Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Lichenes-
Lishayniklar 
Lishayniklar tirik organizmlarning alohida 
guruhi 
bo‗lib, 
tuban 
o‗simliklarga 
kiritiladi. 
Lishayniklarning 
tanasi(tallomi) ikkita orgaizmlarning Ya‘ni zambrug‗lar(mikobiont) va 
suvo‗tlar(fikobiont)ining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Lishayniklarning 
vujudga kelishida ikki xil qarash mavjud: birinchidan lishayniklar 
fotosintezlovchi suv o‗tlari yoki sianobakteriyalar 


25 
bilan doimo hamkorlikda yashovchi zambrug‗larning alohida guruhi deb 
hisoblashsa, ikkinchidan lishayniklar evolyusiya davomida kelib chiqqan 
biolgik oragnizmlar deb qaraladi. Lishayniklarni o‗rganish natijasid shular 
aniqlandikim ularning tanasidagi zamrug‗lar mutaxassislashgan bo‗lib, ular 
tabiatda erkin holda uchramaydi. Lishaynik tanasidagi suvo‗tlar tabiatda 
erkin yashay olishi mumkin degan fikrlar mavjud edi, lekin yuqoridagidek 
lishayniklarning deyarli barcha turlarining tanasida uchraydigan suvo‗ti 
tabiatda erkin holda yashay olmasdan faqat u zambrug‗lar bilan simbioz 
holdagina yaashay olar ekan.Bunga hozirgi kunda ma‘lum bo‗lgan 
lishayniklar turiningdeyali yarimining tarkibga kiruvchi eng muhim 
fikobiont Trebouxia bo‗lib tabiatda erkin holda uchramaydi u, faqat 
simbioz yashar ekan. Hozirgi kunda tabiatda lishayniklarning 26000 
to‗rga tafsil berilgan bo‗lib ular 400 ta avlodga birlashtiriladi. Lishaynik 
tanasidagi mikobiontalarning deyarli ko‗pchiligi askomisetlarga mansub 
bir necha turida bazidomisetlar bo‗ladi. Fikobiontlardan Ya‘ni suvo‗tlardan 
yashil va sariq yashil,ba‘zilarida ko‗k yashil suvo‗tlar bo‗ladi. 
Anatomik tuzilishga ko‗ra lishayniklar gomeomyer va getyeromyer 
tallomlilarga bo‗linadi. Gomeomyer tallomni ko‗ndalangiga kesib 
qaralganda simmetrik tuzilishli Ya‘ni yuqori va pastki qatlam o‗rtasida 
zambrug‗larning gifa tuzilishli miseliylaridan iborat, ikkala qavat 
oralig‗ida hosil bo‗lgan g‗ovak gifli qatlamda suvo‗tlarning hujayralari bir 
tekis tarqalgandir. Getyeromyer tallomda yuqori va quyi qavatlar zichligi 
va qalinligi bilan farqlanib suvo‗ti hujayralari yuqorigi qatlamda 
to‗plangan. Morfologik tuzilishlari bo‗yicha lishayniklar uch: quyqa, 
bargsimon va shoxlangan guruhlarga bo‗linadi. Undan tashqari mayda 
bargsimon ko‗chib yuruvchi turlari ham tuproq yuzasida uchraydi, bu tur 
birorta substratga yopishib olmasdan «kesakcha» ko‗rinishda bo‗lib 
shamol yordamida tuproq yuzasida ko‗chib yuradi. Lishayniklar 
tallomining oddiy bo‗linish yo‗li bilan, hamda sporalar hosil qilib 
ko‗payadi. Lishayniklar juda sekin o‗sadi. Ayniqsa quyqa lishayniklar yil 
davomida 1 mm dan 8mm o‗sadi, lishayniklar 30 dan 80 yilgacha umr 
kechiradi. Lishayniklar biror bir harakatlanmaydigan substrat yuzasiga 
yopishib 


26 
olib 
po‗stloq, kesakcha, shoxlangan ko‗rinishli holatda o‗sadi. 
Lishayniklar Arktikaning sovug‗iga va Qizilqumning jazirama issig‗iga 
chidamlidir. Lishaynik tanasidagi avtotrof komponent zambrug‗ni 
sintezlangan organik moddalar bilan ta‘minlaydi. Zambrug‗ har xil 
tuzilishli gavstoriyalar hosil qilib suvo‗ti tanasidagi organik moddani oladi, 
suvo‗tlarining o‗lik qoldiqlari bilan saprofit oziqlanadi
hamda 
suvo‗tlariga miseliylari yordamida suvni to‗playdi. Lishayniklar issiqga va 
qurg‗oq- chilikga juda chidamli bo‗lib juda quruq atmosferat hovosi 
tarkibidagi suvni o‗zlashtira oladi. Lishayniklar polifenol qatoriga kiruvchi 
murakkab ornganiq moddalar ajratadi. Ular lishaynik kislotalar deb atalib 
antibiotik xusisiyatga ega bo‗ladi. Bular orasida keng tarqalganlari- usnina, 
ursol, lekonor, bu kislotalarning nomi, ularni ajratadigan lishaynik turlari 
va avlodlar nomi bilan ataladi. Bu kislotalar kationlar bilan birikib 
substratlarni emiradi, undan tashqari lishayniklar o‗z substratiga fizik tasir 
ko‗rsatib ularni emiradi va tuproq hosil qiladi. 
B.B. Polinov, M.A.Glazovskaya lishayniklarnig tog‗ jinslarini emirib 
tuproq hosil qilishini o‗zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida ko‗rsatib bergan

N.A.Krasilnikov va shogirdlari o‗z ilmiy tadqiqot ishlarida yopishqoq 
lishayniklar mikroorganizimlarning yashash joy ekanligini asoslab 
berganlar. Lishayniklardan rang va lakmus hamda har xil hidlarni beruvchi 
Ya‘ni sovun va atirupalar tayyorlashda ishlatiladigan moddalar olinadi. 
Shoxlangan lishaynik Shimol bug‗usining asosiy ozig‗i hisoblanadi. Bug‗i 
yo‗sini yoki yagel deb ataluvchi shoxlangan lishaynikning 3ta turi: 
Cladonia alpestris- 
alp kladoniyasi, 
C. sylvatica- 
o‗rmon kladoniyasi, va 
C.rangifyerina
-bug‗u kladoniyasi. 
Cetrarica islandica – 
islandiya 
yo‗sinidan qoramollarning em-xashaklari sifatida foydalaniladi. Tuproq 
biologiyasida lishayniklarning 2 ta ekologik guruhi o‗rganiladi. Tuproq 
yuzasida tarqalgan va tog‗ qoyalarida Ya‘ni toshlar yuzasida tarqalgan turi 
o‗rganiladi. 
Epigaey tipidagi lishayniklar, tez o‗sadigan yuksak o‗simliklar bilan 
raqobatlasha olmaydi, shuning uchun ular unumdor tuproq qoplamida kam 
uchraydi. Epigeylar asosan cho‗l va tundra mintaqalarida uchraydi: 
ochiq maydonlarda 


27 
epigeylardan 
Peltigyera canina
-it peltigyerasi, 
Cetraria islandica- 
islandiya moxi,
Cladonia 
-kladoniy ko‗plab tarqalgan bo‗lsa quruq dasht 
cho‗l va tog‗ qoyalarida ko‗chib yuruvchi lishayniklardan, 
Aspicilia 
esculenta
-manna lishaynik, 
Parmelia vagans
-chalg‗ituvchi parmeliya,
Cornicularia 
steppae
-
dasht karnikulariyasi. O‗rmonlarda lishayniklarning Cladonia va Peltigyera 
avlodiga mansub turlari keng tarqalgan. 
Toshlar va qoyalar yuzasida o‗sadigan «epilet»lardan quyka 
lishayniklardir. Ular orasida oxak toshli jinslarda yashovchi kalsefillar - 
Vyerrucarica, Gasparrinia
, kalsieofoblardan Ya‘ni kremnozyomlarda 
yashaydigan- 
Lecidea, Lecanor
a va 
Rhizocarpon b
oshqalarni keltrishimiz 
mumkin.. 
Lishayniklar «pionyer» organizmlar bo‗lib ular yalong‗och qoyalarga 
o‗rnashib ularni emirib, tuproq paydo bo‗lishini boshlab berib yuksak 
o‗simliklarning o‗sishi uchun asos yaratadilar. 
Lishayniklarning qoldiqlari, o‗liklar qoya ustini, organik moddalarga 
boyitib tuproq hayvonlarining yashashi uchun sharoit tug‗diradi. 
Lishayniklar 
dastlabki 
produsentlar 
bo‗lib 
hisoblanadi. 
Primitiv 
biogeosenozning asosini shakllantirishda xizmat qiladi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish