Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

 


45 
O‗rta Osiyoning ko‗llari 
O‗rta Osiyo hududidagi ko‗llarning umumiy soni 10 000 dan oshib ketadi. 
Ulardan 80% i tekisliklarda joylashgan. O‗rta Osiyoning tekislik qismidagi 
ko‗llar asosan yirik daryolar: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa 
daryolarning qayirlarida joylashgan. Bu yirik daryolar suv toshqini vaqtida 
pastqam joylarda to‗planib kichik-kichik ko‗llarni hosil qilar edi. Lekin keyingi 
vaqtlarda yuqoridagi daryolarning suvlari jilovlanib, suv omborlari qurilishi va 
daryolar suvlarining kamayib ketishi, hamda ko‗p joylarda daryo qayirlarining 
o‗zlashtirishi natijasida mavjud bo‗lgan tabiiy ko‗llar qariyib yo‗q bo‗lib ketdi. 
Ikkinchi gruppa ko‗llar, yuzlab suv havzalari Amudaryo va Sirdaryoning Orol 
dengiziga quyilish qismida, ya‘ni deltasida tarqalgan edi. Lekin Orol 
dengiziining qurishi va Amudaryo hamda Sirdaryodan kelayotgan suvlarning 
keskin kamayishi, daryolar deltasidagi ko‗llarning yo‗q bo‗lishiga olib keldi. 
Biroq ikkinchi tomondan inson xo‗jalik faoliyati ta‘siri, ya‘ni sug‗oriladigan 
maydonlarning kengayishi oqibatida, aniqrog‗i sug‗oriladigan maydonlardan 
chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to‗planishidan vujudga kelgan yuzlab 
ko‗llar paydo bo‗ldi. Bu ko‗llar 1960 yillardan keyin daryo suvlarini qayta 
taqsimlash, suv melioratsiyasining avj olib ketishi, ko‗plab gidrotexnik 
inshootlarning qurilishi tufayli vujudga keldi. Sariqqamish, Aydar, Arnosoy, 
Dengizko‗l, Sho‗rko‗l va boshqa ko‗llar sug‗oriladigan yerlardan chiqarib 
tashlangan zax suvlarning to‗planishi oqibatida paydo bo‗ldi. Hozirgi vaqtda 
yuqoridagi nomi tilga olingan ko‗llardan rekreatsiya maqsadlarida va baliq 
ko‗paytirishda foydanilmoqda. 
V.L.Shuls (1963) ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyoning tog‗li qismida ham 
katta va kichik bo‗lgan 1000 ga yaqin ko‗llar bor. Tog‗ ko‗llari har xil mutlaq 
balandliklarda joylashib turlicha genezisga mansubdir. O‗rta Osiyoning tog‗li 
rayonlaridagi ko‗llar kelib chiqishi bo‗yicha quyidagi tiplarga bo‗linadi: 
1.
Tektonik ko‗llar. Yer qobig‗ining murakkab hodisalari – yoriqlar, cho‗kmalar 
va tektonik pastqamlikda hosil bo‗lgan ko‗llar: Issiqko‗l va Qorako‗l; 
2.
Baland 
yassi tog‗larda pastqam relef joylarda drenajning yomonligi oqibatida hosil 
bo‗lgan ko‗llar. Bunga Norin daryosining yuqori qismida va Alichur 
daryosining vodiysida hosil bo‗lgan ko‗llar misol bo‗ladi. Odatda bunday 
ko‗llar uncha chuqur emas
3.
Morena ko‗llari, qadimgi muzliklar 
morenalarining daryo vodiylarini to‗sib qolish natijasida vujudga keladi. 
Morena ko‗llari, odatda yuqori balandliklarda, muzliklarning oxirgi qismida 
joylashib, ular uncha chuqur emas va maydoni ham kichik. Bu ko‗llarga misol 
qilib Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Molguzar, Iskandarko‗l va Panj 
daryosining yuqori qismidagi Zarko‗lni ko‗rsatish mumkin; 
4.
Bosib qolish, 
qulab tushish, surilish natijasida hosil bo‗lgan to‗g‗on ko‗llar. Yon-bag‗irlari tik 
va vodiylari tor bo‗lgan daryolarni yer qimirlashi natijasida to‗sib qo‗yilishi 
oqibatida paydo bo‗lgan ko‗llar. To‗sib quyish natijasida hosil bo‗lgan ko‗llar, 
odatda chuqur bo‗lib, suvlari chuchukdir. Bunday genetik tipga ega bo‗lgan 


46 
ko‗llarga misol qilib, Pomir tog‗laridagi Sarez va Yashilko‗lni ko‗rsatish 
mumkin; 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish