17
Tomchili usul bilan sun‘iy hosil qilingan poliploidlar urugʻi bilan ham
tuganaklari bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Kartoshka seleksiyasida urugʻlarni va maysalarni
kolxisinlash bilan birga
ba‘zan tuganaklarni, maysalarni va butun palagini kolxisinlash mumkin.
Kartoshkaning poliploidlarini hosil qilishda kolxisin usulini qoʻllamay
tuganak ichki toʻqimalaridagi adventiv kurtaklaridan hosil qilish mumkin.
(Yu.P.Laktev).
Buning uchun tuganakning koʻzchalari kesib olinadi. Bir foizgacha
poliploidlar adventiv kurtaklarni yaralanishi va kallus yonidagi toʻqimalardan
yadrosi ikki karra xromosomalar soni ortgan vakuolalashgan toʻqimalarining
boʻlinishi natijasida vujudga keladi.
Amaliy seleksiya ishida poliploidlarni qoʻllashda muhimi shundaki ularni
qoʻshimcha sitologik analizlar qoʻllamay ishonchli ajratish (idekdikasiya qilish).
Kartoshkaning poliploid
shakllari sust rivojlanishi, poyalari va barglari
yoʻgʻonlashgan, oʻsimliklari toʻq yashil rangli, gulkosa
va gultoj barglari kuchli
tuklangan, gullari, changchi va urugʻchi yiriklashganligi bilan ajralib turadi.
Poliploidlar oʻsimlik kattaligi, fertilligi meva va urugʻ hosil qilishi bilan
turlicha boʻlishi mumkin.
Urugʻidan hosil qilingan yosh kolxisinlangan oʻsimliklarni
farq qiladigan
belgilariga quyidagilar kiradi: urugʻ osti tizzasining (gipokotili) yoki uning qismini
yoʻgʻonlanishi, urugʻ pallasini qorongʻi tusli va yosh bargchalarining qoʻpol
tuklanishidir. Barg plastinkalarining shakli kuchli yoki qisman oʻzgargan.
Eksperimental poliploidlarning amaliy seleksiyada maqsadi qimmatli belgili
yovvoyi turlarning madaniy tetraploid kartoshka S. tuberosum bilan turlararo mos
kelmasligini yengishdir.
Eksperimental (sun‘iy) poliploidiya
.
Kartoshka ekini seleksiyasida bu usul
chatishmaslikni yengish, yoki chatishtirishni osonlashtirish
maqsadida turlarni
polidligini (xromosomalar sonini karra oshirish) oshirish va navlar bilan
chatishtirish maqsadida qoʻllaniladi. Buning uchun kolxisinning suvdagi 0,4 %
eritmasini ikki usulda: nishlagan urugʻning o`sish nuqtasiga tomchilab solish va
18
kartoshkaning haqiqiy urugʻini shu eritmaga quyib to 2
mm li ildizchalar paydo
boʻlguncha saqlash.
Diploidlardan shu usulda avtotetraploid hosil qilinib (2n = 24) kolxisinlash
oʻtkaziladi. → (4n = 48) ularni S. tuberosum bilan chatishtiradilar. Shu usuldan
foydalanib bir necha turlarning poliploidlari hosil qilinib seleksiyada foydalanilgan
(S. acaule, S. stoloniferum, S. chacaense va boshqalar).
Oxirgi vaqtda
kartoshkaning diploid turlarini amfidiploidiya usulidan foydalanib chatishtiradilar.
Ikki diploid turlari chatishtirilib turlararo duragay hosil boʻladi, bu hosil boʻlgan
duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar sonini ikki hissa koʻpaytiriladi.
Undan keyin hosil boʻlgan amfidiploid nav bilan chatishtiriladi. Masalan,
2n – 24
2n – 24
(S. vernei – x S. chacoense) x S. tuberosum
S. vernei – 2n = 24
S. chacoense 2n = 24
S. tuberosum 24 = 48
S.Vernei x S. chacoense (S. Vernei x S. chacense)
2n = 24 2n = 24 turlararo duragay
n = 12 n = 12 n = 12 + n = 12 = 2n = 24
Turlararo duragayga kolxisin ta‘sir qilib xromosomalar soni ikki barobar
oshgan amfidiploid hosil qilinadi.
2 n = 24 x 2 = 2 n = 48 xromosoma
(S. Vernei x S chocoeusc) x S tuberosum uch turli -2n=48
2n = 48 duragay amfidiploid fertil
n = 24 2n=48
n = 24
Eksperimental (sun‘iy) gaploidiya
Do'stlaringiz bilan baham: