3-rasm. Qul bilan muvozanatlashtiriladigan potensiometrning prinsipial chizmasi.
Shunday qilib, Е(t,t0)termojuftning TEYK Rвс – reoxord qarshiligi tarmog’idagi kuchlanishning kamayish miqdori bilan aniqlanib, qolgan qarshiliklarga bog’liq emas. Rвс reoxord shkala bilan ta‘minlanishi va shkala bo’linmalari millivolt yoki harorat graduslariga teng bo’lishi mumkin.
2.3. qutblanishlar.
Kubik simmetriyaga ega bo’lgan molekulalar ya‘ni CH4, CCl4, SF6 kabi molekulalarning qutblanuvchanligi izotrop bo’ladi, ya‘ni qiymati hamma yo’nalishda bir xil bo’ladi yoki maydon ta‘sirida hosil qilingan dipol momenti
(1)
- o’rtacha qutblanuvchanlik induksiyalangan diрol momenti maydon yo’nalishi bilan bir xil yo’nalishga ega bo’ladi. Ammo juda ko’plab moddalar borki ularning molekulasi anizotrop bo’ladi. Bunday molekulalarning qutblanuvchanligi ham anizotrop bo’ladi, ya‘ni yo’nalishlarda qutblanuvchanlik darajasi bir xil bo’lmaydi. Bunday molekula elektr maydoniga kiritilganda induksiyalangan dipol momenti maydon yo’nalishi bilan ustma-ust tushmaydi. Ammo molekulada asosiy uchta yo’nalish borki ularning birortasi maydon yo’nalishi bilan ustma-ust tushsa dipol momenti ham maydon yo’nalishi bilan ustma-ust tushadi. Bu yo’nalishlar molekulaning qutblanish o’qlari deb ataladi. -ning bu o’qlarga mos kelgan qiymatlari - ning bosh qiymatlari deb yuritiladi. Qutblanuvchanlikning o’qlar bo’yicha bosh qiymatlari har xil bo’lsa qutblanuvchanlik ellips orqali ifodalanadi (a-rasm). Agar bo’lsa qutblanuvchanlik ellipsdan sferaga aylanadi, ya‘ni izotrop bo’ladi (b-rasm).
a) b)
Izotrop bo’lgan molekulalar sistemasiga sharsimon simmetriyaga ega bo’lgan molekulalar deb yuritiladi.
Faraz qilamizki molekula anizotrop bo’lib uning qutblanuvchanligi ikkita qiymat olsin. 1<2 bunday molekulada ikki o’q bo’yicha hosil bo’lgan dipol momentlari, quyidagiga teng bo’ladi:
(1)
P- yigindi dipol momenti tashqi maydon E bilan ustma-ust tushmaydi
(2)
Agar bo’lsa u vaqtda
(3)
deb yozish mumkin, bu holda ham induksion dipol momenti maydon yo’nalishi bilan ustma-ust tushmaydi (a-rasm)
Agar molekulaning qutblanuvchanlik o’qlari tashqi qo’zg’almas koordinata o’qlari bilan ustma-ust tushsa uchta bosh qiymatni oladi. (a-rasm). Agar bu o’qlar mos tushmasa qutblanuvchanlik 9 ta qiymat oladi. (b-rasm). 1,2,3 lar qutblanuvchanlik o’qlari X,Y,Z qo’zg’almas tashqi koordinata o’qlari.
a-rasm b-rasm
ning asosiy bosh qiymatlarini deb belgilab olamiz. Tashqi koordinata o’qlarini x,y,z deb olib ularda tashqi maydon proeksiyasini Еx, Ey, Ez bilan belgilaymiz. Shularga asosan qutblanuvchanlikning o’qlardagi maydon proeksiyasini qo’yidagicha topamiz.
(4)
hamma o’qlar bo’yicha dipol momenti.
(5)
Dipol momentining tashqi maydondagi ko’rinishini qo’yidagicha yozamiz:
(6)
(5) va (6) formulalaridan
(7)
yozish mumkin yoki buni boshqacha ham yozish mumkin.
(8)
(8) ni (7) bilan solishtirib
(9)
(9) ga -ning bosh qiymatlarini turli koordinata sistemalarida almashtirish formulasi deyiladi. (9) dan ko’rinadiki qutblanuvchanlik tenzor kattalik bo’lib u 2- rangli tenzordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |