58
tuganaklardan bu usulda dastlabki sogʻlom 100 klondan 110 tonnagacha elita olish
imkoni mavjud.
Kartoshkachilikni muvaffaqiyatli boʻlishi uchun yaxshi navlarni boʻlishi hali
yetarli emas. Urugʻchilik materialni yetishtirishning barcha bosqichlarida
kartoshka urugʻchiligini shunday olib borish kerakki nafaqat navning hamma
qimmatli xususiyatlarni koʻp yillarga saqlash, balki
ularni yaxshilab berishga
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, kartoshka ekinlarida turli kasalliklarni
tarqalishi, hosildorlikni pasayishi va navni yoʻqolishiga (nobud) boʻlishi.
Urugʻchilikning asosiy vazifalaridan biri virus kasalliklari bilan kurashish.
Ularning tez tarqalishi kartoshka sifatini pasayish asosiy sababidir. Shuning uchun
virusdan xoli urugʻlik kartoshkani oʻstirish urugʻlik materialni yetarli darajada
saqlashni garovidir.
Urugʻlik kartoshka turli xil kasalliklardan-zamburugʻ, bakterial kasalliklar,
nematodalardan toʻligʻicha xoli boʻlishi kerak. Urugʻlik kartoshka tegishli
mahsulot sifatlariga ega boʻlishi va toʻg`ri parvarish qilishda yuqori hosil olishni
ta‘minlash kerak. Tuganaklar kattaligi talab darajasida –juda
mayda ham, juda
katta boʻlmasligi lozim. Kasalliklarni tarqalmasligi uchun urugʻlik kartoshkani
kesish mumkin emas. Urugʻchilikni hamma bosqichlarida navning ifloslanishiga,
ya‘ni boshqa navlar aralashmasligiga yoʻl qoʻymaslik sharoiti tugʻdirish kerak.
Chunki aralashmalar navni qolishiga olib keladi. Bu tadbirlarni faqat yaxshi tashkil
qilingan urugʻchilik tizimi asosida bajarish lozim.
Kartoshka ekinlarida viruslar bilan muvaffaqiyatli kuzatish koʻpaytirilgan
navlarning ularga chidamliligiga bogʻliq.
Zararli viruslarga chidamli immunitetli navlar urugʻchilikni muvaffaqiyatli
olib borishini ta‘minlaydi. Shuning uchun viruslarga chidamli navlarni yaratish
katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda yaxshi va toʻgʻri tashkil qilingan
urugʻchilik tizimi koʻp yillar davomida qimmatli navlarni saqlab koʻpaytirishini
ta‘minlaydi.
Seleksiya
jarayonida, urugʻ koʻchatlarini (oʻsimliklarni) viruslar bilan
zararlanishidan saqlab borish lozim. Buning uchun turli masofali izolyasiya
59
usullarini qoʻllash kerak. Infeksiyalarni mexanikaviy yoʻl bilan oʻtishini oldini
olish uchun pitomniklarda parvarish qilishda, qator oralarini ishlashda ehtiyotlik
choralar koʻrilishi lozim.
Seleksion muassasalarida standart navlari infeksiya manbai boʻlishi
mumkin. Buning uchun standart navlarini viruslarga
chidamliligi aniqlangandan
keyin pitomniklarda navlar yonida taqqoslash uchun joylashtirilishi mumkin.
Urugʻlik kartoshka yetishtirish uchun tuproq iqlim sharoiti qulay joylar tanlab
olinishi kerak. Bunday joylarga boshqa qulay sharoitlar bilan birga viruslarni
tarqatuvchi hasharotlar uchun qulay sharoit boʻlmagan joylar hisobga olinadi.
Agar Oʻzbekiston sharoitda turli sabablarga koʻra, jumladan so`ruvchi
hasharotlar, yuqori harorati, issiq va quruq havo kartoshka urugʻchiligida alohida
e‘tibor berishini talab etadi. Virus kasalliklarining tarqalishi sababli Samarqand
qishloq xoʻjalik instituti olimlari tomonidan kartoshkaning virus kasalliklari
tarqalish sabablari va oldini olish usullari oʻrganilib Oʻzbekiston sharoitida
kartoshka urugʻchilik tizimi, yuqori sifatli urugʻlik yetishtirish va elita urugʻligini
jadallashgan usuli ishlab chiqilib joriy etilgan.
Umumiy qabul qilingan uslub bo`yicha elita yetishtirish jarayoni odatda 5 –
6 yil davom etadi. Urugʻlik kartoshka mahalliy
sharoitda bahorgi muddatda
ekilganida bunday uzoq davr mobaynida albatta virus kasalliklari bilan kuchli
zararlanadi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Avvalgi yil tuganaklarini yozgi
muddatgacha saqlashning qiyinligi, qimmatga tushishi, sogʻlom tuganaklarning
ko`payish koeffisiyentining kam boʻlib qolishi
va hokazo qiyinchiliklarni
tug`diradi.
Shuning uchun bir yilda ikki xosil olish kartoshka urugʻchilik sxemasini ikki
baravar tezlashtiradi, sogʻlom tuganaklarning koʻpayish koeffitsiyentini oshiradi (5
– jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: