchi xivchinlilar juda mayda bo‗lib, ayrim turlarining uzunligi 2-4
mkm ni tashqil etadi. Ular tuproq biomassasining hosil bo‗lishida muhim
o‗rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: