Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


Fizika fanini o’qitish jarayoniga sistemali yondashuv usuli



Download 8,52 Mb.
bet84/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

Fizika fanini o’qitish jarayoniga sistemali yondashuv usuli
Respublikamizda xalq ta’limi sistemasida olib borilayotgan islohatlar hal qiluvchi davrni boshidan kechirmoqda. Qilinayotgan islohatlar va o’zgarishlar zamirida hukumatimiz tamonidan o’z vaqtida qabul qilingan qaror va ko’rsatmalar turadi. [1]. Ushbu hujjatlarda qayd etilishicha milliy ta’lim tizimini johon andozalari (standartlari) darajasida ko’tarish ko’zda tutiladi. Bu muammoni amalga oshirish uchun ta’lim jarayoniga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvni taqozo etmoqda. Agar ta’lim-tarbiya jarayonini sistema deb qaraydigan bo’lsak, u murakkab, ochiq, boshqariladigan, takomillashib boruvchi nochiziqli, dinamik sistema hisoblanadi.
Fizika fanini o’qitish jarayoniga sistemali usulda yondashsak uning elementlari va ular orasidagi bog’lanishlarni quyidagicha sodda model tarzda ifodalash mumkin.(1-rasm) Sistema elementlari sifatida: 1) fizika fanining o’quv adabiyotlari, 2) o’qituvchi, 3) o’quvchi, 4) fizikani o’qitish uslubiyati, 5) o’quv-texnika vositalari (O’TV) va 6) o’quv dasturi olindi. Albatta o’quv jarayoniga ishtirok etuvchi elementlar soni juda ko’p. Biz shular orasidan eng muhimlarini tanlab oldik. Muhim bo’lmagan ikkinchi darajali elementlar majmuasini tashqi madaniy muhit sifatida ifodaladik. Sistemaga tashqi muhitdan kiruvchi o’zgaruvchilarni xi bilan, sistema elementlari orasidagi axborot almashinuvini zi, sistemaning tashqi muhit bilan axborot almashinuvini ui orqali ifodalaymiz. (50- betdagi sxema) sistema elementlari orasidagi axborot almashinuvni ikki turga ajratamiz. Birinchisi yo’naltirilgan aloqa unda sterelka bir tamonga qo’yilgan (masalan: Z6, Z7,),-ikkinchisi-yo’naltirilmagan o’zaro aloqa (masalan: Z1, Z2, Z3,…,), Ikkinchi axborot almashinuvi turli sistema elemenlari orasida teskari aloqa (obratny svyaz) mavjudligini bildiradi. Sistemaga kiruvchi elementlarning joylashuviga ham e’borni qaratdik. O’qutuvchi ta’lim jarayonini aktiv ishtirokchisi bo’lganligi uchun uni sistemaning makazida joylashtirdik. U sistemani boshqa elementlaridan kerakli axborotlarni olib, uni tahlil qilib dars jarayonida o’quvchilarga yetkazadi. O’qituvchi bilan o’quvchi orasidagi muloqat (Z1)ikki taraflama bo’lib, uni quyidagicha tushuntiramiz. O’qituvchi o’quvchiga bergan ma’lumotlarini qanday o’zlashtirib borayotganligiga qarab o’z ish rejasini muvofiqlashtirib boradi. O’qituvchi fizika fanidan olayotgan axborotlarni (Z2), FO’U qoidalariga (Z4), asoslanib, O’TV (Z3), yordamida o’quvchiga (Z1), yetkazadi. Sistemali yondashuv usulida o’quvchi passiv element sifatida qaralmaydi, balkim u sistemaning boshqa elemetlari bilan aktiv o’zaro axborot almashuviga ishtirok etadi (Z5, Z7, Z1, Z10) Natijada o’quvchi mustaqil fikrlash, masalaga ijodiy yondashuv kabi xislatlarni egallab boradi. Shuningdek o’quvchi tashqi muhit bilan ham axborat almashuviga (Z10)ishtirok etadi. Tashqi muhit ham bir necha elementlardan tashkil topadi. Tashqi muhit elementlari qatoriga maktab, ommaviy kutubxonalar, madaniyat markazlari, radio, televideniya, oila, mahalla, va hokazo elementlar kiradi O’quvchi ushbu elementlar bilan axborot almashuvi natijasida uning ilmiy dunyo qarashi, unda milliy iftixor, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, jonbozlik, fanni o’rganishda sabr va matonat kabi hislatlar, shakllana boradi.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi komil insonning (barkamol avlod) ta’lim-tarbiyasi hisoblanadi. Zamonaviy bitiruvchidan talab qilinadigan xislatlar majmuasi yi o’zgaruvchilar orqali ifodalaymiz. Bu o’zgaruvchilar soni juda ham ko’p, ularning asosiylari: malaka, yuksak ilmiy dunyoqarash, ijodiy fikrlay oladigan garmonik rivojlangan, vatanparvarlik va hokazolar hisoblanadi.
Tashqi muhitdan sistemaga kiruvchi axborotlar majmuasini xi orqali ifodalasak bu o’zgaruvchilar qatoriga quyidagilar kiradi: Davlat ta’lim standartlari (o’quv dasturlari, qaror va ko’rsatmalar), davlat buyurtmalari, byudjet mablag’lari va hokazolar. Ta’lim jarayoni sistemasini mo’tadil ishlashi va takomillashib borishi uchun tashqi muhitdan ko’rsatilayotgan moddiy mablag’lar ham kengayib, oshib borishi zarur. Masalan: hozirgi kunda har bir fizika kabinetini, televizorsiz, kompyutersiz tasavvur qilish mumkin emas.
Sistema elementlari orasidagi bog’lanishlarni qarab chiqaylik.
Z1-o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z2-fizika fani bilan o’qituvchi orasidagi axborot almashuv
Z3-o’qituvchi bilan O’TV orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z4-FO’M dan o’qituvchiga keladigan axborot
Z5-o’quvchi bilan O’TV orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z6-FO’M dan O’TV ga keluvchi axborot
Z7-fizikadan o’quvchiga keluvchi axborot
Z8-fizika bilan FO’M orasidagi o’zaro aloqa
Z9-o’qituvchi bilan madaniy muhit orasidagi o’zaro axborot almashuvi
Z10-o’quvchi bilan madaniy muhit orasidagi o’zaro axborot almashuvi.
Fizikani o’qitish jarayoni sistemasining elementlari bilan tanishamiz:
O’quv dasturi bu hujjat hisoblanib, bo’lajak mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talabalarga mos holda ta’lim mazmunini va uni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishni tashkil etish usullarini o’zida aks ettiradi. O’quv dasturi didaktik tamoyillar: ilmiylik, tushunarlilik, ko’rsatmalilik asosida tuziladi.
Darslik fanga oid ilmiy bilimlar asoslarini dasturga mos holda bayon qiluvchi kitob hisoblanadi. Darslik bilan dastur o’rtasidagi ikki tomonlama o’zaro aloqa mavjud: Darslik-dasturni yangilanishiga, takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi.
Darslik bu pedagogik tizimining axborotli modeli. Chunki pedagogik jarayon aniq boshqariladigan sistema hisoblananib, darslik pedagogik sistemaning alohida xususiyatlari va tamonlarini o’zida aks ettiradi. Darslikning takomillashtirish ikki usulda olib boriladi. 1-mazmunini yangilash, 2-didaktik yechimlarni ishlab chiqish va qo’llash. Darslik mazmunini yangilashda uning politexnik tomonlariga keng e’tibor qaratilishi lozim. Didaktik jarayonda: Fan bo’limlari orasidagi ichki va fanlar orasidagi tashqi o’zaro bog’lanish e’tiborga olinadi. Darslikda kiritilayotgan yangi tushunchalar obdon o’ylanib, o’quvchilarga tushunarli bo’lishini hisobga olish zarur.
FO’U o’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi hisoblanadi. FO’U asosida o’qituvchi dars jarayoniga YaPT larni qo’llaydi.
YaPT-o’qitish (dars) jarayoning modeli hisoblanadi. Dars bu didaktik jarayon. O’qitish jarayoni klassik (an’anaviy) qoidaga bo’ysunadi. Ya’ni o’qituvchi sinfga kirib dars mavzusini e’lon qilib uni bayon etishdan boshlaydi. Didaktik jarayonda esa o’qituvchi mavzuni bayon qilishdan oldin o’quvchi diqqatini jalb qila oladigan faoliyat (mativasiya)ni vujudga keltirishdan boshlaydi. Ana shu mativasiya jarayoni o’quv-bilim (dars) jarayonining kaliti hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda ko’pchilik o’qituvchilar ta’limning sehrli kalitidan foydalana olmayaptilar.
O’J=O’F+O’qF Klassik qoida
DJ=M+O’F+B Didaktik jarayon, B-boshqarish
O’J- O’quv jarayoni

Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish