Qisqacha nazariya
Yorug’likning tabiati ko’p yillar mobaynida munozaralarga sabab bo’lgan. 1690 yilda Xristian Gyuygens yorug’likni to’lqin xossasiga ega deb talqin qilgan; 1704 yilda Isaak Nyuton yorug’lik nurini zarrachalar oqimi deb izohlagan. Bu qaramaqarshilikni
kvant mexanikasi hal qilib, zarracha to’lqin dualizmi g’oyasi yuzaga kelgan.18 va 19 asrlarda interferension tajribalar yorug’lik tabiatiga nisbatan ancha oydinlik kiritgan. Bu
tajribalarni xarakterlovchi asosiy prinsiplarga ko’ra, qaytish, sinish, blokirovka va nurning sochilishi kabi to’lqin optik metodlar orqali manbadan chiqayotgan yorug’likni ikkita osongina ta’sirlashadigan nurga keltirish mumkin. Shuning uchun ikkita nurning bir-biri bilan ta’sirlanishini nurning interferensiyasi deb atashadi
1-rasm 2-rasm
1-Rasm. Lloydning akslanish tajribasida nurning sxematik bosib o’tadigan yo’li A: yorug’lik manbai (He-Ne laser) A’: mavhum yorug’lik manbai a: A bilan A’ orasidagi masofa L: yorug’lik manbai A yoki A’ bilan ekran
2-Rasm. A va A’ yorug’lik manbalarining H linza orqali yarim shaffof ekranda akslanishi A: yorug’lik manbai (geliy-neon lazer) A’: mavhum yorug’lik manbai H: aks ettirish linzasi a: A bilan A’ orasidagi masofa B: ekranda A bilan A’ yorug’lik manbalari orasidagi masofa. g: obyekt masofasi = linzadan A va A’ gacha masofa. b: tasvir masofasi = ekrandan H linzagacha masofa. R: ko’zgu
1-Rasmga ko’ra, yorug’lik manbai A ning mavhum tasviri A’ ko’zguda lazer nurining akslanib qaytishi orqali yuzaga keladi. To’g’ri va qaytgan nurlar proyeksion ekranda interferensiyalanadi. To’lqin intensivligining maksimumlari doimo A dan A’ gacha masofada nurlar yo’li orasidagi farq Δs, to’lqin uzunligiga λ karrali bo’lgan joyda
joylashadi. Katta L masofalarda ikki qo’shni maksimumlar (yoki minimumlar) orasidagi masofa d uchun quyidagi munosabat o’rinli:
(1)
a: A bilan A’ yorug’lik manbalari orasidagi masofa
d: ikkita maxsimum orasidagi masofa
L: ekran bilan A yoki A’ yorug’lik manbai orasidagi masofa
λ: to’lqin uzunligi
A yorug’lik manbai bilan A’ mavhum yorug’lik manbai orasidagi a
masofa oddiy optik qurilmada aniqlanadi.
Xavfsizlik bo’yicha eslatma
Agar instruksiyada keltirilgan mos punktlarga amal qilinsa, geliy- neonli lazer bilan tajriba o’tkazish xavfli emas. Hech qachon bevosita to’g’ri yoki akslangan lazer nuriga qaramang. Hech qaysi kuzatuvchi ko’zining qamashganligini sezmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |