Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

O‗rta Osiyoning yer osti suvlari 
Yer osti suvlarining hosil bo‗lishi va xususiyatlariga qarab, O‗rta Osiyoni 
uchta qismga ajratadilar: tog‗li, tog‗ oldi va tekislik. Tog‗li rayonlar atmosfera 
yog‗in-sochinlarining (yomg‗ir va qor suvlari) singishi, ya‘ni yer osti 
suvlarining to‗yinish oblasti bo‗lib xizmat qiladi. Tog‗ va tog‗ oldi tekislik 
rayonlari mutlaqo yer osti suvlarini o‗tkazuvchi, tranzit qiluvchi rayon 
hisoblanadi. Juda katta hududlarni egallagan tekisliklar yer osti suvlarining 
joylanishi va xususiyatlariga qarab ikki xil kategoriyaga bo‗linadi. 
Birinchi kategoriya yoki tipga qum va gillardan tarkib topgan vodiy va 
allyuvial tekisliklardagi grunt suvlari kiradi. Bu tipdagi grunt suvlarning asosiy 
to‗yinish manbai uzoqdan keladigan tranzit suvlardir, unda mahalliy suvlarning 
roli uncha katta emas. Mirzacho‗l, Qarshi cho‗li, Farg‗ona, Zarafshon, 


47 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Chu, Talas, Murg‗ob vodiylari, Amudaryo va 
Sirdaryo deltalaridagi grunt suvlar shular jumlasidandir. 
Ikkinchi tip qadimiy tekisliklarda yakka-yakka holda uchraydigan yer osti 
havzalari suvlaridir. Biroq uzoqdan keladigan grunt suvi qatlamlararo suvni, 
shu jumladan artezan suvlarni hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Markaziy 
Farg‗ona, Qoraqum va Orol bo‗yi, Qizilqum cho‗llari, Qizilqumning markazi 
va janubi-g‗arbi, Ustyurt platosi shu tipga kiradi. Tog‗li rayonlardagi yer osti 
suvlari ham bir necha tipdan iborat. Bu yerdagi suvlar tog‗ jinslari darz ketgan 
yoriqlarda, yer tomirlari kabi yoki karst hodisalari ro‗y bergan joylarda 
uchraydi. Ba‘zan ikki tomondan suv o‗tkazmaydigan qatlam bilan to‗silgan 
qatlamlararo yer osti suvlari bo‗ladi. Ular joylanish sharoitiga qarab bosimli va 
bosimsiz bo‗lishi mumkin. Tog‗ oldi tekisliklari, yoyilma konuslar va tog‗ 
oralig‗idagi yirik botiqlar yumshoq, g‗ovak jinslardan tarkib topganidan bu 
yotqiziqlar orasiga suv yaxshi singadi, bularning hammasi grunt suvlarini hosil 
qiladi. O‗rta Osiyo hududidagi yer osti suvlarini joylanish sharoitiga qarab 
grunt, qatlamlar orasidagi, mineral hamda issiq suv bo‗lishi mumkin. 
Grunt 
suvlari yer yuzasiga yaqin joylashib, odatda birinchi suv 
o‗tkazmaydigan qatlamning ustida to‗planadi. Grunt suvlari, atrofidagi 
rayonlardagi yog‗inlardan, daryo, ko‗l, hatto suv omborlaridan oziqlanadi. 
Grunt suvlari pastki qismidan suv o‗tkazmaydigan qatlamlarning ustida 
joylashib, yuqori qismida esa suv o‗tkazmaydigan jinslar yoki qatlamlar deyarli 
yo‗q. Grunt suvlari bosim kuchiga ega emas, ular faqat og‗irlik kuchi ta‘sirida 
sizib yuradi. O‗lkaning tekislik qismidagi mineral suvlar tabiiy sharoitiga, ya‘ni 
litologik tarkibi, relef sharoitiga bog‗liq holda tog‗ oldi va tekislik mintaqalarida tarqalgan. 
Tog‗ oldi mintaqasidagi grunt suvlari ham yog‗in-sochinlardan va yuqoridan, ya‘ni 
tog‗lardan keladigan suvlardan oziqlanadi. Grunt suvlari tabiiy sharoitga, eng avvalo, relef 
sharoitiga bog‗liq holda siljish harakati tez bo‗lgan va siljish harakati sekin bo‗lgan 
zonalarga bo‗linadi. Odatda harakati tez bo‗lgan zonalar biroz nishablikda (qiyalikda) 
joylashib, g‗ovak saralanmagan allyuvial tog‗ jinslari orasidan o‗tadi. Bunga Zarafshon, 
Qashqadaryo va shu daryo vodiylarning yuqori qismida joylashgan yer osti grunt suvlarini 
ko‗rsatish mumkin. Ushbu zonadagi suvlarning tarkibida tuzlar kam, shuning uchun 
tuproqlar ham sho‗rlanmaydi. 
Grunt suvlarining silijishi sekin bo‗lgan zonalar odatda daryo vodiylarining quyi 
qismida tarqalgan bo‗lib, bu yerda yer yuzasining nishabligi sezilmaydi, eng muhimi ular 
saralangan zich lyossimon, gilli mayda tog‗ jinslaridan tuzilgan. Shuning uchun bu zonada 
yer osti suvining harakati juda sekinlashadi va yer osti suvining tarkibida tuzlar miqdori 
ko‗payib, sho‗rligi oshadi, oqibatda tuproq ham sho‗rlanadi. Bu tabiiy hodisa Zarafshon 
vodiysida yaxshi kuzatiladi. Tekislik mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog‗ va tog‗ oldi 
mintaqasidan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib 
chiqayotgan yer osti suvlaridan to‗yinadi. Bu zonadagi grunt suvining bir yerdan ikkinchi 
yerga siljishi juda sekin boradi, bug‗lanish katta bo‗ladi. Shuning uchun ushbu grunt 
suvlarining tarkibida natriy, xlor va boshqa ko‗p tuzlar uchraydi. Shuning uchun, tekislik 
cho‗l mintaqasidagi grunt suvlari ko‗p hollarda ichishga yaroqli emas. Bunday gurunt 
suvlari Qizilqum, Ustyurt va boshqa hududlarda keng tarqalgan. 


48 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish