Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, B. M. Eshonkulov,D. S. Normurodov, F. A. Oblokulov


  12. Bahorgi kartoshkani yetishtirish texnologiyasi…………………………



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/71
Sana20.06.2023
Hajmi1,98 Mb.
#952606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
 
81 
12.
Bahorgi kartoshkani yetishtirish texnologiyasi…………………………
 
91 
13.
Yozgi muddatda ekib kartoshka oʻstirish texnologiyasi……………….. 99 
14.
Ikkihosilli ekin sifatida kartoshkani oʻstirish texnologiyasi.................. 
102 
15.
Virussiz asosdagi kartoshka urugʻchiligi uchun botanik urugʻlaridan 
yetishtirib dastlabki material yaratish.................................................... 
107 
16.
Uchki meristema usulida sogʻlomlashtirilgan tuganaklardan elita 
ko`chatlar yetishtirish texnologiyasi........................................................ 
125 
Xulosalar 
135 
Glossari ………………………………………………………………… 137 
Fan boʻyicha testlar…………………………………………………….. 141 
Nazorat uchun savollar……………………………………………….. 159 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati….……….......…..………………… 162 
Ilova 
164 



KIRISH 
Kartoshkani yuqori hosildor, sifatli mahsulot beradigan, noqulay 
sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlaridan (duragaylardan) 
foydalanish sohaning rivojlanishini ta‘minlovchi omillardan boʻlib hisoblanadi. 
Respublika aholisini yil davomida kartoshkaga boʻlgan ehtiyojini qondirish 
uchun barcha toifada 150 ming gektar maydonlarga, shundan fermer xoʻjaliklarida 
60 ming gektar maydonlarga kartoshka ekiladi. Oʻrtacha hosildorlik bir gektar 
maydondan 180-200 sentnerni tashkil etib jami 2,8-3,0 mln tonna atrofida 
kartoshka yetishtiriladi. 
Ushbu maydonlarni sifatli urugʻlik kartoshka bilan ta‘minlash uchun har yili 
450 ming tonna urugʻlik talab etiladi. 
Kartoshka urugʻligini yangilash maqsadida respublikaga har yili valyuta 
evaziga katta miqdorda urugʻlik kartoshka import qilinadi. 
Jumladan, 2017 yilda 22,3 ming tonna 15,2 mln AQSh dollarlik, 2018 yilda 
34,2 ming tonna 20,2 mln AQSh dollarlik urugʻlik kartoshka import qilingan 
boʻlsa, 2019 yilda 12,0 ming tonna urugʻlik Belarussiya, Germaniya, Eron, 
Irlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gollandiya, Pokiston, Rossiya, Turkiya, 
Fransiya kabi mamlakatlardan kartoshka urugʻligi import qilingan. 
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini tizimli ravishda kartoshka 
urugʻliklari bilan ta‘minlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan 
hisoblanadi. Buning asosiy sabablari esa quyidagilar: 
- kartoshka oʻsimligi 37 xildagi virusli kasalliklar bilan zararlanishi hisobiga 
hosildorlik koʻrsatkichlari yildan yilga tushib ketishi; 
- urugʻlik kartoshkani koʻpaytirishning yagona hamda ishonchli usuli bu 
virussiz asosdagi in-vitro usulidan foydalanishdir, respublikamizda kartoshka 
urugʻchiligida ushbu usuldan deyarli foydalanilmaydi hamda ushbu sohada 
mutaxassislar yetarli emas; 



- mamalakatda yaratilgan hamda respublika tuproq-iqlim sharoitiga 
moslashgan navlarning urugʻchiligi deyarli mavjud emas, bu esa mamlakatda 
urugʻchilik sohasida xorij urugʻchilik sanoatining dominantligiga hamda 
urugʻlikning qimmatlashiga olib kelgan. 
Respublikamizda keyingi yillarda qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi nav va 
duragaylarini yaratish va katta maydonlarga joriy etish uchun seleksiya va 
urugʻchilik ishlarini yaxshilashga alohida e‘tibor berilmoqda. Oʻzbekiston 
Respublikasida qabul qilingan ―Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida‖ va ―Urugʻchilik 
toʻgʻrisida‖gi qonunlariga muvofiq, bu ishlarni yuqori darajada tashkil etish talab 
etiladi. Bu ishlar esa joylarda seleksiya va urugʻchilik ishlarini samarali tashkil eta 
oladigan mutaxassislar orqali amalga oshiriladi. 
Soʻngi yillarda mamlakatimizda kartoshka ekinini yetishtirish va uning 
seleksiyasi hamda urugʻchiligiga katta e‘tibor berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-mayda 
―Respublikada kartoshka 
yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida‖gi PQ-4704-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq 
xoʻjaligivazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar 
hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yeregalari 
kengashi, 
Kartoshka 
yetishtiruvchilar 
uyushmasining 
kartoshkachilikka 
ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klast yerlari va kooperatsiyalarini
tashkil etish va uning quyidagi vazifalari belgilab berilgan: 
Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda 
iste‘mol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat 
zanjirini yaratish; 
urugʻlik kartoshkaning superelita va elita avlodlarini yetishtirishni 
kengaytirish, urugʻliklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini 
barpo etish; 
iste‘mol va urugʻlik kartoshkaga boʻlgan ichki bozor talabini qondirish, 
shuningdek, uning eksportini kengaytirish; 



kartoshka ekish uchun moʻljallangan ekin maydonining kamida 50 foizida 
urugʻlik kartoshkaning superelitava (yoki) elita avlodlarini yetishtirishni yoʻlga 
qoʻyish; 
urugʻlik kartoshkani saqlash, saralash, yetkazib berish va qayta ishlashni 
yoʻlga qoʻyish;
kartoshkachilik sohasiga ilgʻor texnologiyalar, innovatsion yechimlar (nou-
xau) va ilm-fan yutuqlarini joriy etish. 
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.03.2018 yil 29 
mart ―Oʻzbekiston respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga 
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PF-5388-sonli Farmoni, Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabr ―Meva-sabzavot mahsulotlarini 
tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-3978-son, 2019 yil 14 mart ―Meva-sabzavotchilik 
sohasida qishloq xoʻjaligi kooperasiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida‖gi PQ-4239-son, 2019 yil11 dekabr ―Meva-sabzavotchilik va 
uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini 
yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi PQ-4549-son Qarorlari 
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevral 102-
sonli ―Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini 
qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarorlari 
bunga yaqqol misol boʻla oladi. 
Qishloq xoʻjaligi oliygohlarida sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik 
yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga doir oʻquv rejasida ―Kartoshka 
seleksiyasi va urugʻchiligi‖ fanini oʻrganish rejalashtirilgan. 
Amaliy mashgʻulotlarida talabalar kartoshka ekinining biologik 
xususiyatlari, ularni yetishtirish texnologiyasining ba‘zi elementlari, seleksiya 
usullari, yaxshi navlarning urugʻlarini nav va ekish sifatlari, virussiza sosidagi 
urugʻchilik, 
urugʻchilikning 
jadallashgan 
usullari, 
urugʻlik 
maydonlarda 
aprobatsiya oʻtkazishtartibi bilan tanishadilar. Bu mashgʻulotlar boʻlgʻusi 



mutaxasislariga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ularni amalda qoʻllashga 
yordam beradi. 
Mashgʻulotlarda talabalarga kartoshka ekinining belgilari, ularning 
oʻzgaruvchanligi va unga ta‘sir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisida, uning tuzilishi, 
chatishtirish texnikasi va tartibi, izolyasiya usullari, seleksion materialni baholash 
uslublari, seleksion jarayon haqida, Davlat nav sinashi va yangi navlarni Davlat 
reyestriga kiritish tartibi, urugʻ va nav nazorati, urugʻlarning nav va ekish sifatlari, 
urugʻlarni yetishtirish hamdaurugʻlikvanavmateriallariningxujjatlari toʻgʻrisida 
ma‘lumotlar beriladi. 
Mualliflar ushbu oʻquv qoʻllanmada talabalarning kartoshaka seleksiyasi va 
urugʻchiligi ishlarining mohiyatini chuqur tushinishga va mustahkam bilim olish 
uchun oʻquv jarayonida foydali qoʻllanma boʻladi deb umid bildiradi.




Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish